Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Zamonaviy o‘zbek adabiyotida nasriy asarlar o‘z ko‘lami va g‘oyaviy-badiiy jihatdan tasvir imkoniyatlarining kengligi bilan ajralib turadi. Nasriy asar uchun har qanday hodisani – u katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar – badiiy tasvir vositalari, obrazli tafakkur, insonning barcha ruhiy kechinmalari e’tiboriga ko‘ra aks ettirish muhim sanaladi. Epik ko‘lamdor roman yoki qissalarni o‘qib, ma’lum bir davrning ijtimoiy-tarixiy hayoti, insonlarning turmush tarzi, o‘y-kechinmalari, ishq-muhabbatdek bebaho his-tuyg‘ularini tasavvur qilish mumkin. Ayni damda badiiy asar o‘z muallifining dunyoqarashi, iste’dodi, shaxsiyatining kimligidan ham darak beradi. Abdulla Qodiriy: «Yozuvchini, garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o‘qib, qanday tabiatli shaxs ekanini g‘oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlarida, asosan, o‘z tabiatini, ruhini tasvirlaydi», deb juda o‘rinli fikrni yozgan edi. Mustaqillik davri o‘zbek nasri tarkibidagi ayrim namunalar bilan muhtaram o‘quvchilar quyi sinflarning «Adabiyot» darsliklari orqali tanishgan edi. Ammo uni yaxlit tasavvur qilish uchun bugungacha davom etayotgan adabiy jarayondan ham boxabar bo‘lishlari lozim.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
4. Muhammad Alining «Sohibqiron o‘ylari» nomli «Ulug‘ saltanat » epopeyasi to‘rtinchi kitobidan olingan parchada buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur davrida ro‘y bergan qaysi tarixiy voqealar eslatib o‘tilgan?
5. Tarix fanidan olgan bilimlaringizga tayangan holda epopeyadan olingan parchadagi tarixiy haqiqatning badiiy ifodasi haqida o‘zaro fikr almashing.
Do'stlaringiz bilan baham: |