Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Mustaqillik davri o‘zbek nasrida insoniy qadriyatlarni e’zozlash, milliy urf-odatlarni qadrlash, mashhur tarixiy shaxslar hayotini badiiy talqin etish, zamon qahramoniga munosib obrazlarni tasvirlash kabi tamoyillar yetakchilik qiladi. Badiiy asar qayta va qayta murojaat qilinadigan adabiy manba bo‘lishi uchun serqatlam ma’no va o‘ziga xos ramzlar tilini talab etadi. Shunda adabiyot to‘g‘risidagi oddiy, jo‘n va sodda tasavvurlar yangicha nazariy qarashlar bilan boyib boradi. Badiiy asar ma’lum bir zamonda muayyan ijodkor tomonidan yoziladi. Biroq u hamma davrlarda yashayotgan insonlar tabiatiga mos kelishi, o‘y-kechinmalariga ta’sir ko‘rsatishi lozim. Keyingi yillarda o‘zbek adabiyotining nasr yo‘lida shunday badiiy puxta asarlarning yozilayotgani quvonarlidir. Xususan, tasvirlar suvratdan siyratga, oddiy ma’lumotdan inson kechinmalariga – obrazli qilib aytganda irmoqdan ummonga ulanayotgandek taassurot qoldiradi. O‘z asarlarida ezgulik va qabohatning mangu kurashini, inson qalbidagi cho‘ng iztirob va surur chizgilarini yonma-yon taqdim etayotgan iste’dod egalari, imkoni boricha, mustaqillik davri o‘zbek adabiyotini dunyoga olib chiqish, zamonaviy o‘zbek nasrini jahon adabiyotining durdonalari qatoriga qo‘shish orzusida ijod qilmoqda. Istiqlol davri nasrida o‘tgan asrdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning, mash’um sho‘rolar siyosati davridagi ziddiyatlarni, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashning o‘ziga xos talqinlari ham maydonga keldi. O‘tgan asrdagi insoniyatni larzaga solgan
mudhish hodisalardan biri – bu Ikkinchi jahon urushi. Ayni paytda, afg‘on urushi xunrezliklari to‘g‘risidagi mavzu ham adiblar nazaridan chetda qolgani yo‘q. Afg‘on urushi mavzusida kichik hikoyalar, e’tiborli qissalar yozildi; hujjatli-publitsistik asarlar bitildi; yirik hajmli romanlar ham shu mavzuga bag‘ishlandi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Yangi davr nasridagi yetakchi asarlar asosan qanday mavzularda yaratildi?
2. Istiqlol yillarida yozilgan roman, qissa va hikoyalardan qaysilarini o‘qigansiz?
3. Bugungi yosh adiblarning nasriy asarlaridan qaysilarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |