Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
«Kecha va kunduz» romani Cho‘lpon ijodiy biografiyasida ham, o‘zbek romanchiligi tarixida ham alohida o‘rin tutadi. Chunki bu asarda Cho‘lponning hayotda orttirgan bilim va tajribalari, she’riyat va dramaturgiya sohasida erishgan badiiy mahorati jamlandi. Shuning uchun romanni o‘qiganda uni shoirona ko‘ngil egasi yozgani, ko‘p o‘rinlarda yozuvchining lirik kayfiyati yaqqol sezilib turadi. Cho‘lpon XX asr boshlaridagi Turkiston ijtimoiy muhiti, xususan, chorizmning bosqinchilik siyosatining ichdan yemirilib borayotgani, mahalliy amaldorlarning razil qilmishlarini real aks ettiradi. Muallif millatparvar adib sifatida o‘zbek xalqining turmushida boshlangan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviyma’rifiy o‘zgarishlarni, yuragini o‘rtagan hayotiy muammolarni zo‘r mahorat bilan bayon etadi. Asar boshidagi oddiy bir oilaning ma’naviy muhit tasviri bora-bora romanning badiiy matni mohiyati-negizida o‘zlik va dunyoni anglash, ma’rifat va hurlik kabi millat taqdiriga bog‘liq haqiqatlar bilan uyg‘unlashib ketadi. Nasriy asarlarda ijodkorning tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga nisbatan nuqtayi nazari muhim sanaladi. Bu jihat muallifning bosh badiiy g‘oyasi uchun xizmat qiladigan obrazlar tizimida, yaqin tarixdagi ijtimoiy tuzumga tegishli masalalarning badiiy muhokama qilinishida ko‘rinadi. Shunga ko‘ra romanni to‘liq o‘qigan o‘quvchi e’tiborga molik bir qancha o‘ziga xos badiiy qahramonlarni juda yaxshi eslab qoladi. Ularning muomala-munosabatlari, oralaridagi ziddiyatlar, davr voqeligini baholashlari juda ishonarli badiiy talqin etiladi. Xususan, romandagi Akbarali mingboshining o‘z baloyi nafsiga o‘ralashib, aysh-u ishratga berilishi, Miryoqub epaqaning ijtimoiy-ma’naviy tarafdan dinamik o‘sa boshlash jarayoni ko‘rsatiladi. Oxir-oqibat beg‘ubor bir qiz Zebining ayanchli qismati kitobxon qalbini larzaga soladi. Tasvir endi o‘n besh yoshga qadam qo‘ygan yoshgina Zebining bahor fasliga mos ochila boshlagan ko‘ngil mayl-istaklariga borib taqaladi. Zebi barcha yoshlarga o‘xshab o‘ynab-kulishni, dala-qirlarga chiqishni – kengliklarni orzu qiladi. Eshigini taqillatib hovliga kirgan dugonasi Saltanatning ko‘ngli ham Zebining kayfiyatiga mos – bahor nafasiday pokiza, top-toza. Zebi dugonasining taklifidan juda mamnun. Yozuvchi shu mamnuniyatni: «Ko‘ngil, orzu, sevgi, sevinch... bular hammasi Saltiga tomon uchadi, unga tomon otiladi, uni o‘rab, uni aylantirib, uni quchadi!» deya shoirlanib yozadi. Ammo Zebining otasi Razzoq so‘fining tundligi, qovog‘idan qor yozib turishi romanning birinchi sahifalaridayoq o‘quvchi e’tiborini o‘ziga jalb etadi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Razzoq so‘fi tabiatiga xos jihatlar qanday obrazli ifodalar bilan tasvirlangan?
2. Zebining ota-onasiga xos bo‘lgan sifatlarni o‘zaro qiyoslang. Fikrlaringizni matndan misollar keltirib izohlang.
3. Asardagi Enaxon obrazini tavsiflang.
4. O‘lmasxonning ko‘kdagi oyga qarab, yerdagi «oyni» o‘ylashini qanday tushundingiz, fikr bildiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |