Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Anbar Otin uzoq umr ko‘rmagan bo‘lsa-da, umrining ko‘p qismini to‘shakda mixlangan holda o‘tkazgan. Ammo u kuchli iqtidor bilan birgalikda mustahkam irodaga ham ega
edi: «Falaki jomakabud1 dastidin yuz dodki, – deb yozadi u. – bir yig‘inda haqni aytib, balog‘a qolib zinadan quvlang‘animda oyog‘im chiqib yotib qoldim. Yosh umrim hayf va rangim za’faron bo‘lib yotdim. Bor mavjud kuchim kitob o‘qumoq va g‘azal abyot qilmoq ila band bo‘ldi». «Qarolar falsafasi» Anbar Otin ijodidagi eng go‘zal adabiy
kashfiyotdir. U shoira shaxsiyatidagi ijtimoiy jur’at va jasoratning, yetuk salohiyat va ijodiy barkamollikning go‘zal namunasidir. Anbar Otin adabiyotimiz tarixida ilk bor falsafiy-publitsistik yo‘nalishda ijod qildi. Tarixda «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi») nomi bilan saqlanib qolgan, bu asar Anbar Otin dunyoqarashi, tasavvuri haqida boy ma’lumotlar beradi. Uning tarix, falsafa, axloq va
madaniyatimiz tarixining bilimdoni ekani ma’lum bo‘ladi. U inson tanasidagi ranglarning mutlaqo ijtimoiy ahamiyat kasb etmasligini, uning qayerda yashashi va qaysi tilda gapirishi emas, balki olam va odamga munosabatiga ko‘ra farqli jihatlari
bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Qora so‘zining turli ma’no qirralarini izohlar ekan, shoira ijtimoiy hayotga, undagi tengsizlikka urg‘u beradi. Ijtimoiy adolatning
jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini o‘ziga xos tarzda talqin qiladi. Anbar Otinning ayollar, ularning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘rni va ahamiyati haqidagi kuzatishlari bugun ham o‘zining ijtimoiy hamda badiiy-estetik dolzarbligini yo‘qotgan emas.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
Adiba ko‘plab buyuk allomalar nomini tilga oladi. Bunda u qan day maqsadni ko‘zda tutgan?
10. «Baxti qarolar» ifodasini Anbar Otin qanday izohlagan? Uning nazarida haqiqiy baxti qaro kim?
11. Birinchi va ikkinchi qismlardagi ayrim abzas (xatboshi)- lar ning hozirgi o‘zbek tilidagi tabdilini yaratishga urinib ko‘ring.
12. «Qarolar falsafasi» matnini qayta hikoyalash bo‘yicha musobaqalashing.
Do'stlaringiz bilan baham: |