Mavzu: Kichik maktab yoshida bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari Kirish I bob. Mavzuning adabiyotlardagi tahlili



Download 191,31 Kb.
bet7/9
Sana22.07.2022
Hajmi191,31 Kb.
#839191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kichik maktab yoshida bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari

Da’vogarlik darajasi
Da’vogarlik darajasi 60 balldan 89 ballgacha bo’lsa, bunda da’vogar darajasini normalligini, realligini bildiradi. Agarda natija 75 dan 89 ball oralig’ida bo’lsa, sinaluvchi o’z imkoniyatlari haqida optimal tasavvurgа ega ekanligini bildiradi. Optimal yondoshish shaxs sifatida rivojlanishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. 90 balldan 100 ballgacha bo’lgan natija esa ko’pincha o’quvchilarning o’z imkoniyatlariga noreal, notanqidiy yondoshishni bildiradi.
Natija 60 balldan past bo’lsa, da’vogarlik darajasining pastligini bildiradi, bu – shaxsning rivojnlanishi salbiy ekanligidan dalolat beradi.
O’z- o’zini baholash darajasi.
O’z-o’zini baxolashda ballar 45 balldan 74 ball (“o’rtacha” vа “yuqori”) gacha bo’lsa, bu real (haqqoniy) baholanishni bildiradi.
75 dan 100 ballgacha ko’rsatkich esa o’z-o’ziga juda yuqori baho berganini bildirib, bunda shaxs shakllanishida ayrim og’ishlar borligini ko’rsatadi. O’-o’ziga ortiqcha baho berish shaxsning yetuk emasligini, o’z faoliyatini to’g’ri baholashni va o’zini boshqalar bilan solishtirishni bilmasligini ko’rsatadi.
Sinaluvchining o’zini bunday baholashi shaxs shakllanishi aytarli darajada buzilganligi – “tadqiqotga yopiqligini”, o’zini xatolari, omadsizliklari, atrofdagilarning tanbeh va baholariga beta’sirligini va o’ziga olmasligini ko’rsatadi.
Natija 45 balldan kam bo’lsa u o’ziga past baho berishini o’zini qadrlamasligini, shaxs rivojlanishida birmuncha salbiyligini bildiradi. Bunday o’quvchilar “Xavfli guruh” ni tashkil etadilar, bundaylar hozirgi jamiyatda kam uchraydi. O’ziga past baho berish ortida, umuman, ikki hil psixologik ko’rinish bo’lishi mumkin: o’ziga kuchli ishonchsizlik yoki “ximoyalanish”, bunda o’ziga “men hech narsani eplolmayman” deb baho berish, hech narsaga urinmaslikka, o’zgarmaslikka olib keladi.
Dembo-Rubenshteynning “O`z-o`zini baholash metodikasi blankasi
F.I____________________________________


Sog`liqq



Xarakter

Baxt

Aql, qobiliyat

O’tkazilgan metodikaga ko’ra, olingan natijalar quyidagi jadvalda havola qilinadi:






Past

O’rta

Yuqori

Sog’liq

13

10

77

Aql va Qobilyat

8

10

82

Xarakter

15

20

65

Baxt

15

20

65

Sog’liq ko’rsatkichi:


Sinaluvchilarning sog’liq bo’yicha ko’rsatkichlarini eng past darajasi 13% ni, o’rtacha darajasi 10% ni, yuqori darajasi esa 77% ni tashkil etgan. Demak, sinaluvchilarning asosiy qismi o’zining salomatligiga ishonadi. Bu ularning ko’p kasal bo’lmasliklari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkich umumiy tahlil qilinsa, ijobiy natija sifatida olinishi mumkin, chunki barkamol va sog’lom avlodni tarbiyalash muhim bo’lgan ayni sharoitda yosh avlodning salomarligi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Sinaluvchining BAXT ko’rsatkichi bo’yicha natijalari quidagicha – past darajasi – 8%, o’rta ko’rsatkich – 10%, yuqori ko’rsatkich – 82% ni tashkil etdi. Bunga ko’ra sinaluvchilarning kata qismi o’zini baxtli xis qilinishini ko’rishimiz mumkin. Bbu ko’rsatkich ham davlatimiz tomonidan qo’yilgan ayni kundagi talab va siyosatga mos keladi. Bolalarning o’zini baxtli xis qilishi ularning ozod va obod Vatanda yashashini his qilishi bilan bog’liq holda tahlil qilinsa yanada ijobiy baho berish mumkin. Qolaversa, o’zini baxtli his qilgan bola, avvalo, ruhan baquvvat bo’ladi, bu uning po’quv faoliyatiga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Bu esa uning shaxs sifatida shakllanishiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi.
AQLIY DARAJA ko’rsatkichi – sinaluvchilarda quidagicha taqsimlangan – past daraja – 15%, o’rta daraja, 20%, yuqori daraja 65% ni tashkil etgan. Sinaluvchilarning asisiy qismida o’zining qobilyatlarini yuqori darajada baholashgan. Buni shunday izohlash mumkinki, bolalarning o’z kuchi va imkoniyatlariga bo’lgan ishonchini ko’rsatadi. Malumki, “Men” – obrazi shakllanishining reallik darajasi va tayanchlari maktabgacha davrda paydo bo‘lib, aynan maktabdagi o’zlashtirish darajasi bilan bog‘liq. Shu o’rinda bolalardagi past ko’rsatkich - o‘z qadr qimmati haqidagi tasavvurning yaxshi shakllanmaganligi va bu esa bolada maktabda o‘qish bilan bog‘liq turli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Sinaluvchilarning XARAKTER ko’rsatkichlari quidagicha - past daraja - 20%, o’rta daraja - 13%, yuqori daraja - 67%ni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich sinaluvchining “MEN” konsepsiyasi bilan bog’liq. Shaxsning o‘z-o‘zini baxolashi, o‘zining xulq atvori, hatti-xarakati, fikr ma'sulligi hamda jamiyatdagi o‘rnini aniq bilib borishi uning ayni paytdagi “Мen” ini belgilaydi.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar sinaluvchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar sifatida ko’rinadi.
Bilamizki, Shaxsning o‘y-fikrlari, muayyan maqsad yo‘lidagi kelajak orzu-intilishlari, tasavvurlari “men” obrazini tashkil etadi. Shuning zaminida shaxs rejalari, kasb faoliyati jarayonidagi faol harakatlari va istaklarini ro‘yobga chiqa borishi esa “men” qobiliyatini vujudga keltiradi. Shaxs qobiliyatining rivojlanishi va ro‘yobga chiqishida ichki va tashqi omillarning ta'siri bor. Ichki omil deganda shaxs ruhiyati va fikriy sog‘lomligi, mantiqiy tafakkurining aniqligi, iroda va e'tiqodning butunligi tushuniladi.



Download 191,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish