1-rasm.Firma (korxona) larning turlari Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bо‘lgan, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat kо‘rsatadigan korxona tushuniladi.
Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham kо‘rishga asoslangan sherik-chilik korxonasidir.
Shirkat firmalarining ikki turi mavjud:
- mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatlar.
Mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar ikki yoki undan kо‘proq kishilarning mulki asosida yuzaga keladi. Sheriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi. Bu kapitalga har bir sherik о‘z hissasini qо‘shadi. Ular ustav fondiga qancha pul qо‘ysa, shu hissaga binoan foyda olishadi. Bordi-yu firma sinsa, sheriklar zararni hamjihatlikda kо‘taradi, ya’ni bir sherik boshqasining javobgarligini ham zimmasiga oladi.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalarning ustav fondi faqat ta’sischilar mablag‘ (aksiya)lari hisobiga barpo etiladi. Jamiyat qatnashchilari о‘zlarining qо‘shgan ulushlari doirasida javobgar bо‘ladi. Shirkat о‘z faoliyati uchun ustav fondi miqdorida javobgar hisoblanadi.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalar nomiga «limited» sо‘zi qо‘shiladi, bu inglizcha sо‘z bо‘lib, «cheklangan» ma’nosini bildiradi.
Mas’uliyati cheklangan firmaning bir qator turlari mavjud. Ularning eng keng tarqalgan shakli aksiyadorlik jamiyatlari va korporatsiyalardir.
Aksiyadorlik jamiyati – bu jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bо‘lib, u aksiyalar chiqarish yо‘li bilan tashkil etiladi.
Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog‘oz – aksiya chiqaradi. Aksiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanishadi va foydadan о‘z hissasi – divedendni olib turadilar. Aksiyadorlik jamiyati о‘z majburiyatlari bо‘yicha о‘ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyati majburiyatlari bо‘yicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun faqat о‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan aksiyalarning nominal qiymatlaridan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bо‘lishi lozim. Aksiya bо‘linmas hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini:
- aksiyadorning umumiy majlisi;
- kuzatuv kengashi;
- ijro organi boshqaradi.
Aksiyadorlarning umumiy majlisi oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bо‘lsa, u aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilish huquqiga ega. Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Aksiyadorlik jamiyatining joriy (kundalik) faoliyatiga yagona ijro organi (direktor) yoki kollegial (maslahat) ijro organi (boshqaruv, direksiya) rahbarlik qilishi mumkin.