Tuzuvchi: UrDU iqtisodiyot fakulteti o’qituvchisi Ataev J.E.
6.1 Yalpi talab komponentlari orasida iste’molning o’rni. Iste’mol funktsiyasining algebraik va grafik ko’rinishi. “Asosiy psixologik qonun”. Avtonom iste’mol. Daromad (shaxsiy tasarrufdagi daromad) va iste’mol o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. Jamg’arish funktsiyasi va grafigi. Foiz stavkasi va jamg’arish. Xususiy, davlat va tashqi dunyo jamg’armalari. 6.2 Iste’molga (APC) va jamg’arishga o’rtacha moyillik (APC). Iste’molga (MPC) hamda jamg’arishga (MPS) chegaraviy moyillik. “Kuznets topishmog’i». “Permanent daromad” kontseptsiyasi. “Hayot davri” kontseptsiyasi. O’zbekiston Respublikasida ise’mol va jamg’arish jarayonlari xususiyatlari. 6.3 Investitsiya tovarlariga talabining yalpi talabdagi o’rni. Avtonom investitsiyalar. Foiz stavkasi. Kutilayotgan sof foyda normasi. Tobin koeffitsenti. Investitsiyalarga talab funktsiyasi. 6.4 Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi boshqa omillar. Akselerator modeli. To’liq investitsiya funktsiyasi. Investitsiyalashga chegaraviy moyillik. Investitsiyalarning beqarorligini belgilovchi omillar. O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining o’ziga xos xususiyatlari.
TASARRUFIDAGI DAROMAD
Ma’lumki, uy xo’jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar, odatda, uning ko’proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish foydasiga o’sadi. Bu bog’liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz (6.1-jadval).
Yd – tasarrufidagi daromad (Yd =Y-T), bu erda: T – soliqlar;
b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog’liqligini ifodalovchi koeffitsient, boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik.
JAMG’ARISH GRAFIGI
JAMG’ARISH FUNKTSIYAS
S = -a + (1 -b)*Yd
ISTE’MOL VA JAMG’ARISHGA TA’SIR KO’RSATUVCHI OMILLAR
Iste’mol va jamg’arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to’g’rirog’i bu omillardagi o’zgarishlar ham ta’sir ko’rsatadi:
1. Uy xo’jaliklari daromadlari.
2. Uy xo’jaliklarida to’plangan mulk hajmi.
3. Baholar darajasi.
4. Iqtisodiy kutish.
5. Iste’molchilar qarzlari hajmi.
6. Soliqqa tortish hajmi.
ISTE’MOLGA O’RTACHA MOYILLIK
Iste’molga o’rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o’rtacha moyillik.
JAMG’ARISHGA O’RTACHA MOYILLIK.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg’arish ulushini jamg’arishga o’rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni:
Bunda: APS (average propensity to savind) – jamg’armaga o’rtacha moyillik.
Iste’moldagi o’zgarishlarning shu o’zgarishni keltirib chiqargan tasarrufidagi daromad o’zgarishdagi ulushi iste’molga chegaralangan moyillik deyiladi.
Bu yerda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga chegaralangan moyillik.
JAMG’ARISHGA CHEGARAVIY MOYILLIK
Jamg’arishdagi o’zgarishning ixtiyordagi daromad o’zgarishdagi ulushi jamg’arishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg’arishga chegaraviy moyillik.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT