1-MA`RUZA
MAVZU: KATALIZ TURLARI VA TARIXI.
REJA:
Krish. Fanning maqsad va vazifalari
Neft-gazkimyo sanoatida kataliz
Kataliz tarixi va rivojlanishi.
Kimyoviy kinetika.
Katalizning klassifikatsiyasi.
Krish. Fanning maqsad va vazifalari
Kirish
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng neft va gaz sanoati tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Shu davr ichida Respublikamizda yirik korxonalar Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho’rtan gaz kimyo majmuasi, Usyurt gaz kimyo majmuasi ishga tushirildi. Shu bilan bir qator bir nechta gazni qayta ishlash zavodlari qayta rekonstrukstiya qilinmoqda. Respublikamizda mavjud neft va gazni qayta ishlash zavodlarida katalitik kreking, katalitik riforming va gidrotozalash jarayonlari mavjud bo’lib, ushbu jarayon qurilmalari yordamida yuqori sifatli yoqilg’i va moylar ishlab chiqarilmoqda. O’zbekistonda neft va gaz sanoati yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarildi. Bunga yangi barpo etilayotgan gazkimyo majmualarini misol keltirishimiz mumkin. Ushbu kimyo majmualari orqali neft va gazni kimyoviy qayta ishlab, ulardan bir necha turdagi kimyoviy texnologiya uchun muhim bo’lgan xomashyo va mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Fanning maqsad va vazifalari
«Sanoat katalizi» fanini o’qitishdan maqsad – bakalavrlarga neft va gazkimyo sanoati texnologiyasidagi katalitik jarayonlarda boradigan reakstiyalarning borish mexanizmi, qonuniyatlarini o’rganish va sodir bo’layotgan texnologik jarayonlarni chuqur o’zlashtirish uchun asos yaratishdan iboratdir. Ushbu fanni o’qitishning vazifasi – bakalavrlarga neft va gazkimyo sanoati texnologiyasidagi katalitik jarayonlar to’g’risida kerakli bilimlarni berish, ularga katalitik kreking, gidrotozalash, riforming, gidrogenlash, alkillash, polimerlanish, izomerlanish reakstiyalarini o’qish jarayonida o’rgatib borishdan iborat.
Ushbu fanni o’zlashtirgan talabalar: neft va gazkimyo sanoati texnologiyasida katalitik jarayonlar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladilar; katalitik jarayonlar olib boriladiganqurilma va jihozlarini yig’ish va ishlatish malakasiga ega bo’ladilar; neft va gazkimyo sanoati texnologiyasidagi katalitik jarayonlarning kinetikasi va reakstiya olib boriladigan reaktorning asosiy o’lchamlarini hisoblash, texnologiyaga oid hujjatlarni tayyorlash ishlarini amalga oshira oladilar; katalizda qo’llaniladigan katalizatorlarni jarayon uchun tayyorlash usullarini o’rganadilar, olingan natijalarni qayta ishlashda qo’llash yo’riqlari va tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’ladilar; neft va gazkimyo sanoati texnologiyasidagi katalitik jarayonlarni texnologiyasini avtomatlashtirish, modellashtirish asoslari, katalizatorlarni kimyoviy reakstiyadagi o’rni va vazifalari, xom ashyolar va ularni tayyorlash, ekologik toza texnologiyani yaratish yo’llari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar; neft va gazkimyo sanoati zavodlarida qo’llanilayotgan katalizatorlardan to’g’ri foydalanish malakasiga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |