Mavzu: Kasbiy ta’lim o’qituvchisining individual metodik faoliyati


Mehnat faoliyatini tashkil etishga qo’yiladigan talablar



Download 0,5 Mb.
bet130/131
Sana30.07.2021
Hajmi0,5 Mb.
#132848
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
Tolipova Dilorom 4-kurs AG

Mehnat faoliyatini tashkil etishga qo’yiladigan talablar.


Mehnat faoliyatining axloqiy asosda, ijtimoiy-g’oyaviy mazmunga egaligi.


Mehnat faoliyatini jamoa xarakteriga egaligi.

Mehnat topshiriqlarini berishda o’quvchilar imkoniyatini hisobga olish.

Mehnat faoliyatining tizimli va rejali bo’lishiga erishish.

Mehnat faoliyatining ijodiy hususiyat kasb etishi.

Ammo har qanday mehnat ham shaxsni har tomonlama tarbiyalash va kamol toptirish omili bo’lavermaydi. Ekspulatatsiya va zo’ravonlikdan xoli bo’lgan mehnatgina insonga hal qiluvchi va tarbiyalovchi ta’sir ko’rsatadi. Agar inson majburan mehnat qilsa bu jarayon ma’naviy rivojlanishga xalaqit beradigan va ma’naviy mamnuniyat keltirmaydigan mehnatga aylanadi.

O’quv yurtlarida mehnat tarbiyasini rivojlantirish yo’llarini ijodiy ishlab chiqishda shaxs mehnatini tashkil etish metodikasiga jiddiy e’tibor berish kerak. Mehnatdan maqsadga muvofiq foydalanilsagina u tarbiyalanuvchilar ma’naviy kamolotini omili bo’lib qolishi mumkin. Buning uchun mehnat shaxsni qiziqtirishi, jismoniy mehnatgagina emas, balki aqliy mehnat bo’lishi lozim. Shaxs mehnat natijasini tushunishi kerak. Shaxs faqat O’quv muassasasidagina emas, undan tashqarida ham mehnat qilishi kerak. Mehnat tarbiyalanuvchilar uchun ularning qurbi etadigan ijodiy faoliyat bo’lishi lozim. Mehnat tarbiyasini bir qator etakchi vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:



  • umumfoydasi uchun mehnat qilish zarurligi;

  • talabalarda jamoa mehnat faoliyatida ishtirok etish uchun zarur bo’lgan barqaror ma’naviy va irodaviy xislatlarni tarbiyalash;

  • talabalarni umumiy bilim va politexnik bilimlar tizimi bilan hozirgi zamon ishlab chiqarishda qatnashish uchun zarur bo’lgan maxsus mehnat ko’nikmalari va malakalari bilan qurollantirish;

  • talabalarga bo’lajak kasbni ongli tanlashda yordam berish;

  • mehnat madaniyati asoslarini tarbiyalash, tarbiyalanuvchilarning iqtisodiy tarbiyasi.

Mehnat tarbiyasining vositalari quyidagilar:

  1. Ijtimoiy foydali mehnat.

  2. Oilaviy mehnat.

  3. Mehnat faxriylari va turli mehnat vakillari bilan uchrashuv.

Mehnat ikki xil bo’ladi:

Aqliy mehnat.

Jismoniy mehnat.

Aqliy mehnat - shaxs uchun eng og’ir mehnatdir. Bu mehnat aqliy zo’r berishni talab qiladi, uzoq vaqt davom etadi va qunt bilan shug’ullanishni talab qiladi. Bu mehnatning murakkabligi yana shundaki, bundagi natijalarning namoyon bo’lishi qiyinroq bo’ladi, bu natijalarni shaxs deyarli tushunmaydi.

Akliy mehnati jarayonida tarbiyalanuvchilar turli darajada murakkablikka ega bo’lgan va mustaqillikni turli darajada talab qiladigan bir qator aqliy, hamda amaliy xarakterlarni egallaydilar. Bu esa ularda bilimga qiziqishini, aqliy faoliyatning samarali turlarini shakllantiradi.

Akliy mehnati tarbiyalanuvchilarning qurbi etadigan darajada bo’lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarning qurbi etmaydigan mehnat inson organizmiga ziyon etkazadi. O’qishdan ko’nglini sovutishi mumkin. Shu sababli pedagog har bir tarbiyalanuvchining yosh hususiyatini va ta’lim olishga individual tayyorligini aniqlash, shaxsning e’tibori va tafakkuridagi hususiyatlarini bilishi, mehnat va dam olish rejimiga rioya qilishi muhimdir. Ûquv mehnatning bosh vazifasi-shaxsni o’qishga o’rgatishdan, uni ûquv mehnati metodikasi va texnikasini qurollantirishdan, ûzi bilim oladigan bo’lish imkoniyatini berishdan iborat. O’quv mehnati jarayonida ta’sir qiladigan ko’nikma va malakalar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali unumli mehnatda qatnashishga tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyalanuvchini bûlajak mehnat faoliyatiga tayyorlash uchun yaxshi poydevor bo’ladi. Pedagogning O’quv muassasasi tarbiyalanuvchilarida darsliklar, komp’yuter texnikasi bilan ishlash ko’nikmasini shakllantirishda mehnat tarbiyasiga doir ishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. O’quv mehnati jarayonida aqliy mehnat madaniyati hosil qilinadi. O’rtoqlik, xayrixohlik, intizomlilik, uyushqoqlik singari fazilatlar tarbiyalanadi. Binobarin, bularning bari mehnat tarbiyasini eng samarali hal qilish uchun xizmat qiladi.




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish