Mavzu: Kasbiy faoliyatda hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Mavzu: Zilziladan oldin va zilziladan keyin zilzila vaqtida o’zini tutish qoidalari



Download 2,2 Mb.
bet38/54
Sana28.11.2022
Hajmi2,2 Mb.
#873852
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Bog'liq
HHHHHHH

Mavzu: Zilziladan oldin va zilziladan keyin zilzila vaqtida o’zini tutish qoidalari
Yuz berishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlarga oldindan tayyorgarlik ko’rilsa, o’zingni va boshqalarni qutqarib qolish mumkin.
Zilzilagacha:
Zilzila sodir bo’lgan taqdirda har kungi sharoitda: uyda, maktabda, ko’chada va h.k. o’zingni qanday tutishingni oldindan o’ylab qo’y. Bu senga yer silkinishi ro’y berganda eng to’g’ri yo’lni tanlashingga imkon beradi.
Zilzila paytida:
Eng muhimini yodda tut: zilzila boshlangan bo’lsa o’zing vahima qilma va boshqalarning sarosimasiga uchma;Agar zilzila kuchsiz bo’lsa,qo’rqma, yaxshisi qayerda bo’lsang, o’sha yerda tur;
Zilzila kuchliroq (silkinish kuchi besh va undan ortiq ball) ro’y bergan holda sen bino ichida bo’lsang:
Ikkinchi va undan yuqori qavatlarda xonadan chiqma;
Ichki devor oldidagi, burchakdagi, eshik o’rnidagi, tayanch ustun oldidagi, xavfsiz joyga turib yoki vannaga yotib ol;
Karavot, stol tagiga kirib ol, ular seni qulab tushayotgan narsa va parchalardan saqlaydi. Deraza va og’ir jihozlardan uzoqroqda tur.
Mumkin emas:
Birinchi qavatdan yuqori bo’lgan derazalardan sakrash, eshik oldida tirbandlikni hosil qilish
Liftdan foydalanish
Gugurt, sham yoqish, olovdan foydalanish
Agar sen ko’chada bo’lsang:
Binolardan va elektr uzatish tarmoqlaridan uzoqroqdagi ochiq joyga o’tib ol, uzilgan elektr simlariga yaqinlashma;Binolar yonida yurma va ular ichiga kirma.
Zilziladan keyin:
Muhtoj bo’lganlarga birinchi yordam ko’rsat;
Suv, gaz va elektr tarmoqlarini tekshir va ularni o’chir;
Radiopriyomniklarni ishlatib qo’y;
Gazni faqat hidi bo’yicha aniqla, aslo gugurt yoqma. Gaz chiqayotganini sezsang, darhol deraza va eshiklarni och, xonadan chiqib ket va maxsus xizmat xodimlariga bu haqda xabar ber;

Telefondan faqat muhim axborotlar yetkazish uchun foydalan;
Shikastlangan imoratlardan ehtiyot bo’l,binoning ichiga kirma.
Shikastlanganligi ko’rinib turgan binolarga yaqinlashma va ularning ichiga kirma. Takroriy silkinishlar ro’y berishiga tayyor bo’l, ular bir necha sutka, hafta yoki oylardan keyin ham yuz bersada, zilziladan keyingi ikki-uch soat eng xavfli hisoblanadi. Ma’lumki, birinchi silkinishdan keyin qancha ko’p vaqt o’tsa, takroriy silkinishlar ehtimolligi shuncha kam bo’ladi.
DIQQAT! Radioni ishlatib qo’y!
Favqulodda vaziyat bo’yicha xizmat bo’limlarining «Diqqat barchaga!» signallarini eshit!
1966-y. 26-aprelda Toshkentda yuz bergan Z.dan soʻng sobiq Ittifoqda birinchi boʻlib Oʻzbekiston FA tarkibida 1966-y. oktabr oyida Seysmologiya instituti tashkil qilindi. Institutning asosiy ilmiy yoʻnalishlaridan biri Z.larning tabiatini, u sodir boʻladigan muhit xususiyatlarini, Z.larning darakchilarini oʻrganish va uni bashorat (prognoz) qilish usullarining nazariy asoslarini yaratish deb belgilanadi. Z.ni bashorat qilish borasida Oʻzbekistonda muhim natijalarga erishildi. Jumladan, kuchli Z.larni bashorat qilish boʻyicha ishonchli va istiqbolli yangi usullar yaratildi, ularning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi. Bu usullar majmuini qoʻllash asosida Oʻzbekiston hududi va yon atrofdagi hududlarda boʻlib oʻtgan bir necha kuchli Z.larni oldindan aytishga muvaffaq boʻlindi. Mac, 1976-y. 17-maydagi Gazli, 1978-y. 1-noyabrdagi Olay, 1984-y. 18-fevraldagi Pop zilzilalari oldindan aytilgan.
Yer yuzida roʻy bergan kuchli zilzilalar jumlasiga Lissabon (1755), Kaliforniya (1906), Ashxobod (1948), Chili (1960), Tokio (1923), Xitoy (1976), Spitak (Armaniston, 1988), Zaysan (Qozogʻiston, 1990), Suusamir (Qirgʻiziston, 1922) lar va Oʻzbekiston qududida esa — 838—839-y.larda Fargʻonada, 942-y.da Buxoroda, 1208—1209-y.larda Urganchda, 1490-y.da Samarqandda, 1494-y.da Namanganda, 1620-y.da Axsikentda, 1902-y.da Andijonda, 1921 — 1922-y.larda Buxoro va Samarqand yaqinida, 1927-y.da Namanganda, 1868, 1924, 1938, 1966-y.larda Toshkentda, 1976, 1984-y.larda Gazlida boʻlgan zilzilalarni kiritish mumkin.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish