Mavzu: Tabiiy texnogen vaziyatlar
Temir yo‘l transportida avariyalar. Temir yo‘l transportidagi avariya va halokatlarga asosan yo‘llar harakatdagi tarkib signalizatsiya nosazligi dispetcherlar xatasi mashinistlarning etiborsizligi va lokaydligi sabab bo‘ladi.
Harakatdagi tarkibnin relslardan chiqib ketishi tuknashuvlar pereezdlardagi to‘siklar borib urilish bevosita vagonlarnin o‘zida yongin va portlashlarnin kelib shikishi ko‘prok sodir bo‘ldi. SHunga karamay poezdda yurish samoletda uchishdan taxminan uch marta, avtomobilda yurishdan 10 marta xavsizrokdir.
Asosiy profilaktika qoydalari. Xavsizlik nuqtay nazaridan olib qaraganda poezddagi eng yaxshi joylar – markaziy vagonlar, avariya chiqish joyi – derazasi mavjud bo‘lgan yoki chiqish eshigiga yaqin joylashgan kupelar, pastki o‘rindiqlardir.
Temir yo‘l avariyasi vaqtida qanday harakat qilish kerakǵ Halokatga uchraganda yoki tusatdan poezdni to‘xtatishga to‘g‘ri kelganda yiqilib tushmaslik uchun o‘zingizni mahkam tuting. Buning uchun dastaklarni ushlab oling, devor yoki o‘tirgichga oyoqlaringiz bilan tiralib oling. Vagon poliga o‘tirib olish xavfsizroq. Birinchi zarbadan so‘ng bo‘shashmang va mushaklaringizni to tartibning harakati batamom to‘xtaganiga ishonch hosil qilmaguningizcha zo‘riqqan holda tuting.
Temir yo‘l avariyasidan so‘ng qanday harakat qilish kerakǵ Avariya yuz berishi bilanoq, vagondan eshik yoki deraza orqali (sharoitdan kelib chiqib) chiqib keting, chunki bunday holda yong‘in chiqish ehtimoli juda yuqori bo‘ladi. Zarurat tug‘ilsa, kupe derazasining oynasini og‘ir buyumlar yordamida sindiring. Avariya chiqish joyi orqali vagondan chiqayotganda temir yo‘lning dala tomonini tanlang. O‘zingiz bilan hujjatlaringiz, pul, kiyim-kechaklaringiz yoki ko‘rpani oling. YOng‘in chiqqan bo‘lsa, derazalarni yoping, shamol alangani kuchaytirib yuborish mumkin. YOng‘indan qochish uchun oldingi vagonlarga o‘tib oling. Buning iloji bo‘lmasa, poezdning oxirgi vagonlariga o‘ting. Keta turib barcha eshiklarni mahkam yoping. Yo‘lakka chiqishdan avval, nafas olish organilaringiz uchun muhofaza vositasi: suvda namlangan bosh kiyimingiz, sharf, mato bo‘laklarini tayyorlang. YOng‘in vaqtida vagon devorlariga qoplangan material – mal’minit – hayot uchun xavfli zaharli gaz chiqarishini yodda tuting.
Tashqariga chiqib olgach, zudlik bilan qutqaruv ishlariga qo‘shiling: zaruriyat bo‘lsa, boshqa kupedagi yo‘lovchilarga oynani sindirishda yordamlashing, jabrlanganlarni tashqariga olib chiqing va h.k.
Avariya vaqtida yonilg‘i to‘kilib ketgan bo‘lsa, poezddan xavfsiz masofaga uzoqlashing, yongin yoki portlash hodisasi sodir bo‘lishi mumkin.
Tok o‘tuvchi sim uzilib, erga osilib qolgan bo‘lsa, undan sakrab-sakrab yoki qisqa qadamlar bilan uzoqlashing. Elektr toki er yuzasi bo‘ylab uzatiladigan masofa 2 metrdan (kuruk er) q0 metrgacha (nam er) bo‘lishi mumkin.
Avtomobil transportidagi avariyalar. Avtomobil transportidagi avariyalarning u5 foizga yaqini haydovchilarning yo‘l xarakati qoidalarini qo‘pol buzishi oqibatida kelib chiqadi. Tezlikni oshirish, yo‘l belgilariga e’tiborsiz bo‘lish, qarama-qarshi yo‘lakka o‘tib olish va avtomobilni mast xolda boshqarish har doimgidek qoidabuzarlikning yanada xavfli ko‘rinishi bo‘lib qolmaqda. Avariyalarga ko‘pincha yo‘llarning yaroqsiz holga kelishi (asosan sirpanchiq), mashinalarning nosozligi (birinchi o‘rinda tormoz, ikkinchi o‘rinda rul boshqaruvi, uchinchisi, g‘ildirak va shinalar) sabab bo‘ladi.
Avtomobil avariyalarida jarohatlanganlarning 80 foizi ko‘p qon yo‘qotish oqibatida dastlabki uch soatda halok bo‘ladi.
To‘qnashuvni chetlab o‘tishning iloji bo‘lmaganda qanday xarakat qilish mumkinǵ O‘zingizni ko‘lga oling – bu sizga oxirgi imkoniyatingiz qolgunga qadar mashinani boshqarishda yordam beradi. Mushaklaringizni mumkin qadar taranglashtiring, mashina to‘la to‘xtamagunicha bo‘shashmang. Qarama-qarshi zarbadan qochishga xarakat qiling: panjara, buta, hattoki daraxt siz tomon kelayotgan mashinadan afzalroqdir. Siljimaydigan predmet bilan to‘qnashuv vaqtida chapyoki qanort zarbasidan ko‘ra basper bilan urilgan yaxshiroq. Zarbadan qochishning iloji bo‘lmaganda, boshingizni himoya qiling. Agar avtomobil kichik tezlikda kelayotgan bo‘lsa, o‘rindiqqa qattiq suyangan holda mushaklarni taranglashtirib, qo‘lingiz bilan rul aylanasini mahkam tuting. Agar tezlik 60 km/s dan oshsayu siz xavfsizlik kamarini taqmagan bo‘lsangiz, rul kolonkasini ko‘kragingiz bilan siqing. Agar oldingi o‘rindiqda bo‘lsangiz, boshingizni qo‘llaringiz bilan berkiting va o‘rindiqqa yonboshlab oling. Orqa o‘rindiqda o‘tirganda polga tushishga harakat qiling. Agar yoningizda bola bo‘lsa, uni o‘z tanangiz bilan berkiting.
Avariyadan so‘ng qanday xarakat qilish kerakǵ Avtomobilning qaerida va qanday holatida ekanligingizni, avtomobil yonmayotganligini, benzin oqmayotganligini (ayniqsa, ag‘darilib ketishda) aniqlab oling. Agar eshiklar qisilib qolgan bo‘lsa, salonni deraza orqali tark eting. Mashinadan chiqqandan sung undan iloji boricha uzoqroqqa qoching – portlash ehtimoli mavjud.
Avtomobil suvga qulaganda nima qilish kerakǵ Avtomobil suvga qulagach, ma’lum vaqt suvda qalqib turadi, bu muddat esa mashinani tark etish uchun etarlidir. Eshik ochilganda mashina tezda cho‘ka boshlaydi, shuning uchun yaxshisi ochiq deraza orqali tashqariga chiqing.
Oyna va eshiklar yopiq holda suv tubiga cho‘kkanda avtomobil salonidagi havo bir necha daqiqa saqlanib qoladi. Mashinani qidirish oson bo‘lish uchun chiqorlarni yoqib qo‘ying, faol ravishda o‘pkangizda havo almashtiring (chuqur nafas olish va chiqarish qonni kislorod bilan to‘yintirishga imkon beradi).
Ortiqcha kiyimlardan xalos bo‘ling, hujjat va pullaringizni oling. Avtomobilning yarimi suv bilan to‘lganda eshik yoki deraza orqali tashqariga chiqing, aks holda salonga kirayotgan suv oqimi sizga halaqit berishi mumkin. Zaruriyat tug‘ilsa, old oynani og‘ir narsa bilan sindiring. Qo‘lingiz bilan avtomobil tomoni ushlab, tashqariga sirg‘alib chiqing, so‘ng darhol tepaga qarab suzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |