Mavzu: kasb hunar kollejlarida o‘qituvchining kommmunikativ qobiliyati


"Tilga  ixtiyorsiz  -  elga  e’tiborsiz".  "Tilini  tiyolgan  odam  donishmand  oqil



Download 377,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana22.06.2021
Hajmi377,33 Kb.
#73424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kasb hunar kollejlarida oqituvchining kommunikativ qobilyati

"Tilga  ixtiyorsiz  -  elga  e’tiborsiz".  "Tilini  tiyolgan  odam  donishmand  oqil, 

so‘zga erk bergan odam - beandisha va pastkash, Til shirin va yoqimli bo‘lsa yaxshi, til 

bilan dil bir bo‘lsa yana yaxshi".  

Navoiydan keyingi qator adib, allomalarimiz, jumladan jadid ziyolilari ham til va 

nutq, til va nutq madaniyati haqida o‘zlarining muhim qarashlarini bayon etganlar.  

O‘qituvchi,  tarbiyachi  o‘z  kasbining    madaniyatini  egallamasa  hech  vaqt  o‘z 

ishining  chinakam  ustasi  bo‘la  olmaydi,  yomon  ma’nodagi  eski  usuldan,  bir  qolibdagi 

tayyor  andozalarni  ishlatishdan  nariga  o‘tmaydi.  O‘qituvchi  nutq,  o‘quvchilar  bilan 

muoamala  qilishi  uning  o‘z  tarbiyalanuvchilari  bilan  muloqot  olib  borish  mahoratini 

taqozo etadi.  Buning  uchun esa u gapirishni  bilishi lozim. Gapirishni,  muomila  qilishni, 

muloqot olib borishni doimo o‘rganib borishi kerak.  

Pedagogik jamoa bilan, bolalar guruhlari, ayrim o‘quvchilar bilan gaplasha olishi 

kerak. U darsni samarali olib borishi uchun suhbatlar o‘tkaza bilishi,  hikoya qilish kabi 

usullardan foydalanishi lozim. Birinchi navbatda o‘qituvchi suhbatni boshlaganda, gapni 

masalaning qo‘yilishidan boshlashi mumkin. Bu masalada bo‘lajak suhxbatning ma’nosi 

mulajassamlashgan  bo‘ladi.  Mavzuga  diqqatni  tortishga  urinib  kurish  ham  mumkin, 

bunda gapni erkin, qiziqarli faktni ma’lum qilishdan boshlasa bo‘ladi. Suhbatni tugallash 

ham muhim ahamiyat kasb etadi. U turlicha bo‘lishi mumkin. Asosiy g‘oyalarni yana bir 

marta qisqacha bayon qilib berish mumkin uni she’riy satrlar bilan tugallasa ham bo‘ladi.  

Bu  qoidalarga  rioya  etish  pedagogning  so‘zlari  o‘quvchilarga  zarur  ta’sir  ko‘rsati 

uchun  shart-sharoit  yaratadi.  So‘z  bilan  ta’sir  ko‘rsatishni  amalda  qo‘llanish  o‘z 

hissiyotlarini,  ijodiy  ta’sirlanishini  boshqarish  ko‘nikmalariga  va  o‘z  his-tuyg‘ularini 

ifodalash  uchun  aniq  shaklni  topa  bilishga  asoslanishi  lozim.  Bu  sohada  aktyor  ishi 

osonroq ekanligini e’tirof qilish kerak. Ta’lim-tarbiya ishi rahbarning doimiy tutgan yo‘li 

ba’zan  pedagogika  his-tuyg‘ular  va  fikrlarni  so‘z  bilan  ifodalashda  qolibda  ish  tutishga 

olib  keladi.  Ko‘pincha  so‘z  bilan  ifodalashning  bir  qolibdaligi  o‘qituvchi 

hayajonlanganda  va  jiddiy  ayb,  gunoh  qilgan  o‘quvchilarni  qoralash  lozim  bo‘lganda 

yaqqol ifodalanadi.  

Imo-ishora,  yuz  harakatlari  bilan  ta’sir  ko‘rsatishda  so‘z-tovush  nutqini  to‘sib 

qo‘ymasligi kerak. Og‘zaki ta’sir qilish mazmuni ta’sir qiluvchi ta’sir ko‘rsatishning aniq 



turiga  bog‘liq.  Agar  biz  ta’sir  qiluvchi  nasihatdan  foydalansak,  nutqimiz  nihoyatda 

muxtasar  bo‘lishi  lozim.  Ta’sir  qiluvchi  ta’sir  ko‘rsatish  uchun  o‘ziga  xos  narsa  faqat 

narsaning mazmuni emas, balki nutqning ohangdorligiga  ham bog‘liqdir. 

Hatto,  oddiy  nutqda  ham  agar  kuchli  ta’sir  qiluvchi  ta’sir  ko‘rsatish  vazifasi 

qo‘yilmasa,  faqat  axborotning  mazmuni  emas,  gapiruvchining  so‘zlashish  ohangi  ham 

idrok etiladi. Nutq texnikasini takomillashtirish uchun o‘z ovozini chetdan turib eshitish 

muhimdir.  Bu  o‘rinda  magnitafon  o‘qituvchilarga  bebaho  yordam  beradi.  Og‘zaki  ta’sir 

qilishning  har  xil  turlarini  magnit  lentasiga  bir  necha  marta  yozib  olib,  eshitib  kurish 

zarur,  shunga  erishish  kerakki,  u  galdan  bu  galga  ovoz  ohangi  tobora  aniqroq  bo‘lib 

borsin, hal etilayotan vazifaga tobora mos kelib, so‘zlovchining individual xususiyatlarini 

juda mO‘qammal ifodalaydigan bo‘lsin. 

 2.Nutqning o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot jarayoni. 

Pedagogik  jarayonda  qo‘llanadigan  o‘zaro  fikr  almashishining  asosiy  shakllari 

tahlil  qilish  va  ularga  ta’rif  berish  darsni  vaqtda  bo‘lajak  o‘quvchining  kasb-koriga  o‘z-

o‘zini tarbiyalashi uchun ham pedagogik muomala madaniyatini takomillashtirish uchun 

ham asos bo‘lib xizmat qiladi.  

Tilshunoslik  bolalar  nutqni  kattalarga  tahlid  qilish  yo‘li  bilan  egallab  olishlarini 

isbotlab  beradi.  o‘qituvchi  nutqi  o‘quvchilar  uchun  namuna  va  ularga  ta’sir  etish 

vositasidir.  Kichik  sinf  o‘quvchilarining  nutqlari  uncha  o‘smaganligi  sababli  kattalar 

nutqidagi  yaxshi  jihatlariga  ham,  yomon  tomonlariga  ham  bir  xilda  taqlid  qilaveradilar. 

o‘qituvchi  nutqining  xususiyatlari  va  nuqsonlari  tarbiyalanuvchilar  nutqining 

xususiyatlari va nuqsonlariga aylanib qoladi. SHuning uchun o‘qituvchilar nutqiga g‘oyat 

katta talablar qo‘yilib,  ularning nutqi adabiy til mezonlariga javob berishi va bolalarning 

yoshiga  mos,  ularga  tushunarli  bo‘lishi  kerak,  o‘qituvchi  o‘z  nutqida  ko‘prok 

sinonimlardan antonimlardan foydalanishi kerak.  

Buning  uchun  u  shoshilmasdan,  duduqlanmasdan,  ona  tilidagi  hamma  tovush 

so‘zlarni  to‘g‘ri,  aniq,  burro,  orfografiya  normalariga  rioya  qilib  talaffo‘z  eta  bilishi 

kerak.  o‘qituvchi  ko‘pincha  bolalarga  berilgan  savolni  bir  necha  marta  takrorlaydi.  Bu 

berilgan  savolni  to‘g‘ri  tushunib  olishga,  vujudga  kelgan  pao‘zani  to‘ldirishga  yordam 

beradi.  Bu  vaqtda  o‘qituvchi  bolalarga  birgina  fikrning  o‘zi  turlicha  bayon  etilishi 

mumkinligini ko‘rsata olish imkoniga ega bo‘lishi kerak.  



O‘quvchilarni  o‘z  fikrlarini  to‘g‘ri  shaklda  bayon  etishga  o‘rgatib  borish  kerak. 

Keyinchalik o‘quvchiga o‘z hatosini mustaqil to‘g‘rilash imkonini berish kerak.  

Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  nutqini  o‘stirish  borasida  "Ta’lim  to‘g‘risida"gi 

qonunga  katta  ahmiyat  berilgan.  O‘quvchilar  nutqini  o‘stirish  vositasi  asosan  ona  tili 

o‘qitish,  tabiat,  matematika  va  boshqa  fanlarni  o‘qitish  orqali  amalga  oshirladi. 

O‘quvchilar  nutqini  o‘stirish  uchun  ko‘proq  ertak,  hikoya,  she’rlar    o‘rgatish,  rasmlar 

ko‘rsatish  yo‘li  bilan  erishiladi.  Nutq  o‘stirishda  ikki  usul  davr  talabidan  biri  bo‘lishi 

mumkin.  o‘qituvchilar  har  bir  darsni  boshlashdan  oldin  5  minut  cyhbat  o‘tkzishadi.  Bu 

usulni  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilarining  hammalari  ham  amalda  qo‘llay  bermaydilar. 

Hap  bir  o‘qituvchi  har  kungi  birinchi  soatlarida,  o‘qish  darslarida  turli  mavzular  tanlab 

dars boshlashdan oldin 3-5 minut kirish suhbati o‘tkazishsa foydadan holi bo‘lmaydi.  

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘quvchilarning og‘zaki nutqlarini muntazam 

o‘stirib  borishda,  ularning  atrof  muhitni  ko‘zishlari  va  qayta  tasavvur  qildirish  orqali 

bog‘lanishli  nutq,  matnlar  to‘zatishlariga  amaliy  yordam  beradi.  Bunda  o‘qituvchi 

erinmay ishlab borishi lozim.  

YOsh  avlodni  tabiat,  jamiyat  rivojlanishi  qonuniyatlari  bilan  kishilarning  o‘zaro 

axloqiy  munosabatlari  bilan  tanishtirishda  o‘qituvchi  nutqi  katta  rol  o‘ynaydi.  Har  bir 

o‘quvchi  o‘z  sevimli  o‘qituvchisining  tovush,  nutqiy  xususiyatlari,  o‘quvchilarga 

murojaat qilish, savollarga javob berish usullarini doimiy eslay oladi.  

O‘qituvchi  nutqi  o‘quvchilarga  ta’lim-tarbiya  berish  vazifasini  bajarishi  kerak. 

SHuning uchun unga faqat umummadaniy emas balki kasbiy va pedagogik talablar ham 

qo‘yiladi. O‘qituvchi o‘z so‘zining mazmuni, sifati va oqibati uchun ijtimoiy javobgardir. 

SHuning  uchun  o‘qituvchi  nutqi  pedagog  mahoratining  muhim  tarkibiy  qismi 

hisoblanadi.  

O‘qituvchi nutqi deyilganda o‘qituvchining og‘zaki nutqi ko‘zda tutiladi. Og‘zaki 

nutq bu o‘qituvchining so‘zlashi vaqtida to‘ziladigan nutqi.  




Download 377,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish