Ishlab chiqarishda, malakasi uncha yuqori bo'lmagan "oddiy" mutaxassis tayyor texnologiya bo'yicha oliy sifatli mahsulotishlab chiqarganidek, "oddiy"o'qituvchi pedagogik texnologiyani qo'llab ajoyib natijalarga erishadi
Pedagogik texnologiya, o'quv materialining to'la o'zlashtirish kafolatini beradi, ya'ni har bir talaba o'quv fani dasturini kamida 80% ini o'zlashtiradi.
1.2. Pedagogik texnologiyaning mohiyati
Pedagogika o'quv jarayonida yuqori natijaga erishish yo'llarini doimo izlab kelgan va o'z vosita, usul va shakllarini hamma vaqt takomillashtirib kelgan. Ko'zlangan maqsadga erishish imkoniyatini beruvchi, qandaydir usul yoki usullar majmuasini topish ilinjida bo'ldi. Buning natijasida turli uslubiyotlar paydo bo'ldi. Pedagogik tajriba to'planishi bilan yangi, samaraliroq uslubiyotlar yaratila bordi. Ammo, yangi uslubiyotlarni yaratish borasidagi amaliy ishlar natijasi, o'sib borayotgan talablarga hammavaqt ham javob bermas edi. O’qitishdagi doimiylik
rejalashtirilgan natijalarga erishish kafolati kabi muammolar o'z echimini kutar edi. O'quv maqsadlarning noaniq va mujmal qo'yilishi, shu bilan bog'liq o'qitishdan kutilgan natijalariga erishishning noaniqligi, n'anaviy o'quv jarayonini tashkil tishning kamchiligi hisoblanadi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida, oliy ta'lim muassasasi, o'qitishdan kutiladigan natija yo'qligidek, ortiqcha daxmazaga yo'l qo'ya olmaydi. O'qitish natijasi aniq va erishiladigan bo'lishi lozim, aks holda, tayyorlangan mutaxassislarga ehtiyoj ham noaniq bo'ladi va ular talab qilib olinmaydi. An'anaviy o'quv jarayoniga tayangan oliy ta'lim muassasasi, hozirgi zamon ishlab chiqarish va boshqa sohalarning aniq talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga qodir bo'lmaydi. Shuning uchun, o'quv jarayonini takomillashtirish, talabalar qiziqishini oshirish, o'qitish natijalarming kafolatlanishining eng samarali yo'llarini izlash ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda. O'qitish sifatini oshirish obyektiv zaruriyatga aylanganligi tufayli, alohida o'qitish uslublaridan pedagogik texnologiyaga o'tish muammosining dolzarbligi ortib bormoqda. O'quv jarayonini birinchi marta ushbu tarzda talqinlashni Ya. A.Komenskiyning pedagogikasida uchratish mumkin.
Ya. A. Komenskiy asarlarida, inson tabiati qonuniyatiga uyg'unlashgan o'qitish tartibini izlash urinishlari mavjud. O'qitish texnologiyasining asosiy elementlari - darslik tamoyili, sinflik tamoyili, o'qitishning predmetligi, o'quv materialini bay on etishning umumtartibi - aynan Ya. A. Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi. Bu esa uning pedagogik tizimining sanoatlashgan jamiyatdagi uning ommaviy, so'ngra umumiy ta'lim ehtiyoji uchun uzoq yillar xizmat qilishini ta'minlaydi. U o'qitishning yagona takomillashgan usulini ko'z oldiga keltirib, uni soat mexanizmining aniq va ravon ishi bilan taqqoslagan edi. Ya. A. Komenskiy bu haqda shunday degan edi: «O'qitish san'ati - vaqt, fanlar va usullarning mohirona taqsimotidan boshqa hech narsani talab etmaydi. Agar biz bu taqsimotni aniq o'rnata olsak, maktab yoshlarini o'qitish, ularning soni qanchaligidan qat'i nazar, tipografiya asboblari bilan minglab qog'oziarni nafis harflar bilan bezatishdan yoki Arximed mashinasini o'rnatib, uylar, minoralar yoki xilma-xil og'irliklarni ko'chirishdan, yoki minglab kemada okeanni kesib o'tib, Yangi Olamga (Amerikaga) jo'nab ketishdan ham osonroq bo'ladi. Hamma narsa soatdek yengillik bilan, shunday zavq va shavq bilan oldinga yuradiki, shunday zavq va shavq bilan unga o'xshash avtomatni kuzatamiz va nihoyat, faqat bunaqa epchil asbobda erishilishi mumkin bo'lgan ishonch bilan unga qaraymiz. Shunday qilib, Olloh taolo haqqi, soatga to'la o'xshagan shunday maktab tuzilmasini ishlab chiqishga urinib ko'ramiz».
Do'stlaringiz bilan baham: |