3.2. Fizika o’qitishda pedagogik texnologiyaning zamonaviy o‘zbek milliy modeli «Dastpanja» usulidan foydalanish
Mamlakatimizda qabul qilingan Milliy dasturga ko’ra, 9+3 sxemasi bo’yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi.Bu,avvalambor 12 yillik to’liq bepul, majburiy ta’lim qonuniy asosda yo’lga qo’yilganini anglatadi.
Bu modelning prinsipial xususiyati avvalambor shundaki, umumta’lim maktabidagi 9 yillik o’qishdan so’ng o’quvchilar 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo’yicha kasb-hunarlarni ham egallaydilar.
Ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish dasturi hayotimizga muvaffaqiyatli joriy etishi natijasida uzluksiz ta’limning zamonaviy talablarga javob beradigan yaxlit tizimi yaratildi.Bu tizim ta’lim jarayonlarining barcha bosqichlarini-maktabgacha va maktab ta’limidan tortib o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim bo’g’inini, shuningdek,xalqaro meyorlarga mos holda bevosita fan doktori darajasini olish uchun dissertasiya himoyasini nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi bir bosqichli ta’limni o’ziga qamrab oladi.
Bugungi kunda BMT ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimizda ta’limga yo’naltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizidan ortig’ini tashkil etmoqda.Boshqacha aytganda,O’zbekiston davlat byudjetidan har yili 35 foiz mablag’ aynan ta’lim-tarbiya sohasiga yo’naltirilmoqda.
Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-maktablaridan biri-,,INSEAD’’ tomonidan 2012 yilda inson kapitalining taraqqiyot darajasi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, O’zbekiston 141 mamlakat orasida 53-o’rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi,jumladan,ta’l
im maqsadlari uchun ajratiladigan mablag’lar bo’yicha esa dunyoda 5-o’rinni egallagani bejiz emas, albatta.1
O’zbekiston Respublikasida ta’lim –tarbiya jarayoni bilan bog’liq o’zgarishlar o’zida ta’lim tizimini tubdan o’zgartirish , uning mazmuniga milliy ruh singdirish, samarali an’anaviy uslublarni saqlab qolgan holda ilg’or uslublarni yaratish va ularni amaliyotda qo’llash kabi masalalarni aks ettiradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo’llash bo’yicha respublikamizning ko’zga ko’ringan olimlari tomonidan rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo’llanib kelinayotgan pedagogik texnologiyalarni ilmiy asosda qiyosiy tahlil qilib, xalqimizning milliy pedagogika an’analaridan hamda ta’lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda O’zbekistonning milliy pedagogik texnologiyasini yaratishga harakat qilinmoqda va bu sohada ko’zga ko’rinarli ishlar amalga oshirildi.
Ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilarimizning bugungi kundagi asosiy vazifasi bu texnologiyani chuqur o’rganib, o’zining kundalik pedagogik amaliyotida qo’llashdir.
O’quv mashg’ulotlarini pedagogik texnologiya yordamida amalga oshirishda ularda ishtirok etadigan elementlarni o’zaro funksional bog’liqlikda ekanligini ko’rsatuvchi ramziy ko’rinishni,,dastpanja’’ deb atadik.(1-rasm)
1-rasm. Pedagogik texnologiyaning o‘zbek milliy «Dastpanja» modeli.
Ko’rib turganingizdek, «dastpanja»ning butunlik holati muayyan bir fanning bitta o’quv mashg’uloti,ya’ni bitta darsni,PT tili bilan aytganda,bitta o’rta modulini ifoda etgan.Uning birinchi raqamli elementida, ya’ni «dastpanja»ning kaftida ,shu mashg’ulotda beriladigan materiallarni,hajmi va mazmuniga qarab,kichik modullarga ajratib,ularning maqsadlari va ularga ajratilgan vaqt aniqlab olinishi ko’rsatilgan.Ikkinchi raqamli elementi orqali,ya’ni «dastpanja»ning « boshmaldog’i»da, har bir kichik modulda beriladigan bilimlar tizimi ichidan tayanch tushunchalar ajratib olinib,shu tushunchalar asosida nazorat savollari va bu savollar asosida test yoki boshqa nazorat shakllari tuzilishi lozimligi ko’rinib turibdi.Uchunchi raqamli elementidan,har bir kichik modulida qo’llaniladigan dars turi va tipining belgilanishi ko’rinib turibdi.To’rtinchi elementi, «dastpanja»ning «o’rta terak» barmog’ida, har bir kichik modulida qo’llaniladigan pedagogik uslublar ko’rsatiladi.Beshinchi raqamli elementi, «kichik terak»da, har bir kichik modulida foydalaniladigan axborot texnologiyalari ifoda etiladi.Oltinchi raqamli elementi, «dastpanja»ning «jimjilog’i»da, har bir kichik modulida foydalaniladigan didaktik materiallarning turi va joylari ko’rsatilishi ifodalangan.«Dastpanja»ning yettinchi raqamli elementi, ya’ni «bilagi»da, pedagogik texnologiyaning boshqa beshta elementida rejalashtirilgan harakatlar «kaft», ya’ni maqsadlar orqali birikib,ularda ko’rsatilgan narsalarni, ya’ni muayyan o’quv mashg’ulotida beriladigan materiallarni qaysi kichik modullarda, qaysi kichik modullarda, qaysi tayanch tushunchalarni qanday dars turi va tipi yordamida,qanday uslublar qo’llab turib,qaysi axborot texnologiyalar va didaktik materiallardan qanday qilib foydalanish yo’llari yozilgan dars ssenariysi ifodalangan bo’ladi.Bunda,o’quv jarayonida ishtirok etadigan barcha kuch va vositalar o’zaro sintezlashib bir butunlikni, ya’ni dars degan majmuni tashkil qiladi.
Fizika o`qitishga ham ushbu usulni qo`llash mumkin.Masalan elektrodinamika asoslari bo’limidan « Elektrolitlarda elektr toki. Elektrolitik dissotsiatsiya.Elektroliz.» mavzusini oqitishda :
1.DTS,o’quv rejava fan dasturi hamda integralashgan ta’lim texnologiyalari,Integralashgan kursni tashkillashtirish va amalga oshirish yo’llari. Pedagogik texnologiyaning o‘zbek milliy «Dastpanja» modeli usuli.
2.Elektrolitlarda elektr toki, elektrolitik dissotsiatsiya,dissotsiatsiyalanish darajasi,kation va anionlar,elektr tokining zichligi, elektrolitning solishtirma qarshiligi,elektroliz,Faradeyning 1-qonuni, 1-qonunining fizik ma’nosi, Faradeyning 2-qonuni,elektrokimyoviy ekvivalent.
1. Elektrolitlar deb nimaga aytiladi?
2. Elektrolitik dissotsiatsiya deb nimaga aytiladi?
3. Dissotsiatsiyalanish darajasi deb nimaga aytiladi?
4. Kationlar va anionlar nimalar?
5. Elektr tokining zichligi nima?
6. Elektrolitning solishtirma qarshiligi temperaturaga bog’liqmi?
7. Elektroliz deb qanday jarayonga aytiladi ?
8. Faradeyning 1-qonuni nima?
9. 1-qonunining fizik ma’nosi.
10. Faradeyning 2-qonuni.
11.Elektrokimyoviy ekvivalent nimani ko’rsatadi?
3.Integrallashgan ta’lim texnologiyalari ,modulli ta’lim,qiyosiy tahlil,guruhiy,yakka tartibda,juftlikda
4.Og’zaki bayon qilish ,muammo qo’yish,muammoni yechish usullari, suhbat,debat turi,aqliy hujum, BBB,chalkashgan mantiqiy zanjir,Venn diagrammasi,FSMU,keys-stadi,klaster,
5. Mavzuning nomi, maqsad kutilayotgan natijalar e’lon qilinadi,mashg’ulot modulli ta’lim texnologiyasi asosida o’tkazilishini tushuntiriladi.Talabalarning mustaqil faoliyatini kuzatib boriladi.Videoproyektor,kompyuter yoki kodoskop, animatsion materiallar.
6.Mavzuga oid test,masala,nazorat savollari,tarqatma materiallar
7.Tahsil oluvchilarga taqdim etiladigan materiallar; tahsil oluvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladigan vazifalar;tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtirilgan ma’lumot o’z aksini topadi.
Ta’lim mazmuni ilmiylik va amaliy ahamiyat talablarini to’ldirishi,o’quv jarayoniga ajratilgan vaqtga muvofiq tashkil etilishi,ta’lim mazmuni va uning ta’hsil oluvchilar tomonidan qabul qilinish darajasining o’zaro mosligi inobatga olinadi.
Pedagogik texnologiya zamonaviy o’zbek milliy modelini ta’lim-tarbiya jarayoniga qo’llash «dastpanja»usulini yaratishda,hammaga ma’lum bo’lgan usullarning eng yaxshi tomonlari olinib,PT tamoyillari bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini loyihalashda va ularni amaliyotda qo’llashda bu usullarning maqomi o’zgartirildi va shu nomlar ostida ular uslub deb qabul qilindi.Demak,avvalgi usullarning yaxshi tomonlari olinib,ular pedagogik texnologiyada uslub (ruschada « педагогический приём ») o’rnida qo’llanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |