7-rasm. Yangi xodim uchun ma'lumotlar mundarijasi
Mazkur ma'lumotlar yangi xodimlarga broshyura holidagi bosma materiallar yoki yo'riqnoma (o'tkazish vaqti belgilanadi) orqali yetkaziladi.
Bu va boshqa ma'lumotlar ham yangi xodimlarga, ham ushbu korxonada ishlab turganlarga tashkiliy ravishda — ishga qabul qilinganda, ishlab chiqarish ta'limi davomida, murabbiy va ustozlar orqali muntazam
ravishda yetkazib turilishi juda muhimdir.
Yangi xodimlarni korxona hayotiga qo'shish ishlab turgan jamoa ijodiy salohiyatini sezilarli darajada faollashtirishga xizmat qilishi mumkin.
Rahbar uchun esa uning korxonasida yangi xodimlarni ishga moslashtirish qanday tashkil qilinganligi to'g'risidagi axborotlar — jamoani rivojlantirish darajasi, uning jipsligi, ichki muhiti to'g'risida ko'p narsa aytishi mumkin.
Yangi xodim ishga qabul qilingan tashkilotdagi ishga moslashtirish dasturi (7- rasm) bo'lishi juda muhimdir. Ushbu tadbirning aniq tarkibi bo'lmasa, u nafaqat besamara bo'ladi, balki ortiqcha sarf-xarajatlarni talab qiladi. Chunki, har bir yangi xodimni ishga moslashtirish vaqtni, demak mablag'ni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |