Sutni qayta ishlash texnologiyasi. Sutni xo’jalikda qayta ishlash uni suzish, sovitish, saqlash, pasterlash va ba’zan muzlatishdan iborat. Sutning dastlabki xususiyatlarining saqlanishini uzaytiradigan barcha ishlar sutni qayta ishlash deb ataladi. Xo’jalikning o’zida sutni qayta ishlash dastlabki ishlash, davlat zavodlarida esa ikkilamchi qayta ishlash deb ataladi. Asidofilin, kefir, sariyog’ pishloq (sir) tayyorlash uchun sutning avvalgi xususiyatlarini Sutni suzish. Molxonada sanitariya qoidalariga rioya qilinmasa,sutga hayvonning juni, yem-xashak qoldiqlari, axlat tushama, qismlari va ular bilan birga g’oyat ko’p mikroblar tushadi. Sut birinchi marta molxona hovlisida o’lchashdan keyin chelaklardan flyagaga qo’yilganda tozalanadi, ikkinchi marta ferma sutxonasida tozalanadi. Yaxshisi sutni elak suzgichlarda suzish kerak. Ko’pincha sutni suzish uchun 2-chi marta metal elak orasiga yupqa paxta qatlami qo’yiladi. Paxta qatlami qancha tez o’zgartirib turilsa, sut shunchalik toza bo’ladi, har bir paxta qatlami orqali 30-40 l sutni suzish mumkin. Paxta bo’lmasa, ipdan yoki jundan to’qilgan yengil mato (doka) ishlatish mumkin. Matodan qilingan suzgichni har doim tozalash va qaynatish kerak, aks holda u sutni mikroblar bilan ifloslantiradigan asosiy manba bo’lib hisoblanadi.Keyingi vaqtlarda sutni tozalash uchun polietilendan qilingan sintetik to’kima-lavsan qo’llaniladi. Bu to’qimalar zararsiz bo’lib, nihoyatda chidamli va pishiq bo’ladi.Yirik sut korxonalarida sut plastinkali yoki diskali suzgichlarda,shuningdek,sentrafuga deb ataladigan sut tozalaydigan maxsus apparatlarda suziladi. Sut tozalaydigan sentrofugalar tarelkali va tarelkasiz bo'ladi. Tarelkali sentrofugalardan o’tkaziladigan sutning sifati 75-80% yuqori bo’ladi.
Sutni pasterlash. Sutni 63 dan to qaynash nuqtasiga yaqin temperaturagacha isitish sutni pasterlash deb ataladi. Qaynash temperaturasidan yuqori temperaturagacha isitish sterillash deb ataladi.Sutning qaynash nuqtasida istilishi sutning qaynashi deyiladi. Sutni pasterlaganda vegetativ shakldagi mikrobning 99,9% dan ko’prog’i nobud bo’ladi va bunday sut saqlanganda uzoq vaqt buzilmaydi.
Sutchilikda pasterlashning 4 rejimi qo’llaniladi:
1) uzoq muddatda pasterlash – bunda 63-65 gacha istilib, shu temperaturasida 30 minut davomida saqlanadi;
2) qisqa muddatli pasterlash – bunda sut 72-74 gacha isitilib, 10-15 sekund davomida saqlanadi;
3) bir onda pasterlash – bunda sut 85-87 gacha isitiladi, ammo bu temperaturada saqlanmaydi;
4) sutni 95-97 da pasterlash – bunda sut ko’rsatilgan temperaturagacha istilib 10 minut davomida saqlanadi. Pasterlashning bu rejimi achitilgan sut mahsulotlarini tayyorlashda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |