Insho
Mavzu:Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon!
Reja:
1.Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon!
2.O’zbekiston kelajagi buyuk davlat.
3.Vatanimiz kelajagi biz yoshlarning qolida.
4.O’zbekiston rivojlanayotgan va taraqqiyoti yuksalayotgan davlat.
5.Xulosa
O’zbekistonning kelajagi buz yoshlarning qo’lida.Bizning vatanimiz oldidagi burchimiz qanday?
Biz vatanimiz rivojlanishi uchun qanday hissamizni qo’shayabmiz?
Biz vatanimiz oldidagi burchimizni bajarishimiz uchun faqat yaxshi óqishimiz va manaviyatli inson bólib yetishishimiz kerak.Biz har javhada vatanimiz rivojlanishi uchun óz hissamizni qóshsakgina kelajakda O’zbekiston dunyoda yetakchi órinlarda turadi.Biz bobo- jon-u buvijonlarimizni ko’rishga tez-tez borib,ulardan xabar olib,ularni duolarini olib yursakgina ishlarimiz kundan kunga rivoj topib boraveradi.
Hattoki mahallamizdagi hasharlarda jamoat ishlarida ham faol bólsak, vatanimiz rivojiga óz hissamizni qóshgan bólamiz.Sport yoki ilm-fan soxasi bólishidan qat’iy nazar har bir O’zbekiston farzandiman degan inson qiziqishidan kelib chiqqan holda vatanimiz ravnaqiyólida òzining hissasini qóshishi shart va zarur.Bu bizning vatanimiz oldidagi burchimizdir.
Hozirda O’zbekistonning rivojlana-
yotganini,yuksalayotganini dunyo davlatlari ham tan olmoqda.Vatani-
mizning har bir soxasida katta ózgarishlar va yangilanishlar ildamlik bilan olib borilmoqda deb faxrlanib aytishimiz mumkin.Masalan,maktab-
gacha ta’lim ,maktab,vrachlik punktlari,yangi zamonaviy kasalxonalar,yól patrul xizmati va boshqa sohalar shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’limga alohida e’tibor berilmoqda.Jajji singillarimiz va ukalarimiz odobli,bilimli zukko va manaviyatli in-
son bólib ulģayishi uchun katta e’tibor qaratilganShu jumladan yangidan-yangi maktabgacha ta’lim binolari zamonaviy qilib qurilib foy-dalanishga topshirilmoqda va ta’mir talablari rekanstruktsiya qilinmoqda.
Maktablarimiz ham kundan-kunnga chiroyli bólib bormoqda.Shuningdek yurtimizda turli tillardagi maktablar vamuxtaram prezidentimizning farmoni bilan prezident maktablari ham qurilib foydalanishga topshirilmoqda.Bunday maktablarni qurishdan maqsad iqtidorli va bilimga chanqoq bolalarni tanlab olib óqitishdir.
Bugungi kunda eng kerakli va eng zarur bólib kelayotgan kasb egalari oq xalatli farishtalar ya’ni shifokorlar-dir.Shifokorlarga va bemorlarga qulaylik yaratish uchun yangidan-yangi vrachlik punktlari,kasalxonalar va klinikalar tashkil qilinmoqda.Axoli salomatligini taminlash maqsadida chet eldan zamonaviy asbob uskunalar olib kelib órnatilmoqda.Tez yordamga ham alohida e’tibor qaratilib yangi zamonaviy jixozlangan avftomobillar olibkelinmoqda.
Yól patrul xizmatiga ham bir nazar tashlasak bu yerda ham ancha ózgarishlar bólganini kórishimiz mumkin.YPX xodimlarini ishini yengillashtirish mawsadida yóllarda va chorraxalarda har xil zamonaviy video kameralar va radarlar órnatildi.Shuningdek YPX xodimlariga yangi xizmat avtomobillari ham berilmoqda va bu ularning ishlarini ancha yengillashtiradi.
O’zbekistonda ya’ngilanishlar va shaharlashuv jarayonlari ja’dal su’ratlarda bormoqda.Misol qilib aytadigan bolsak poytaxtimiz bólmish Toshkent shahrining ózida “Toshkent City’’,”Akay City”,”Olmozor City” va”Nest One” kabi binolar qad kótarmoqda.
Dunyoda yurtlar kóp,turli xalqlar yashaydi.Lekin har bir odam bolasining aziz bilgan tuproģi bor.
Bu tuģilib ósgan joyi,óz Vatanidir.
Bizning Vatanimiz esa jonajon O’zbekiston!
Aslida,yer yuzasini qamrab turgan barcha hududning tuproģi bir xil.Biroq uni tabarruk qilguchi shu zamin egalaridir.
Bizning O’zbekiston deya atalmish serquyosh Vatanimizda ne-ne mutafakkirlar,qanchadan-qancha aziz-u avliyolar,olim-u fuzalolar kamolga yetmadi,deysiz?! Shuning uchun ham bu zaminni dunyo ahli buyuk deya e’tirof etishadi.Shu ma’noda biz buyuk yurt farzandlarimiz.Bundan faxrlanamiz.Ammo unutmasligimiz kerakki, dunyolarga dars bergan uluģ bobokalonlarimizning tabarruk qoni bugun bizning tomirlarimizda jósh urmoqda!
Sher:
Yurtim jamoli
Yurtimizni aylandik,
Maqtovga sóz sayladik.
Toshkent asli bosh shahar,
Baģri nur-quyosh shahar.
Sirdaryo – Gulistonim,
Jizzax – boģu bóstonim.
Maydonlarda mard kelgan,
Qashwadaryo, Surxonim.
Nuroniy Samarqandim,
Yer yuzining sayqali.
Ggurur qóshar kóksiga
Temur bobom haykali.
Ilm uyi Buxoro,
Har toshi hikmat, ma’no.
Xorazimning savlat-u,
San’atiga tasanno.
Qoshi qora, qalbi oq
Qadrdon qoraqalpoq
Navoiy nomin olib,
Oltin berar bu tuproq.
Farģona-yu Andijon,
Namangan – shohi gulim.
Nomin tilga olsang bas,
Ochilar bahr-u diling.
Nomi dilga darmonim-
Uluģ O’zbekistonim.
Xulosa qilib aytganda men shunday serquyosh va jannatmakon yurtda tuģilganimdan faxrlanaman.Kelajak-da yaxshi óqib vatanimiz ravnaqiga hissamni qóshishga va vatanim oldidagi burchimni bajarishga chin dildan va’da beraman.
Jonajon O’zbekistonim,
Mangu ból omon!
KIDT-20 guruhi talabasi:
Xo’janiyozov Diyorbek
Do'stlaringiz bilan baham: |