Ta’lim jarayonida ko’rgazmalilik tamoyili va undan amalda foydalanish
Mashqni ko’rsatish tushunchasi jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida o’zining keng ma’nosiga ko’ra o’qitishdagi eski an’analardan farqlanadi. Hozirgi kunda bu tushuncha o’zida:
his qilish,
obrazli o’hshatish,
harakatni tashqi shaklini namoyish qilishni mujassamlashtiradi.
Ta’lim jarayonida harakatni bajarib ko’rsatish va ko’rishning bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi. Harakat faoliyati haqidagi birlamchi (boshlang’ich) aniq tushuncha va tasavvur shu mashqning natural shaklda bajarilishini o’zlashtiruvchi tomonidan ko’rgandan so’ng hosil bo’ladi.
Ko’rgazmali qurollar: suratlar, chizmalar, maketlar, kino suratlar (sekinlashtirib olingan videolar va h.k.), kino-badiiy, xujjatli, o’quv filmlari, video, multivideo va boshqalar tarzida ko’rsatiladi va taqlid tarzida ularni bajarish o’quvchilarga tavsiya qilinadi.
O’zlashtirish jarayonining asosiy tamoyillaridan biri hisoblangan ko’rgazmalilikning ikki ko’rinishdan foydalaniladi:
o’rgatilayotgan mashqni ijrosini aynan bajarib ko’rsatiladi;
shu harakatni ko’rgazmali qurollar vositalari yordamida ko’rsatiladi.
O’qituvchi yoki jamoatchi yo’riqchi tomonidan harakatni, mashqni aynan o’zini yoki vositalar yordamida ko’rsatish namuna tarzida yoki namunaga yaqin darajada, ya’ni - ortiqcha zo’riqishlarsiz, harakatlarni erkin, zaruriy ketma-ketlikda, harakat texnikasining asosi, uning bo’laklari, harakat texnikasining detallarini individning imkoniyatiga muvofiqlashtirilgan holda bajarib ko’rsatilishi ko’rgazmalilik tamoyilining asosiy talabidir.
Namuna darajasida shug’ullanuvchilarga mashqni ko’rsatish, namoyish qilish o’qitishda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hatolarning oldini olishi amalda isbotlangan. Harakatni bajarilishini o’quvchi ko’rmay turib, uning texnikasini o’rgatishni boshlab yuborilishi hatolarni keltirib chiqaradi, ularni tuzatish ta’lim jarayonini cho’zilishiga olib keladi.
Mashqni namuna tarzida ko’rsata olmaydigan o’qituvchilar o’quvchilardan mashqni ko’rsatib beruvchilarni oldindan tanlab, ularni tayyorlab mashqni bevosita ko’rsatishga o’rgatadi (jismoniy madaniyat yo’riqchisini tayyorlaydi) va ulardan mashg’ulotlarda foydalanadi.
Harakat faoliyati haqida birlamchi (dastlabki) tushuncha mashqni o’quv-kino tasmasi, chizma, rasm, maket, plakat, va boshqalarda shug’ullanuvchilarga ko’rsatish orqali xosil qilinadi. Ayniqsa, katta, o’rta, maktab yoshidagilar uchun ko’rgazmalikni bu uslubi ularning fikrlashi, harakatni xis qilishi uchun qo’l keladigan vositadir.
His eta olish qobiliyati yaxshiroq shakllangan shug’ullanuvchida ko’z oldiga keltira olish, taqlid qila bilishning (avvaliga mexanik tarzda bo’lsa ham) ahamiyati katta. Bundan tashqari o’qitishda harakatlarning ketma-ketligi, o’zlashtirishni harakatni to’liq, yoki bo’laklarga ajratib o’rgatishni o’rinli qo’llash muhim. Harakat texnikasining asosiga yaqin yo’llanma beruvchi mashqlardan foydalanish, harakat texnikasini o’zlashtirishni osonlashtiradi, tarkibida aynan shu harakat elementlari yoki o’xshashlari borlarini qo’llash ta’lim jarayonining mazmunini boyitadi.
Mashqni bajarishda “o’z soyasidan foydalanish”, “harakat sathi”, chegarasini belgilash”, “taqlid qilish”, “mo’ljal olish”, “o’xshatish”, ko’rgazmalilikning samara berish aniq sanalgan uslublaridir.
Xulosa qilib shuni takidlash joyizki ta’lim (o’qitish)da ko’rgazmalilik jarayonini faollashtiradi, birlamchi malakani shakllantirish va harakatni oliy tartibda bajara olishga zamin yaratadigan asosiy omillardan sanaladi. Mashqni ko’rsatish o’zining uslubiy hususiyatlariga ega. Qator mashqlar o’qituvchini o’quvchilarga nisbatan turishiga qarab “oyna”, “yarim burilib turish”, “harakatni ijrosini izohlash (sharxlash)” va boshqa qator uslubiyatlardan foydalanishni taqazo etadi.
E’tirof etish lozimki, ko’rish tizimi orqali idrok etish uchta darajada kechadi: sezish, idrok etish va tasavvur qilish; eshitish tizimi orqali esa – faqat tasavvur qilish darajasida kechadi. (B.G.Akanayev, 1957). Inson nutq shaklida olinadigan axborotning 15% ni, ko’rish orqali esa 25 % ni eslab qoladi. Agar axborot uzatishning bu ikkala usulidan bir vaqtning o’zida foydalanilsa, u bu axborotning 65% gacha mazmunini idrok etishi mumkin (N.V.Krasnov, 1977).
Do'stlaringiz bilan baham: |