Mavzu: jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik tamoyilidan foydalanish



Download 132,81 Kb.
bet5/17
Sana09.06.2022
Hajmi132,81 Kb.
#648154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Mavzu jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik tamoyilidan foydalanish
O’qitishga ongli munosabat va unda shug’ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P.F.Lesgaft ilgari surgan jismoniy tarbiya ta’limidagi onglilik va faollilik printsipi harakat faoliyatlarini mexanik ravishda taqlid qilib bajarishni qoralagan.
Har bir bola bajarayotgai harakatlarini taxlil qilish orqali nazariy bilimlarni, harakat faoliyatlarini egallashi maqsadga muvofiq degan g’oyani ilgari surdi. U “jismoniy mashq bilan shug’ullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikning ko’rsatkichlarini oshiradi” - deb tushunish qo’pol xatolardan biri deb ta’kidladi.
Onglilik – bu insonning ob’ektiv qonuniyatlarni to’g’ri tushunish, ularni tahlil qila olish va shunga muvofiq o’z faoliyatini amalga oshirish qobiliyatidir. O’z faoliyati natijalarini oldindan ko’ra olish va aniq vazifalarni oldinga qo’yish onglilikning asosi hisoblanadi. Onglilik o’qishga tarbiyaviy xususiyat bag’ishlaydi va ko’p jihatdan shaxsning yuksak axloqiy-psixologik hamda kasbiy sifatlarining shakllanishiga yordam beradi.
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida bu printsipni qo’llash mashg’ulotning umumiy vazifalariga qiziqishni uyg’otish va fikrlashni shakllantirishga yo’l ochadi. Eng avvalo, harakat faoliyatini xayotiy-amaliyligini aniq misollar yordamida “motivlash” orqali ta’limning mavzulashtirishni amalga oshirilishi tamoyil mazmunida yetakchi yo’nalish bo’lishi lozim.
O’qitishning boshlang’ich etapidagi ongli fikrlash tor doiradagi mazmun (qomatini chiroyli qilish, kuchning ortishi)ni nazarda tutmasligi, mashg’ulotlarda hayotiy-amaliy misollar orqali shaxsni ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashdek ulug’vor vazifalarni hal qilish nazarda tutilishi lozim.
Ular asta-sekinlik bilan ixtisoslik bilimlarga tayanib amalga oshirilishini xisobga olib, shug’ullanuvchilarga maxsus ommabop adabiyotlar, qo’llanmalar tavsiya qilinishi ta’lim jarayonining samaradorligida ko’rinadi.
Nazariy bilimlarni ortishiga erishish onglilik tamoyilining o’zak maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlariga odatning shakllanishini susaytiradi, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni odatga aylanishiga to’sqinlik qiladi.
Bundan tashqari, shug’ullanuvchilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam ma’ruzalar, suhbatlar, hikoyalar eshitishlari, ta’lim muassalarining jismoniy tarbiya dasturlarini nazariy qismini o’rganishlari, metodik va hujjatli filmlar ko’rishlari, o’z-o’zini tibbiy nazorat qilish qoidalarini bilishlari, “aktiv, passiv dam”, “bajara olish”, “harakat malakasi”, “oliy harakat tartibi”, “malakaning ijobiy va salbiy ko’chishi” atamalari mohiyatini bilishining ahamiyati muhim.
O’zlashtirilishi, mustaxkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo’lgan, harakat faoliyatini nima uchun aynan o’qituvchi yoki murabbiy ko’rsatganidek bajarish shart ekanligi o’quvchi ongiga yetkazilishidek ta’lim qoidasi, kerak bo’lsa majburiyati ushbu tamoyilning yetakchi talabidir.
Mashqlangan barmoqlar (voleybolchi, basketbolchiniki) turmushda nozik harakatlarni talab qiladigan kasblarni egallashda (soatsoz, zargar va boshqalar) qo’l kelishi shug’ullanuvchining ongiga yetkazilishi ta’lim jarayoniga, uning mashg’ulotlariga ongli munosabatni shakllantirishdan tashqari, shug’ullanuvchilarning faolligini orttiradi.
Mashq, harakat texnikasini egallash, oz energiya sarflab samarali harakat qilish, uni bajarish orqali organizmda sodir bo’ladigan turli hil o’zgarishlarni tushunish, topshiriqqa nisbatan onglilik va faollikni oshiradi.
O’qituvchilarning ko’tarinki kayfiyati, yuzidagi tabassumi, kiyimlarning yarashganligi va ixchamligi, harakatlarni xavas qiladigan darajada maroqli, ravon ketma-ketlikda bajarishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi ritmiga moslab, to’rtliklar tarzida baravariga aytiladigan aytishuvlarning kiritilishi ta’lim jarayonidagi vazifalarni ijobiy hal qilishga qiziqishni kuchaytiradi, fikrlashini shakllantiradi.
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdan foydalanish ta’limning printspial mexanizmlaridan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ihtiyoriy xarakat”ning mohiyatiga yetib, uning bajarilishi texnikasining asosi, zvenolari, detallarini nazorat qila olishning ahamiyati ta’lim jarayonida o’z samarasini berishi ilmiy-amaliy isbotlangan.
Abelskiyning tajribasi bo’yicha shug’ullunuvchilarni sakrash texnikasiga o’rgatish uchun 120-150 urinish qilish tavsiya qilingan. Urinishlar tugallangandan so’ng, shug’ullanuvchilar bilan shu harakatning tuzilishi, bajarish texnikasi haqidagi suhbatlar, (baxslar) o’ta qoniqarsiz o’tgan. Chunki, jismoniy harakatlarga oid bunday baxs va munozaralar hamma uchun bir hil qiziqish uyg’otmagan.
Navbatdagi guruhga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi, hayotiy-amaliy ahamiyati haqida yetarli darajadagi nazariy tayyorgarlikdan so’ng mashqni bajarish tavsiya qilinganda, shug’ullanuvchilar 2-3 urinishdan keyin mashq texnikasini osongina o’zlashtirib olganliklari kuzatilgan.
Amaliyotda yuqori malakali sprotchilar mashqni sport texnikasi avtomatlashgan darajada, ya’ni harakatni oliy maqomda bajarishni maqsad qilib qo’yadilar. Mexanik ravishda tushunmay, ko’r-ko’rona, taqlid tarzida mashq qilishning samarasizligi, surunkali mashq qilish jarayonida me’yoridan ortiq energiya sarflashga, shug’ullanuvchida shu harakatga nisbatan sovish, toqatsizlikni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ongli tahlil - o’zi bajargan harakatini baholashga o’rgatadi, ta’lim jarayoni cho’zilib ketishining oldini oladi.
Ongli analiz davomida mashq texnikasining tahlili bilangina chegaralanmay, uni biomexanik, matematik xisoblash, bioritmik va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan holda, shug’ullanuvchining anatomiya, sport fiziologiyasi, bioximiya sohalaridagi bilimlarga tayaniladi.
Mashqni bajarishdan oldin uning tuzilishi, qanday bajarilishini shug’ullanuvchi fikran ko’z oldiga keltira olishi («ideomotor trenirovka») lozim. Qayd qilingan trenirovka onglilik printsipining asosiy vositalaridan biridir.
Faollik – bu inson tomonidan namoyon qilinadigan faoliyat o’lchovi yoki kattaligi, uning ishga kirishish darajasidir. Faollik o’rgatish nuqtai nazaridan bilimlar, ko’nikma va malakalarni ongli o’zlashtirish shart- sharoitlari va natijasi sifatida qatnashadi.
Faollik mashg’ulotlarda shug’ullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, ular faoliyatini “frontal”, “guruhli”, tashkillash orqali, asosiy jihozlar yoniga qo’shimcha sport anjomlari qo’yib, kuchiga yarasha bo’lmagan mashqlarni bir-ikki haftalik tayyorgarlik va trenirovkadan so’ng bajara boshlashsalar, mashqni mustaqil bajarishga urinish o’z-o’zidan jonlanadi, aktivlik ortadi.
Ta’lim jarayonida o’yin va musobaqa (“Jismoniy tarbiyaning uslublari” mavzusiga qaralsin) metodlarining qo’llanishi, sport maydoni, mashg’ulot o’tkaziladigan joylarning badiiy jihozlanishi, gigienik orastaligi, ta’lim jarayonida shug’ullanuvchilarda tashabbus (initsiativa)ni, harakat vazifani hal qilish uchun javobgarlik hissini o’z bo’yniga olish, mas’uliyatni xis etish va o’zlashtirish jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.
Ushbu tamoyildan quyidagi talablar kelib chiqadi:

  1. Mashg’ulot maqsadi va vazifalarini qo’yish hamda ularning shug’ullanuvchilar tomonidan anglanishi.

  2. Pedagogik jarayonda harakatlarni ongli tarzda o’rganish va egallash.

  3. Egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llash usullari hamda imkoniyatlarini anglash.

  4. Jismoniy kamol topish jarayoniga tashabbuskorlik, mustaqillik hamda ijodiy faollik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash.




Download 132,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish