Mavzu: Inson harakat dimamikasini o`rganish va uni statistic taxlil qilish, biomexanik signallar.
Ishning maqsadi: talabalarga biomexanik signallar haqida tushuncha berish hamda inson harakat dinamikasini statistik taxlil qilish.
Nazariy qism:
Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ta’lim dasturi doirasida bajarilayotgan ‘TechReh (Technology in rehabilitation): O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari va tibbiyot markazlari salohiyatini reabilitatsiyaning innovatsion usullari ehtiyojlariga mos ravishda oshirish’ loyihasi Oliy ta’lim salohiyatini oshirish loyihalari oilasiga mansub bo’lib, 2015-2018 yillarda amalga oshirilishi mo’ljallangan. TechReh loyihasi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning 6 muassasasi: Sannio universitei (Italiya), Pyer va Mariya Kyuri universiteti (Fransiya), Plovdiv tibbiyot universiteti (Bolgariya), Yevropa jismoniy va reabilitatsiya tibbiyoti jamiyati, Vilnyus tibbiyot universiteti (Litva), PLUX - simsiz biosignallar tibbiy ishlab chiqarish korxonasi (Portugaliya), shuningdek O’zbekistonning 6 muassasasi: Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va uning Nukus filiali, Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va uning Qarshi filiali, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi va Respublika fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy markazini o’z atofiga birlashtirdi. Loyihaning asosiy maqsadi O’zbekistonda meditsina reabilitatsiyasi sohasida innovatsion metodlari ehtiyojlariga muvofiq holda tibbiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari salohiyatini oshirish hisoblanadi. Shuningdek, loyihadan quyidagi natijalar kutiladi: Tibbiy xodimlar va shifokorlarni innovatsion metodologiyalar asosida tayyorlash bo’yicha o’quv dasturlarini yaratish va amaliyotga joriy etish; Hamkor mamlakatlar tajribasini o’rgangan holda, “Tibbiyotda kompyuter texnologiyalari” nomli magistratura mutaxassisligi o’quv dasturini yaratib, yangi mutaxassilik ochish taklifini tayyorlash; Reabilitatsiya sohasida fan, ta’lim va innovatsiya integratsiyasini yoyish, doimiy muloqotni o’rnatish uchun veb-platforma orqali bajariladigan boshqaruv tizimini yaratish. Shuningdek, bir nechta magistrlik modullarini elektron ta’lim metodlari yoki internetning maxsus xizmatlari (forum, chat, ma’lumotlar bazasi va haakozo) orqali amalga oshirish; O’zbekistonning har bir hamkor universitetida ilmiy tadqiqotlarni yuritishda va tibbiy reabilitatsiyada texnologiyalardan foydalanishda asosiy rol o’ynovchi laboratoriya va doimiy ofis tashkil etish. Har biri 40 ming yevro qiymatga teng bo’lgan laboratoriyalarning 4 ta oliygohda (Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va uning Qarshi filiali, Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va uning Nukus filiali) tashkil etilishi mazkur loyihaning ahamiyatini yanada oshirdi. Hozirda ushbu laboratoriyalardan ilmiy va o’quv jarayonlarida foydalanila boshlandi. Ilmiy laboratoriyaning asosiy vazifalari quyidagilar: Ilmiy laboratoriya “Inson xarakat a’zolari texnik reabilitatsiyasi” muammolari va yechimlari masalalari yo’nalishi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi; Ilmiy-tadqiqot olib borish bilan bir qatorda Qashqadaryo viloyatida tibbiy reabilitatsiya va jismoniy sport sohasida tibbiy ko’riklardan o’tkazish bilan shug’ullanadigan muassasalar bilan yaqindan xamkorlikda ishlarni amalga oshirish; “Bolalar serabral falaji” kasalligini reabilitatsiyasi bo’yicha maxsus tibbiy muassasasalar bilan xamkorlikda ishlarni yo’lga qo’yish; Laboratoriyani texnik imkoniyatlaridan foydalangan xolda sportchilarimizni kinematik va dinamik ko’rstakichlarini kompyuterli taxlilini olib borish va kelajakda rivojlanish dinamikasini o’rganish maqsadida ularni ma’lumotlar bazasida saqlash bo’yicha ishlarni yo’lga qo’yish. Laboratoriyada tadqiqotlar o’tkazish uchun maxsus apparat va dasturiy vositalarga quyidagilar kiradi:
Biosignallarni tibbiyot sohasida keng foydalaniladigan turlariga elektromiografiya (EMG) misol bo’la oladi. So’ngi bir necha o’n yillar mobaynida muhandislik tamoyillari va asbob-uskunalarini ushbu mavzuga tadbiq etish zamonaviy dunyoning zamonaviy texnika va ilmiy yutuqlariga olib boradigan muhim ahamiyatga ega yo’l ekanligini isbotladi. Bugungi kunda ushbu mavzu global mavzuga aylanib bormoqda. Biosignallarni zamonaviy usullarni qo’llagan xolda insonning ish faoliyatini monitoring qilish va xulosa qiluvchi mexanik muhandislik qurilmalarini tadqiq qilish orqali bu mavzuni rivojlantirishimiz mumkin bo’ladi. Ammo shunga qaramay, biosignallarni qayta ishlash, eksperimental faoliyat o’tkazish apparat va dasturiy muhit tomonidan bir qancha qiyinchiliklarga olib kelmoqda [1]. Shuning uchun xam bizga biosignallarni qayta ishlash va ularni xayotga tadbiq etadigan innovatsion dasturiy va apparat komplekslarni o’rganish, shu bilan birga ular orqali ilmiy tadqiqotlar va ilmiy tajribalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratib beradi. BITalino qurilmasi foydalanish uchun qulay va ixcham bo’lib, uning yordamida biosignallarni o’rganish orqali tibbiyotning nevrologiya, psixologiya, kardiologiya kabi soxalarda tashhis imkoniyatlarini oshirish va masofaviy (teletibbiyot) tibbiyotni rivojlantirish vazifalarini bajarishi mumkin bo’ladi. Tadqiq etilayotgan qurilmani asosan quyidagi uchta rakursda
ko’rib chiqamiz:
Asbob-uskunalar. Umuman olganda, ushbu qurilma biosignalni qayta ishlovchi xam nisbatan arzon va biosignal xususiyatlarining barchasini o’lchash imkonini beruvchi kompakt to’plamdan iborat.
Qabul qilish. Aksariyat arzon vositalar faqatgina signalni yuqori darajada
kirishini ta‟minlash maqsadida ularning imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi
(masalan mushak signallari – EMG faqat shu signalni qo’llab-quvvatlaydi). Ushbu
qurilmaga bir qancha turdagi kiruvchi va chiquvchi signal turlarini bir joyga
(kompakt) jamlash va bir vaqtning o’zida ishlov berish kabi xususiyatni amalga
oshirish imkoniyati mavjud. Odatda eksperiment o’tkazish qiziqarli bo’lishi uchun
bir qancha dasturiy va apparat bloklar yordamida tajribalar o’tkaziladi.
Qayta ishlash. Biosignallarning ma‟lumotlarini tahlil qilish va o’rganishda,
odatda, filtratsiya, to’lqin xarakteristikalarini aniqlash, xususiyatni ajratish kabi
xodisalarni o’z ichiga oladi. Asosiy qurilish bloklari Matlab va Labview kabi ilmiy
hisob-kitob vositalari mavjud bo’lsa-da, ammo algoritmlar va funksiyalarni
biosignallarga bog’lash bilan bartaraf etish uchun tuzilgan usullar to’plamini
tuzishda, xamda bu sohada ishlashni alohida (personal) ta‟minlab berishga xizmat qiladi.
BITalino yuqoridagi aytib o’tilgan muommolarni bartaraf etish uchun
mo’ljallangan bo’lib, biosignallarni aniqlovchi (BITalino), dasturiy ta‟minot va
amaliy dasturlar interfeysi (API), signallarni vizuallashtirish (OpenSignals) va
multimodal biosintez ishlov berish (BioSPPy) kabi qismlardan iborat bo’ladi.