Mavzu. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining asosiy atama va tushunchalari. Reja



Download 36,9 Kb.
bet5/7
Sana05.12.2022
Hajmi36,9 Kb.
#879686
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi

1.2. Jismoniy tarbiya vositalari


Jismoniy mashqlar. Gigiyenik omillar. Tabiatni sog’lomlashtiruvchi kuchlari: quyosh, havo, suv, yer.
Jismoniy mashqlar. "Jismoniy mashq" tushunchasi insonning harakat faoliyati va harakatlar to’g’risidagi tasavvurlar bilan bog’langan.
Harakat organizmning motor vazifasi sifati, tana yoki uning qismlari holatining o’zgarishidir. Jismoniy tarbiya uchun tug’ma emas, balki erkin harakat muhim axamiyatga ega. Shuning uchun kelgusida so’z faqat insonning tuyg’ulariga buysundirilgan harakatlar to’grisida boradi. Har bir erkin harakat uchta belgi bilan tavsiflanadi:
1. U har doim ongli harakat bo’ladi.
2. U hayot faoliyati natijasida, o’kitish jarayoni xam qo’shilib, insonga o’z ta’sirini o’tkazadi.
3. Mashqlarni bajarish ularni o’quvchining irodasiga bo’ysundirish darajasini oshiradi.
Erkinlik bilan bajarilgan harakat har doim xam ongli bo’lgan. U shaxs sifatidagi insonga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ayrim harakatlar ta’sirini harakatlantiruvchi unsuridir. U o’zaro bog’langan harakatlar vositasi bilan amalga oshiriladi. Masalan, oyok, qo’l, gavda, bosh harakatlarining muayyan tizimi o’quvchiga sakrash ko’rinishidagi harakatni bajarishga imqon beradi. Aniq vazifani hal etishni ta’qib qiluvchi harakat va shu asosda muayyan tizimda birlashgan harakatlantiruvchi harakatni tashkil etadi.
Erkin harakatni harakat faoliyatini amalga oshirishning aniq usuli sifatida qarab chiqish mumkin. Masalan, jismoniy tarbiya darslarida o’quvchining faoliyati davlat dasturida nazarda tutilgan xarakatlar tizimini egallash bilan shakllanadi.
Harakat ijtimoiy xarakterga ega, chunki o’quvchi jamiyatning tajribasi, bilimiga tayanib, talab asosida ularni o’rganadi. Bundan tashqari, harakat muayyan pedagogik vazifalarni yechishga qaratilgan. Masalan, 6-sinf o’quvchisi kichik koptokni uloqtirish, yugurib kelib balandlikka va uzunlikka sakrashlarni, qisqa masofaga yugurishni o’zlashtirib, o’zini yengil atletika bo’limi bo’yicha "Alpomish" va "Barchinoy" majmuasi talablariga tayyorlaydi.
Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya qonuniyatlariga muvofiq ravishda foydalaniladigan siljish harakatlari insonni jismoniy tarbiyalashning o’ziga xos vositasidir. Har qanday harakatni jismoniy mashq deb atash mumkin emas. Faqat jismoniy tarbiya vazifalarini yechishga qaratilgan va uning qonunlariga bo’ysungan harakatlar jismoniy mashqlarni tashkil etadi.
"Jismoniy" so’zi arab tilidan olingan bo’lib "jism" ya’ni «tan, tana, vujud» degan ma’nolarni anglatadi. Xaqiqatan ham, jismoniy mashq - bu iroda aktidir, u ong vazifalaridan iborat bo’lib, umuman insonga ta’sir ko’rsatadi.
"Mashq" so’zi insonning jismoniy va ruhiy xususiyatlariga ta’sir o’tkazish maqsadi bilan harakatlarni takrorlashga yo’naltirilganligi va bu harakatni bajarish usullarining mukammallashtirilishini bildiradi.
4. Jismoniy mashqlar optimal nisbatda insonning barcha a’zolari va tizimlarining rivojlanishi uchun imqon iyat yaratadi. Mehnat harakati insonning jismoniy mukammallashuviga har tomonlama ta’sir ko’rsatishga qodir emas.
Xavo, quyosh nuri, suv, yer jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi.hayotiy sharoit, muxit insonni turli sharoitda moddiy neomat yaratish, yashashga majbur qiladi. Bunga ko’nikish, unga tayyor bo’lish muxim axamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning inoomi havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustaxkamlashning asosiy vositasidir.
Jismoniy tarbiya jarayoni ochiq xavoda, quyosh nuri ostida, suv va boshqalardan foydalanib jismoiy mashqlar bajarish samara beradi. Cho’milish, oftobda toblanish,havoning issiq-sovug’i jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha taosir ko’rsatadi. Mashg’ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanishning muxim axamiyat kasb etadi.
Ishni shunday tashkillash lozimki, jonajon Respublika-mizning geografik, iqlimiy va ekologikholatinihisobga olib barcha viloyat vahududlarda tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish muammosihal qilinishi lozim. Masalan, quyosh nuridan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00 gacha aloxida, 16.00-17.30 gacha yoshi, jinsi va boshqa individual xususiyatlarinihisobga olinmasdan toblansa uning taosiri turlicha bo’ladi. Jismoniy mashqlarning meoyori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini eotibordan chetda qoldirish tabiat-ni sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy nati-jalarga olib kelishni unutmasligimiz lozim.
Shug’ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari va ulardan tizimli foydalanish,havoning o’zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, keskin o’zgarishlarga tez moslashshishi individning yoshligidan yo’lga qo’yishni samarasi katta.har tomonlama chiniqtirish tabiat omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo’shib olib borilishi tashqi muxitning salbiy taosirlariga organizmning qarshilik ko’rsata olish qobiliyatini yanada oshiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi “ko’chuvchan” bo’ladi, yaoni u insonning boshqa faoliyati (asosan, mexnat,harbiy xizmat)da namoyon bo’ladi va jismoniy tarbiyaninghayotiy-amaliyligini oshiradi. Qolaversa, ruxiy-irodaviyhislatlariniham kuchaytiradi. Ayniqsa, chayqalish, tebranish, meoyorsiz nagruzkaga chidash, vaznsizlik holatiga tez moslashishdek vazifalar oson hal bo’ladi.
Zamonaviy jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lgan jismoniy tarbiyaning o’ziga xos vositalari mavjud bo’lib, ularning yordamida shaxs jismoniy tarbiyasi amalga oshiriladi. Uning asosiy vositasini jismoniy harakat amali (ko’pincha jismoniy mashq deb yuritamiz) tashkil etadi. Ammo jismoniy tarbiya jarayonlarining inson jismoniy rivoji va tayorgarligini samarali oshirishda, jismoniy tarbiyaning vositalari: jismoniy mashq, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillarga bevosita bog’liqligi, jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati darsliklarida: L.P.Matveyev-1991, R.S.Salomov-2015, A.Abdulloyev, Sh.X.Xonkeldiyev-2001, Yunusova.Yu.M-2006 va boshqalarda ilmiy asoslab berilgan.
Ilmiy texnika taraqiyot ildamlab bormoqda. Ko’pgina ilmiy asoslangan qarashlarning yangicha ma’lumotlar bilan boyitilishi, har bir fanda mavjudligini o’rganish va unga tegishli yangiliklarni kiritish, har qanday fanning dolzarb muammolaridan biridir. Bu borada jismoniy tarbiya vositaloridan biri bo’lgan, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari ham bunday muammodan xoli emas.
Jismoniy tarbiya vositalaridan biri tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari qatorida“Yer”ning o’rni va xamiyatini chuqurroq o’rganishga qaratilgan (X.T.Rafiyev,J.Q.Axmedov. 2020y). 
Ilmiy izlanishlar asosan jismoniy madaniyat nazariyasiga doir darsliklar o’rganilib tahlil qilindi. Bundan tashqari, mavjud jismoniy tarbiya vositalarining jismoniy madaniyat jarayonlarida qo’llanilishini o’rganish bilan, undagi zaxira bor yo’qligi ustida ham ilmiy izlanishlar olib borildi.
Odamlarning sog’lomlashtiruvchi tabiiy omillaridan biri bo’lgan “Yer”ning, saraton quyoshi issig’idan, qizigan tuproqlarini yig’ib oyoqlarini, tanalarini ko’mishlari, xuddi shunday holni qumlar bilan bajarilishi, tuzli ko’llardagi loylarda ko’milishlar va x.k.larni kuzatdik. Bunday joylar o’zbekiston xududida juda ham ko’p.
Jumladan: issiq qumdan foydalanish, issiqlik bilan davolanish usullaridan biri xisoblanib, tibbiyotda “psammoterapiya” deb ataladi-deydi psammoterapiya shifokori Shoira Xudoyberganova. Tibbiyotda inson tanasi va a’zolarini chiniqtirish va sog’lomlashtirishda qum, tuproq vannalarini qo’llash eng samarali usullardan biri deya tan olingan. Abu Ali ibn Sino ham o’zining “Tib qonunlari” kitobida: “Agar qumning xususiyatlaridan oqilona foydalanilsa insonda modda almashinuvi yaxshilanib, u kuchli va bardam bo’ladi. Badandagi ortiqcha yog’lar eriydi. Surunkali sovuqlik va bosh og’rig’i bartaraf bo’lib, miya faoliyati mustaxkamlanadi” deb yozib qoldirgan. Yoki sobiq bir bemorning: “Ayni chilla paytini qum bilan davolanishi uchun qulay fursat, deyishadi. “Saratonda qumga ko’milib, butun dardlarimdan forig’ bo’ldim” yoki “Oyoq og’rig’idan qutuldim”, “Boladagi enurez kasalligiga qumli muolajalar davo ekan” kabi gap-so’zlarga hyech kim bee’tibor bo’lmasa kerak.
Ayniqsa, bemor kishi qanday yo’l bilan bo’lmasin, dardiga shifo izlaydi. Bir necha yuz kilometrli masofani bosib o’tib, ushbu muolajadan doimiy foydalanadiganlar talaygina. Aksincha bu davolash usuli qaysi kasalliklarda samarali foyda berishi haqida biladiganlar ko’p emas.
Qum bilan davolash qadimdan mavjud bo’lib, bugungi kunda butun dunyoda keng qamrovda rivojlanmoqda. Shu jumladan, yurtimizda ham o’nlab qumli muolajali sihatgohlar, maskanlar mavjud. Bunday maskanlarni deyarli barcha viloyatlarda uchratish mumkin. Ulardan eng mashhurlari Xorazm, Buxoro va Farg’ona viloyatlarida joylashgan.
Jismoniy tarbiya vositalaridan biri bo’lgan tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari hisoblangan “quyosh”, “havo”, “suv”larning qatoriga “Yer”ni ham qo’shsa bo’lar ekan “Yer” o’z navbatida o’zining tarkibidagi (bag’ridagi) “tuproq”, “qum”, “loy”, “tuz”lari bilan insonlarni sog’lomlashtiruvchi omil sifatida juda qadimdan ma’lum bo’lgan.
O’zbekiston iqlim sharoitlaridagi tabiiy sog’lomlashtirish kuchlari ilmiy kuzatishlar orqali o’rganilganda, jismoniy tarbiya vositalarining tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari “quyosh”, “havo”, “suv” qatorida “yer”ni ham o’zining unsurlari: “tuproq”, “qum”, “loy”, “tuz”lar bilan joy olgani maqsadga muvofiq;

Download 36,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish