Mavzu. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining asosiy atama va tushunchalari. Reja


Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi qa’tiyati



Download 36,9 Kb.
bet7/7
Sana05.12.2022
Hajmi36,9 Kb.
#879686
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi

Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi qa’tiyati
Bu qa’tiyat kishilarni harakat faoliyatiga yoki mehnatga tayyorlashda jismoniy tarbiya jarayoning asosiy qonuniyatini va uning xizmat funksiyasini ifodalaydi. Barcha tizimlarda bu qonuniyat o’zining maxsus ifodasini topadi. Ayrim olimlar guruhi jismoniy tarbiya va sportning xizmat funksiyasiga hozirgi davr turmushidagi,hayotidagi zichlikni, taranglikni yumshatishdan iborat deb qaraydilar. Ular hozirgi zamon ishlab chiqarishi mexaniqasi, avtomatikasi, industriyasi vujudga keltirgan psixik va jismoniy muvozanatni saqlash uchun sportni asosiy vosita qilib olmoqchilar.
Jismoniy tarbiya va sport jismoniy tarbiya jarayonida hayot uchun kerak bo’lgan harakat malakalarini tarbiyalash va rivojlantirishdagina hayotiy ahamiyat kasb etish bilan cheklanmay ijtimoiy hayotda ham foydalanadilar. Aslida esa u yoki bu jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish orqali hosil qilingan malaka to’g’ridan-to’g’ri mehnat faoliyati jarayoniga ko’chsagina, u hayotiydir.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi mehnatga va mudofaaga to’g’ridan-to’g’ri yo’naltirilsagina, unda tarbiya orqali egallangan malaka va ko’nikmalar zaxirasi ko’p bo’lsa, kishi notanish sharoitga  ishlab chiqarishdami, armiyadami qisqa vaqt ichida tez moslashadi va lozim bo’lgan mehnat faoliyati harakat texnikasini tez egallaydi.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish qa’tiyati
Ma’lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har tomonlama rivojlangan bo’lishi lozim, chunki, kishilar ruxiy, ma’naviy va jismoniy sifatlarni o’zida mujassamlashtirgan holda tug’ilmaydilar.
Bu sifatlarni kamol topishi, o’sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bog’liq. Jismoniy tarbiya esa tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muximlaridan biridir.
Ijtimoiy muxit har tomonlama garmonik rivojlanishni,har doim va har yerda inson organlari va sistemalarining biologik rivojlanishining ichki talabi tarzida qo’yadi.
Shuning uchun ham inson tarbiyasida qo’llaniladigan tarbiyaning har qanday shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz bog’langandir. Busiz har tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan bog’liqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy-ilmiy fanlarning ochiq munozarasi, fandagi o’sha eski baxs hozir ham davom ettirishga urinuvchilar mavjud, ular odam tanasining tashqi ko’rinishi va uning funksiyasiga tashqi ta’sir bilan o’zgartirish kiritish mumkin emas deb tarbiyaning rolini hozir ham inkor etadilar.
Jismoniy tarbiya jarayoni qonuniyatlaridagina har tomonlama jismonan garmonik rivojlanishini yo’lga qo’ya olishni mumkunligi ilmiy asoslangan.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish qa’tiyatning jismoniy tarbiya mutaxassisiga qo’yadigan asosiy talablari:
1. Tarbiyaning turli tomonlarining bir butunligiga erishish. Jismoniy tarbiya orqali erishilgan yuqori natijaning o’zi shaxsnihar tomonlama rivojlanagnligini belgilaydi, deb bo’lmaydi. Jismoniy sifatlarga qo’shib aqliy, axloqiy, ruxiy, estetik, va ma’naviy sifatlarham qo’shib tarbiyalansa, shaxs shundagina ijodiy mehnat va Vatan mudofaasiga tayyor bo’ladi. Bu talab o’z navbatida jamiyatimiz a’zolarininghal qiluvchi vaqtda, mehnat vaqtidami, mudofadami, qonuniy demokratik davlatni barpo etishdek sharafli ishlarning barchasida oldinda bo’ladilar.
2. Keng va umumiy jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lish. Jamiyat a’zolarining barcha faoliyatlari ma’lum ma’nodagi kasbga,hunarga yo’naltirilgan bo’lishi, bunga ayniqsa mehnat vaharbiy faoliyat davomida duch kelamizhar qanday faoliyatdagi yutuq jismoniy tayyorgarlikka bog’liq. Jismoniy tayyorgarlikni yo’lga qo’yish uchun olib borilgan rejali faoliyat har tomonlama garmonik rivojlantirishning omilidir.
Download 36,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish