Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish shakllari. REJA: -Darsning o’ziga xos belgilari va unga qo’yiladigan umumiy talablar. -Darsning mazmuni va uning tuzilishi va Darsning vazifalarini aniqlash. -Jismoniy tarbiya darsining xillari. Jismoniy tarbiya darslari o’z mazmuni va tashkil etilishiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ular zalda, maydonchada, vestibyulda o’tkaziladi, bunday joylarda bolalar harakati kamroq cheklangan bo’ladi, bu esa bolalami uyushtirish va dars o’tkazish uchun alohida sharoit yaratadi. Bolalar jismoniy tarbiya darslarida odatdagi maktab kiyimida emas, baiki maxsus sport kiyimlarida shug’ullanadilar, boshqacha harorat sharoitida bo’ladilar. Dars paytida ular mashq bajarish uchun qayta-qayta o’z joylarini o’zgartirib turishlariga va bir-birlari bilan xilma-xil o’zaro hamkorlik qilishlariga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, o’quvchilar sinfga to’la bog’liq ravishda harakat qilishga majbur bolib qolganlarida o’qituvchi zudlik bilan darsdagi sharoitni atayin o’zgartirishi mumkin. Jismoniy tarbiya darslari o’quvchilar organizmiga ta’sir etuvchi juda rang-barang harakat sezgilarining ko’pligi bilan farqlanadi. Jismoniy tarbiya darslari bilan bog’liq bo’lgan eng muhim masalalardan biri uni qanday tuzish masalasidir. Dars tuzilishi deganda alohida darsni tuzishda foydalaniladigan taxminiy mo’ljalli reja tushuniladi. Dars tuzilishi o’qituvchiga mashqlami oqilona tanlash, materialni to’g’ri joylashtirish va darsdagi yuklamani aniqlashga yordam beradi. Dars tuzilishi dastur materiallarini izchil o’rganish asosida belgilangan vazifalarga bog’liq. Maktab amaliy ish faoliyatida quyidagi dars xillari mavjud: 1. Kirish darslari. 2. Yangi o’quv materiali bilan tanishish darsi. 3. O’tilgan darslami takomillashtirish darslari. 4. Aralash darslar. 5. Nazorat darslari. Talim vazifalarini ifodalashda, albatta, quyidagilar e’tiborga olinadi: a) o’rgatishda texnikaning negizi b) o’rgatilayotgan harakat faoliyatidagi texnikaning asosiy bo’lagi yoki detallari; v) shug’ullanuvchilar oldiga qo’yiladigan jismoniy va psixik talablar darajasi. 0 ’rgatish vazifalari: 1. Mashg’ulot mazmuniga oid mashq bilan tanishtirish. 2. Mustahkamlash va nazorat, sinovlami qabul qilish va boshqalar. Masalan: - oldinga o’mbaloq oshishda o’z-o’zini himoya qilishni o’rgatish; - uch harakat usulida tirmashib chiqishni takrorlash; - tumikda tortilish bo’yicha o’quv talablarini qabul qilish; - yugurib kelib granata uloqtirishga o’rgatish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Abdullaev A., Xonkeldiev SH. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi Toshkent., O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti, 2005 yil. 2. Livisskiy A.N Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi Toshkent: 1995 yil. 3. Salomov R.S. Sport mashg‘ulotning nazariy asoslari – Toshkent., O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti, 2005 yil. 4. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish Toshkent., O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti 2005 yil. 5. Maxkamdjonov K.M., Tulenova X.B. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi – Toshkent TDPU, 2001-2002 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |