MAVZU: JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH UCHUN MAXSUS MASHQLAR. REJA: Kuch va uni tarbiyalashning uslub hamda vositalari . Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin: Kuchni rivojlantirish metodlari.
JISMONIY (HARAKAT) SIFATLAR
Tarixan mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baho berilgan. Insonning organizmida turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana bo‘ginlari harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jis-moniy sifatlar deb atash qabul qilingan. Inson organiz-mining shu sifatlarini qanday namoyon qila olishiga qarab individga kuchli, chaqqon, tezkor va h.k. deb baho berganlar. Bu sifatlar o‘lchovga ega, uning ko‘rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari deb ataladi va ko‘rsatkichlar orqali individning ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorligi aniqlanadi.
“Jismoniy sifatlar” va “jismoniy tayyorgarlik” atamalari maxsus adabiyotlarda qismlarga bo`lib ko`rsatilgan. Bular insonning harakat imkoniyatlariga xos ayrim jihatlarni aniqlaydi. Jismoniy sifatlar dinamikasiga tatbiqan “rivojlanish” va “tarbiya” atamalari qo`llaniladi. “Rivojlanish” atamasi sifatning sog`lomlashtiruvchi o`zgarishlarini tavsiflaydi. “Tarbiya” esa harakatlantiruvchi sifat ko`rsatkichlarining o`sishiga ta’sir o`tkazishning faolligi va yo`naltirilganligini nazarda tutadi.
Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo`naltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa harakat yo`nalishi bo`yicha ta’sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o`quvchilar uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko`zda tutilgan.
Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og`irlikdagi shtangani ko`tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig`ida 1000 m masofani yugurib o`ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo`yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba’zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o`z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |