Mavzu: jamiyat falsafasi va inson borligi


Ong falsafasi. Ong strukturasi va funksiyalari



Download 68,99 Kb.
bet9/12
Sana18.02.2022
Hajmi68,99 Kb.
#456657
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jamiyat falsafasi va inson borligi Ma’ruza rejasi

5. Ong falsafasi. Ong strukturasi va funksiyalari.
Inson borlig‘i tabiiy rivojlanishning butunlay yangi, yuqoriroq bosqichi ham tegishli va uning tabiiy-jismoniy, biologik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, jonli organizmlarning mavjudlik qonunlari va tamoyillari his etuvchi mavjudot sanalgan insonga nisbatan ham to‘la tatbiq etiladi. Ammo bundan tashqari insonni qolgan barcha jonli narsalardan farqlash imkonini beradigan, unda hyech shubhasiz mavjud bo‘lgan, lekin sinchiklab qaraganda ko‘rinmaydigan, aniq tavsif berishning iloji bo‘lmagan nimadir mavjud. Insonning ichki dunyosini aks ettiruvchi bu «nimadir» turli davrlarda turli mutafakkirlar tomonidan jon, ruhiyat, ong, tafakkur, ideal va hokazolar deb atalgan.
Ong inson borlig‘ining eng muhim omilidir.Ong muammosini yechishga nisbatan yangicha yondashuvlar hozirgi zamon falsafasining irratsionalistik oqimlariga (lot. Irra Ongning tabiati.) mansub. Ong muammosi o‘ta murakkab muammolardan biri bo‘lib, falsafada doim qizg‘in bahs va munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Bu bahs va munozaralar hozir ham tugagani yo‘q.
Ongning tabiati shunday: u hissiy idrok etiladigan ob'ektiv borliqni tushunish va aks ettirish uchun biz yuqorida foydalangan aksariyat ko‘rsatkichlar va tavsiflarga mos kelmaydi. Ongni o‘lchash, biron-bir tarzda miqdoriy ifodalash, sezish yoki kuzatish mumkin emas, zero uning massasi ham, energiyasi ham yo‘q, shuningdek u moddiy ob'ektlar kabi muayyan shakl-shamoyilga ham ega emas.
Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u mavhum bo‘lib, balki bilvosita – odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. Binobarin, inson borlig‘ining bu elementlarini tahlil qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash mumkin emas. Mazkur tahlil ongning biologik jihatini ham o‘z ichiga oladi, zero uning mavjudligi inson bosh miyasi faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda ham o‘rganiladi.
Ayni vaqtda mazkur muammo o‘ta murakkabligi tufayli uning falsafiy talqini ayrim fanlar uchun muhim metodologik rol o‘ynaydi. Ularning natijalari esa, o‘z navbatida, ongning tabiati xususidagi falsafiy mulohazalar uchun asos bo‘ladi. Ongning tabiati masalasining qo‘yilishi va unga berilgan tegishli javob, odatda, barcha keyingi falsafiy, chunonchi: ontologik, gnoseologik, ijtimoiy va boshqa mavzulardagi mulohazalarning yo‘nalishini belgilaydi.
Ongsizlik. Ong insonning ichki dunyosi sifatida o‘z strukturasiga ega. Uni o‘rganishdan oldin quyidagi holatga e'tiborni qaratish lozim. Ba'zan «ong» tushunchasi «inson ruhiyati» tushunchasi bilan ayniylashtiriladi. Bu noto‘g‘ri. Ruhiyat – ongga qaraganda murakkabroq tuzilma bo‘lib, u aks ettirishning ikki sohasi – ong va ongsizlikni o‘z ichiga oladi.
Olimlar insonda onglilik va ongsizlikning o‘zaro nisbati to‘g‘risida so‘z yuritar ekanlar, ba'zan ularni okeandagi muztoqqa o‘xshatadilar. Bu muztog‘ning suv ustidagi ko‘zga ko‘rinadigan qismi ongga qiyoslanadi, suv ostidagi ko‘rinmaydigan qismi esa ongsizlikka o‘xshatiladiki, uning miqyosi, shakli, tuzilishi va mazmuni haqida biz bilvosita belgilarga ko‘ra faqat taxmin qilishimiz mumkin. Ongsizlik sohasi – bu aqldan tashqaridagi ruhiy hodisalar, holatlar va harakatlar majmui, deb hisoblash odat tusini olgan. Bu sohaga, eng avvalo, instinktlar – inson xulq-atvorining uzoq tadrijiy rivojlanish jarayonida hosil bo‘ladigan va har bir mavjudotning hayot funksiyalarini, umuman uning mavjudligini ta'minlashga qaratilgan tug‘ma harakatlari majmui kiritiladi. Ongsizlikni (ong osti) tushunish yanada ko‘proq qiyinchilik tug‘diradi. Uning mavjudligi avstriyalik mashhur psixiatr Z.Freyd (1856-1939) tomonidan XX asr boshida aniqlagan.
Har xil tushlar, gallyusinatsiyalar, xayoldan ketmaydigan g‘oyalar, intuitsiya va shu kabilar ongsizlikning namoyon bo‘lish shakllariga misol bo‘lishi mumkin. Ular odamlar ruhiyati va xulq-atvoriga kuchli ta'sir ko‘rsatadi, lekin ayni vaqtda bu jarayonlarni boshqarish nuqtai nazaridan ularga bo‘ysunmaydi. Shu sababli ongsizlik ongning muayyan lahzada ong bilan boshqarishga qodir bo‘lmagan parchasi, deyish mumkin5.
Ongsizlik strukturasiga ong sohasida vujudga kelishi va vaqt o‘tishi bilan ongsizlik sohasiga kirishi mumkin bo‘lgan intuitsiya va avtomatizmlarni ham kiradi. Intuitsiya – bu olish yo‘llari va shartlarini anglamasdan, bevosita hissiy kuzatish yoki mushohada yuritish yo‘li bilan olinadigan bilim. Avtomatizmlar – bu avval ong nazorati ostida paydo bo‘lib, uzoq mashq qilish va ko‘p karra takrorlash natijasida ongsiz harakatlar xususiyatini kasb etuvchi insonning murakkab harakatlari. Tush, gipnoz holati, somnambulizm hodisalari, hushsizlik holatlari ham ongsiz harakatlar hisoblanadi.
Ruhiy faoliyatga ongsiz harakatlarning qo‘shilishi natijasida ongga tushuvchi yuk kamayadi, bu esa, o‘z navbatida, insonning ijodiy imkoniyatlari maydonini kengaytiradi. Hozirgi zamon fani ong osti sohasi tushunchasi bilan ham ish ko‘radi. Bu ongsizlik sohasining alohida qatlami yoki darajasidir. Unga faoliyat amallarining ong darajasidan avtomatizm darajasiga o‘tishi bilan bog‘liq ruhiy hodisalar kiritiladi.

Download 68,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish