9-rasm: Baliq mahsulotlari.Rasmda Sazan baliq
Baliq ovlash va baliqchilik. Baliq ovlash sanoatining ahamiyati shundaki, baliq va uning mahsulotlari qimmatli oqsil manbai hisoblanadi. Shu sababli dunyoda ovlanadigan baliqning 75-80% ovqatlanish uchun ishlatiladi, 20-25 % qayta ishlanib, undan baliq uni, qo’shimcha ozuqa va baliq moyi olish uchun ishlatiladi. Jahonda yiliga 10 mln.t. baliq ovlanadi. Bu aholi jon boshiga 17-18 kg. ni tashkil qiladi. Aholi jon boshiga baliq va baliq mahsulotlari Yaponida 60-70 kg., Rossiya va AQSH da 17-18 kg., Nepalda 0.2 kg.ni tashkil qiladi.
Dunyo okeanining uchta asosiy baliq ovlash mintaqasi (Shimoliy, Tropik va Janubiy) ajralib turadi. Hozirgi kunda Shimoliy mintaqada jahonda ovlanadigan baliqning 52% to’g’ri keladi, jahonda ovlanadigan baliqning 30% tropik mintaqaga, 18% Janubiy mintaqaga to’g’ri keladi.
Baliq ovlashda Atlantika okeani uzoq yillar davomida birinchi o’rinni egallab kelar edi. Hozirgi kunda baliq ovlashda Tinch okeani birinchi o’rinni egallaydi
.
10-rasm: Baliqli taomlar ko’proq iste’mol qilish zarur
Atlantika okeanida baliq ovlashda YYevropa qismida - Shimoliy-G’arbiy qismida, Atlantikaning Shimoliy-Sharqiy qirg’oq yoqalarida asosiy o’rinni egallaydi.
Tinch okeanida Osiyoning Shimoli-G’arbiy rayoni alohida ajralib turadi. Ushbu rayondan Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikalari baliq ovlaydilar. Tinch okeanining Shimoliy Amerika qirg’oqlaridagi Shimoliy va Sharqiy rayonlar baliq ovlashda ikkinchi rayon hisoblanadi. Tinch okeanining Janubi-Sharqiy uchinchi baliq ovlash rayoni hisoblanadi.
Baliq ovlashda an’anaviy baliq ovlovchi mamlakatlarga –Norvegiya, Daniya, Islandiya mamlakatlari hozirga qadar YYevropaning ko’pgina davlatlariga konservalari va baliq mahsulotlarini yetkazib berishda yetakchilik qiladi.
Keyingi yillarda suv organizmlarini tabiiy qayta tiklovchi jarayonlarini tartibga solishda anchagina ishlar qilinmoqda. Bunday ishlardan biri akva kultura (lotincha akva-suv, cultura-yetishtirish) baliq ovlash va baliqchilikda tobora katta rol o’ynamoqda. Akva kultura-suv havzalarida baliq malyuskalar, qisqichbaqasimonlar va suv o’tlarini yetishtirish, baliqlarni animitilizatsiyalashtirish, suv fermalarini tashkil etish va boshqa tadbirlarni o’tkazishni o’z ichiga oladi.
Dengiz “fermalari”-Italiya, Frantsiya, Portugaliya, Niderlandiya, Daniya, Buyuk Britaniya, AQSH da yaxshi rivojlangan. Jahonda akva kultura mahsulotini yetishitirish yiliga -9 mln.t. ni tashkil qiladi. Kelajakda uning mahsulotini 20 mln.t.ga yetkazish ko’zda tutilgan. Kit ovlash. Kit ovlash 1865 yilda Norvegiyada vujudga keldi. XX asrning boshlarigacha Shimoliy Atlantika kit ovlashning asosiy rayoni bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |