SHimoli-SHarqiy rayon. U ikkinchi o‘rinda; v) Peru va CHili qirg‘oqlaridagi Tinch okeanining
Janubi-SHarqiy qismi rayoni. Bu erda asosan Peru anchuos balig‘i ovlanadi. Bu beshta
dunyoning asosiy baliq ovlash rayonlarida ko‘p ovlash ta’sirida baliq zahiralari kamayib
borayotganligi sababli ularni tiklash bo‘yicha katta tadbirlar o‘tkazilmoqda (AQSH, YAponiya,
Rossiya, Norvegiya.b).
5)So‘nggi yillarda baliq ovlashda «birinchi o‘nlikka» kiruvchi mamlakatlar tarkibida o‘zgarishlar
yuz berdi. O‘tgan asrning 50 yillarda «o‘nlikka». YAponiya, AQSH, SSSR, Xitoy, Norvegiya,
Buyuk
Britaniya, Kanada, GFR, Daniya chiqib ketdi. «birinchi o‘nlik»dan keyingi o‘rinlarda
rivojlanayotgan mamlakatlar-Filippin Meksika, Braziliya turadi. Xitoyda ham baliq ovlash tez
rivojlanmoqda. SHu bilan birga an’anaviy baliq ovlovchi mamlakatlar-Norvegiya, Daniya,
Islandiya hozirga qadar Evropaning baliq ovlovchi asosiy mamlakatlari bo‘lib, qolayotir.
Keyingi yillarda suv organizmlarini tartibga solishda ko‘zda tutilgan tadbirlar tizimiakva
kultura (lotincha
akva-suv, cultura-etishtirish) baliq ovlash va baliqchilikda tobora katta rol
o‘ynamoqda. U suv havzalarida baliq, malyuskalar, qisqichbaqasimonlar va suv o‘tlari
etishtirish, baliqlarni akklimatizatsiyalash, suvosti «firmalarini» tashkil etish va boshqa tadbirlar
o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Dengiz muhitida tirik organizmlarni ko‘paytirish marikultura deb ataladi. O‘tgan asrning 90-
yillar boshida dunyoda akvakultura mahsuloti 15 mln.t. ga etdi. Uning 85 % ini Osiyo
mamlakatlari Xitoy (5,5 mln.t.), YAponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Filippin,
Indoneziya, V’etnam bergan. Bu erda chuchuk suvli havzalarda asosan karp balig‘i, dengiz
«firmalar» va «plantatsiyalarida» esa baliq, malyuska, krevetka, qisqichbaqa, midiy, suv o‘tlari
etishtiriladi. Akvakultura Evropa va SHimoliy Amerikada kamroq rivojlangan.
Dengiz
«fermalari» Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Portugaliya, Niderlandiya, Daniya,
Buyuk Britaniya,
AQSH da bor. Dunyo marikultura mahsuloti 9 mln. tonnaga etib qoldi. Bashoratlarga ko‘ra, u
ancha ko‘payadi, akva kulturaning umumiy mahsuloti xajmi 20 mln. tonnadan oshib ketdi.
Kit ovlash Norvegiyada 1868 yilda vujudga keldi, SHimoliy Atlantikada boshlangan.
Keyinchalik Tinch okeanining shimoliy qismida, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya
qirg‘oqlarida kit ovlana boshlangan. Kit ovlash 1920 yilda 11 ming bosh, 1939 yilda-46 ming,
1969 yilda rekord daraja-66 ming boshga etgan. Lekin keyinchalik kit ovlash sur’atlari tez
kamaydi,1975 yilga kelib 27 ming boshni tashkil etdi. 1903 yilda 70-
yillargacha faqat Dunyo
okeanining janubiy qismida 1,5 mln.bosh kit ovlangan. Oqibatda ba’zi kit turlarining 90 % i, eng
yirik kitlar esa deyarli butunlay qirib yuborildi. SHu sababli kit ovlashni tartibga soluvchi
xalqaro tashkilot-Xalqaro Kit Ovlash Komissiyasi (XKOK) tuzildi.(1946 y) 1994 yilda Dunyo
okeanining janubiy qismida uzoq muddatli kitlar qo‘riqxonasi (40
0
j.k.dan janubda) tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: