MAVZU: JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZINING DUNYO MAMLAKATLARI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
MUNDARIJA:
Kirish
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida mulk shakllarning xilma - xilligi
Mulk shakllarining tengligi va ularning o’zaro dialektikasi
Milliy iqtisodiyotda davlat mulki ulushini pasayib borish tendentsiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday jarayon mohiyatan jamiyatda muayyan muvozanatni, mutanosiblikni qaror toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi, lekin ayni paytda bunday ijtimoiy hodisalarga bir tomonlama yondoshish hech qachon tom ma’noda ijobiy ahamiyat kasb etmaydi. Erkinlashtirish, ma’muriy nazorat tizimini susaytirish ham jamiyatda tadbirkorlik, tashabbuskorlik, navotorlik muhitini rag’batlantirishi shubhasiz, lekin, masalaga bozor munosabatlarining shaxsiy, individual manfaatga asoslanishi nuqtai nazaridan yondoshadigan bo’lsak, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, hattoki, g’oyaviy munosabatlarni erkinlashtirish pirovardida o’z holiga tashlab qo’yish maqsadga muvofiq emas.
Ma’lumki, jamiyat boshqaruvini erkinlashtirishga, davlat tomonidan nazorat, tartiblash funktsiyasini zaiflashtirish iqtisodiyotni tartibga solishda bilvosita usullar, jumladan, rivojlangan mamlakatlar tajribasida keng kuzatiladigan moliyaviy vositalardan foydalanishga keng yo’l ochib beradi. Moliyaviy dastaklar ahamiyati oshib borayotgan sharoitda esa, aynan moliyaviy tuzilmalar (birinchi galda bankdan tashqari moliya institutlari) erkinlashtirish ob’ektiga aylanib, davlat nazorati tizimidan chetga chiqa boshlaydi. SHu ma’noda ham ayrim “... moliyachi- iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning haqiqiy sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosatining “mevasi” ekanligini, ya’ni, “o’z-o’zini boshqaruvchi bozor” g’oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvining cheklanganligi bilan ham”1 izohlashlari ma’lum mantiqqa ega.Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamda uni boshlab bergan AQSH ipoteka kreditlash tizimidagi tanglik bir kunlik yoki bir yillik jarayonlar emas, aksincha, uzoq yillik moliyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, hodisa va jarayonlar “mevasi”dir.
Kurs ishining maqsadi: butun dunyo xo’jaligini qisqa muddatda qamrab olgan va ko’lami jihatidan Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrda eng yirik global iqtisodiy inqiroz sifatida e’tirof etilib, bugungi kunda ham o’z ta’sir kuchini saqlab qolayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kelib chiqish sabablarini, shuningdek, inqirozning jahonning yirik mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’sirini o’rganishga hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligi ishlab chiqilgan O’zbekistonning inqirozga qarshi choralar dasturining ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.
Kurs ishining g’oyaviy-metodologik asosini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yilda chop etilgan “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni barbataraf etish yo’llari va choralari” nomli tarixiy ahamiyatga molik kitobi tashkil etadi.
Ish kirishning tuzilishi: kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |