1.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi: ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
XX asrning so’nggi o’n yilligi va XXI asr boshida jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishi mutlaqo yangi sifat o’zgarishlarini boshlab berdi. O’tgan asrning 90-yillari boshlarida jahon siyosiy xaritasida ro’y bergan jarayonlar paradigmasida ko’p qutbli tizimni shakllantirish sari qo’yilgan qadam, jahon xo’jaligi tizimining tubdan qayta qurilishiga olib keldi. Xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv jarayonlari sezilarli darajada chuqurlashdi, xalqaro savdo, mehnat va kapitalning xalqaro harakati sur’atlari o’sdi. Keyingi chorak asr davomida dunyo xo’jaligida transmilliy korporatsiyalar (TMK) soni sezilarli darajada ko’payib, ular soni 64 mingdan oshib ketdi. O’z ixtiyorida ulkan moliyaviy-iqtisodiy resurslarni jamlagan bunday korporatsiyalar ko’plab mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida faol o’rin tuta boshladi.
O’tgan yigirma yillik taraqqiyot shuni ko’rsatadiki, jahon xo’jaligi tizimidagi xalqaro ayriboshlashda dunyo mamlakatlarining tutgan o’rni, ikki marta qayta taqsimlanish jarayoni:
birinchi, yigirmanchi asrning 90-yillar boshlarida sotsialistik lagerning tanazzulga yuz tutishi va tugatilishi oqibatida dunyo mamlakatlarining deyarli “yagona xo’jalik tizimi”ga birlashganligi;
ikkinchi, keyingi 10-15 yillik yaqin o’tmishda dunyo xo’jaligida yuqori sur’atlardagi iqtisodiy o’sishning kuzatilishi bilan bog’liq. Buni 1996-2007 yillarda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo salьdosidagi teskari mutanosiblikdagi o’zgarish nisbatida kuzatiladi. CHunonchi, 1996-2017 yillarda rivojlangan mamlakatlarning tashqi savdo aloqalari 46,2 mlrd.
O’tgan asrning 90-yillaridan kuzatila boshlanib, 2000 yil boshlaridan barqaror sur’atga ega bo’lgan jahon iqtisodiyotining yuqori o’sish sur’atlari sirtdan qaraganda garchi ijobiy ma’noga ega bo’lsada, jamg’arish munosabatlaridagi muvozanatning buzilishi bilan hamohang tarzda ro’y berganligi pirovardida jahon global moliyaviy tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko’ra, 12 yillik davrni o’z ichiga olgan – 1990-2002 yillarda yalpi ichki mahsulot jahon xo’jaligida 42,3 foizga, rivojlangan mamlakatlarda 37,2 foizga, shu jumladan, AQSHda 41,7 foizga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 51,3 foizga o’sgan bo’lsa, 6 yillik oraliqdagi – 2002-2008 yillarda YaIMning o’sish sur’ati jahon xo’jaligida 33,9 foizni, rivojlangan mamlakatlarda 17,6, shu jumladan, AQSHda 18,3 foizni, rivojlanayotgan mamlakatlarda 59,7 foizni tashkil etgan. Lekin o’sish sur’atlari qanchalik bo’lmasin, keyingi yigirma yil davomida rivojlangan mamlakatlar to’lov balansidagi joriy operatsiyalar bo’yicha qoldiq manfiy ko’rsatkichda saqlanib qolinganligi jahon moliya tizimidagi muvozanatning tubdan o’zgarganligini ko’rsatadi. Albatta, bu borada AQSH ulushi o’ta yuqori bo’lib, bu ayniqsa, 1999 yildan neftь narxining keskin oshishi bilan jahon YaIMga nisbatan –1,0 –1,5 foiz hajmida yaqqol ko’zga tashlangan. Aslida, AQSH milliy iqtisodiyotida jamg’armaning pasayishi yigirmanchi asrning 80- yillari o’rtalaridan boshlangan bo’lib, bu asosan uy xo’jaliklari jamg’armalarining pasayishi bilan bog’liq bo’lib keldi. AQSH uy xo’jaliklari jamg’armalari mamlakat YaIMga nisbatan 1984 yildagi deyarli 8 foizdan, 2007 yilda qariyb 0,3-0,5 foizga qadar pasaydi. Bu albatta pirovardda mamlakatda birinchi navbatda uy xo’jaliklarining to’lovga layoqatlilik salohiyatiga va talab hajmiga salbiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. Natijada ijobiy iqtisodiy o’sish sur’atlariga qaramasdan mamlakatda faoliyatning asosiy sohalari bo’yicha, jumladan, tashqi savdo, joriy hisob-katoblar hamda byudjet tizimidagi taqchillik keyingi yillar keskin oshib bordi.
Keyingi chorak asrlik vaqt davomida dunyo siyosiy xaritasi, uning mintaqalaridagi geosiyosiy vaziyat va muvozanat, jahon xo’jaligidagi integratsiya va globalizatsiyaning chuqurlashuvi kabi tub ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar, yangilanishlar davom etayotgan bir sharoitda ijtimoiy hayotning barcha sohalarini liberallashtirish jarayonlari ham izchil amalga oshirilib kelinayotganligi kishilik jamiyati taraqqiyotining o’ziga xos jihatidir. Jamiyatni liberallashtirish nafaqat ijtimoiy-siyosiy munosabatlar uchun, balki, iqtisodiy munosabatlar uchun ham xos va ayni paytda zaruriy bosqich hisoblanadi. Jumladan, O’zbekiston sharoitida XXI asrning dastlabki yillari iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning raqobatdoshligini, xavfsizligini ta’minlash, jahon bozorida o’z o’rnini egallashiga erishish, mamlakatda aholi turmush darajasi va uning sifat ko’rsatkichlarini muttaasil oshirib borishning navbatdagi bosqichi sifatida jamiyatni erkinlashtirishga alohida e’tibor qaratilganligi bejiz emas. Ayni vaqtda mamlakatimizda liberallashuvga ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning mantiqiy davomi – jamiyatni, iqtisodiyotni modernizatsiyalash munosabatlarining debochasi sifatida ham qaraladi.
Iqtisodiyotdagi inqiroz mazmunan kelib chiqishiga ko’ra asosan ikki turga bo’linadi: a) ishlab chiqarishning ortiqchaligi va bozorning to’yinganlik darajasining ortishi; b) taklifning talabdan ortda qolishi, kam ishlab chiqarish yoki bozor taqchilligi natijasida. Birinchi holatda inqiroz naflikning pasayish qonuniga monand tarzda bozorlar to’yinish darajasining ortishi va unga teskari mutanosiblikda talab hajmining qisqarishi, tovar va xizmatlar sotuvining pasayib, ishlab chiqarish zahiralarining ko’payib ketishi bilan kuzatiladi. Aylanma mablag’larning tovar zahiralari bilan bandligi, “muzlashi” hamda talabning qisqarishi oqibatida korxonalar o’z ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga va shu orqali talab va taklif muvozanatiga intiladilar. Amalda esa, ishlab chiqarish hajmining qisqarishi ish o’rinlarining qisqarishiga, bu esa o’z navbatida uy
xo’jaliklarining to’lovga qobillik darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatib, mavjud talab hajmining yanada pasayishiga moyillik uyg’otadi. Pirovardda ishsizlik o’sadi, moliya-kredit munosabatlari izdan chiqadi, tavakkalchilik xavfi kengayib, foiz stavkalari oshadi, lekin bu investitsiya oqimi kamayishiga xalal bermaydi, aholi turmush darajasi pasayib boradi.
Bozor taqchilligi bilan bog’liq inqirozlar odatda raqobatlashmagan, yuqori monopollashgan hamda ma’muriy-buyruqbozlik hukm surgan iqtisodiy muhitda yuzaga keladi. Bozorning monopollashuv darajasining yuqoriligi sharoitida monopol korxonalar va ishlab chiqaruvchilar manfaatlari tovarlar hajmi, assortimenti bilan emas, balki, kam hajmdagi tovar va unga qo’yilgan yuqori narxlarda o’z ifodasini aks ettiradi. Bu borada masalaning zaif tomoni shundan iboratki, monopol korxonalarning ishlab chiqarishni ko’paytirish o’rniga narxni oshirish siyosatini qo’llashi, iqtisodiyotda yalpi narx o’sishiga hamda tannarxning to’xtovsiz ko’tarilishi bilan bog’liq holda samaradorlikning pasayishiga olib keladi. Ma’muriy-buyruqbozlik hukmronligi sharoitida esa tovar taqchilligi sharoitida narx o’sishining oldini olish maqsadida sun’iy chora va cheklovlarning qo’llanilishi, davlatning iqtisodiyotga, ayriboshlash munosabatlariga to’g’ridan- to’g’ri aralashuvi iqtisodiy samaradorlik va mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Past narxlar, ya’ni, narx darajasini sun’iy ushlab turishi siyosatini qo’llash sharoitida korxonalarni subsidiya va dotatsiyalar bilan rag’batlantirish har doim ham ijobiy natija bermaydi. CHunki, bunda byudjet xarajatlarining o’sishi, uning taqchilligini, bu esa o’z navbatida iqtisodiyotga jalb qilinayotgan investitsiyalar va boshqa moliyaviy oqimlarning narx darajasini, milliy valyutaning xarid qobiliyatini “ushlab turish”ga, korxonalarning ishlab chiqarishni rivojlantirishga emas, balki, ular zararni qoplash evaziga, ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab turishga safarbar etilishiga olib keladi.
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kelib chiqish mazmuniga ko’ra birinchi turdagi inqirozga mansub. Ayni paytda mazkur inqirozning birinchi navbatda moliya (qimmatli qog’ozlar) bozorlarida yuz
berishini esa quyidagilar bilan izohlash mumkin. Birinchidan, rivojlangan mamlakatlar, jumladan, AQSHda davlat tashqi qarzdorligini yumshatish maqsadida muomalaga tovar bilan ta’minlanmagan pul massasining ko’plab chiqarilishi moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishiga olib keldi. Pul massasining nomutanosib tarzda oshishi ma’lum darajada 25 yildan oshiq vaqt davomida uy xo’jaliklari jamg’armalarining pasayib borish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan bo’shliqni to’ldirish uchun “xizmat qilishi” ko’zda tutilganligi ham tabiiy, albatta. Lekin bu holat yuqori foyda orqasidan quvayotgan yirik korporatsiyalar hamda moliya muassasalarining majburiyatlari bilan nizom mablag’lari o’rtasidagi muvozanatni sezilarli darajada izdan chiqardi.
Ikkinchidan, 2006 yilning ikkinchi yarimidan boshlangan ipoteka bozoridagi talabning keskin pasayishi natijasida tizimdagi deyarli barcha
tuzilmalar
|
o’z faoliyatini zarar bilan yakunladilar.
|
Bu holat 2007 yilda ham
|
to’xtovsiz
|
davom etib, yilning 3-choragiga kelib,
|
AQSH ipoteka bozoridagi
|
tahlikali vaziyat Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Avstraliya, Kanada va boshqa qator rivojlangan mamlakatlarga ham tarqaldi. Jahon moliya tizimida likvidlik defitsiti, ya’ni to’lovga layoqatlilik darajasining pasayishi keng kuzatila boshlandi. Bunga javoban mazkur mamlakatlar markaziy banklari pul bozori stavkalarini pasaytirish tadbirlarini amalga oshirdi. 2007 yil sentyabrida AQSH Federal zahira tizimi (FZT) qayta moliyalashtirish stavkasini 5,25 foizdan birdaniga 4,75 foizga yoki 9,5 foizga pasaytirdi. Banklardan pul oqimlarining chiqib ketishi kuchaya boshladi. Buni Angliya Markaziy banki tomonidan “Northern Rock” ipoteka bankini qo’llab-quvvatlash uchun ajratgan 20,0 mlrd. yevro hajmidagi moliyaviy ko’magining amalda omonotchilar bilan hisob-kitob uchun sarflanganligi, deyarli kuniga 4,0 mlrd. yevroning chiqib ketishiga olib kelganligida kuzatish mumkin1.
2008 yilning kuziga qadar bo’lgan davrda kattaligi bo’yicha AQSHda 5- o’rinda hisoblanib kelingan “Bear Stearns” va “Sitigroup” tarkibiga kiruvchi “Sitibank” nemis bankining savdoga qo’yilishi, AQSHdagi eng yirik ipoteka institutlari – Federal milliy ipoteka assotsiatsiyasi (“Fanni Mae”) va Uy-joyni ipoteka kridetlash federal korporatsiyasi (“Freddie Mac”) boshqaruvining mamlakat moliya vazirligi tassarufiga o’tkazilishi va nihoyat 15 sentyabrь kuni ipoteka bozorida ko’rilgan zararlar tufayli “Lehman Brothers” investitsion banki bankrotligining e’lon qilinishi fond bozorlarida talvasali vaziyatni keltirib chiqardi. Iste’molchilar bozordan chiqa boshladilar.
Ayni paytda Federal milliy ipoteka assotsiatsiyasi hamda Uy-joyni ipoteka kridetlash federal korporatsiyalarining AQSH ipoteka bozori bitimlaridagi ulushi deyarli 70 foizga to’g’ri kelgan. Ipoteka bozoridagi krizis tufayli kompaniyalar 14 mlrd. dollar atrofida zarar ko’rganlar. Natijada ularning kapitallashuv darajasi “Fanni Mae” kompaniyasida 40 mlrd. dollardan 7,6 mlrd. dollarga, “Freddie Mac” kompaniyasida esa 22 mlrd dollardan 3,3 mlrd. dollarga tushib ketgan.
Bozor to’yinish darajasining yuqoriligi, tashqi va ichki qarzdorlikning to’xtovsiz o’sib borishi, davlat nazorat funktsiyasida moliyaviy dastaklarga katta e’tibor qaratilishi sharoitida noto’g’ri moliyaviy siyosat, moliya institutlar likvidlik darajasining hamda uy xo’jaliklari jamg’armalarining muntazam pasayib borishi, iste’mol narxlar darajasining o’sishi kabilarning o’zaro uyg’unlikda kuzatilishi boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |