Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi – iqtisodiy harakatsizlik
2020 yilda pandemiya sabab iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Bu haqda iqtisodiyot fanlari doktori Nodir Jumayev o‘z fikrlarini bildirdi. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to‘rt marotaba tashqi qarz to‘lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to‘lqini o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshib, YaIMga nisbatan 170 foizni tashkil etdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin . Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo‘lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o‘zgacha tus olganligi bilan farqlanadi.
Prezident koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va global inqirozni yumshatish bo‘yicha Farmon imzoladi
2020 yilda qarz inqirozidan o‘zgacha tusga ega bo‘lgan, boshlanishidan iqtisodiy xususiyat kasb etmagan inqiroz omili – bu pandemiya ekanligini kuzatishga to‘g‘ri kelmoqda. Natijada, iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Boshqacha aytganda, yalpi iste’molning tushib ketishi va yalpi taklifning to‘xtalishi bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur iqtisodiy inqirozning eng asosiy belgisi sifatida – iqtisodiy harakatsizlikni keltirish mumkin. Bu sharoitda, davlatlarning eng asosiy vazifasi - minimal iqtisodiy harakatni ta’minlab turishdan iborat bo‘lishi lozim.
2020 yil fevralidan boshlab ayrim Xitoy kompaniyalari “Koronavirus obligatsiyalari”ni emissiya qilishni boshlashdi. Shenzhen Airlines aviakompaniyasi 600 mln. yuan miqdoridagi obligatsiyalarni muomalaga chiqardi. Jalb etilgan mablag‘lar asosan bekor qilingan parvozlar uchun biletlarning qiymatini yo‘lovchilarga qaytarib berish va oziq-ovqatlarni transportirovka qilish uchun moliyalashtirish tadbirlariga yo‘naltirilishini ma’lum qilindi.
Shunga o‘xshash holatlarni tahlil etsak, fevral oyidan buyon 25 ta Xitoy kompaniyasi 24 mlrd. yuan (3,4 mlrd. AQSh dollari) miqdorida korporativ obligatsiyalar hisobidan qarz mablag‘larini jalb etdi.
Jahon bozorida esa, yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlar o‘rtasida milliy valyutalari vositasida o‘zaro iqtisodiy musobaqalar boshlanib ketdi. Ba’zi ekspertlarning xulosalari AQSh dollarining xalqaro valyuta bozoridagi o‘rni yuanning qadri oshishi ortidan xavf ostida qolishini aks ettirmoqda.
Koronavirus sabab bozorlar kasodga uchramoqda
Masalan, 2020 yil Rossiya moliya vazirligi “Milliy barqarorlik fondi”ning kapitali tarkibiga yuanni ham joylashtirishni boshlashini e’lon qildi. Hozir kunda ushbu fondning asosiy qismini AQSh dollari va yevro tashkil etadi. 2020 yil 1 mart holatiga YaIMning 7,3 foizini tashkil qiladigan fond valyuta tarkibini yanada diversifikatsiya qilish sanksiyalar va geosiyosiy vaziyatda iqtisodiyotni inqirozli holatlardan himoya qilishda muhim chora bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, yuanning ulushini 15-20 foiz, dollarning ulushini esa 20-25 foiz atrofida bo‘lishiga erishish nazarda tutilmoqda.
Bu kabi salbiy oqibatlarni iqtisodiyotimiz tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli Farmonining qabul qilinishi ayni muhim tadbir bo‘ldi. Ushbu hujjatga ko‘ra, makroiqtisodiy muvozonatni barqarorlashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilab berildi. Natijada, belgilangan yo‘nalishlarda vazifalarni amalga oshirish quyidagi makroiqtisodiy muvozonat ko‘rsatkichlarini ta’minlashga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, Inqirozga qarshi jamg‘armaning tuzilishi pandemiya oqibatlarini aniq moliyalashtirish manbasini belgilab berdi.
Markaziy Osiyo va koronavirus: Nimalarni kutish mumkin?
Ushbu jamg‘armaning tuzilishi birinchi navbatda, pandemiya bilan kurashish xarajatlarini moliyalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Kasallikni aniqlash, davolash kabi xarajatlar bilan birga tibbiyot xodimlariga moddiy rag‘batlantirishni o‘zida aks ettiruvchi xarajatlarni qoplash nazarda tutiladi.
Fikrimizcha, ushbu holat davlatning ijtimoiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olayotganligi va uni samarali amalga oshirayoganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, ushbu farmon doirasida makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashda kam ta’minlangan aholi qatlamlariga moddiy yordam berish hajmini oshirish orqali ichki iste’molni rag‘batlantirish va iqtisodiy o‘sish sur’atini saqlash nazarda tutilganligi bu sohadagi salbiy oqibatlarni yumshatishi bilan ahamiyatlidir.
Eksport bilan shug‘ullanuvchilarning ayrim xarajatlarini to‘lab berilishi, ushbu turdagi korxonalarning to‘lovga qobilligini saqlashga yordam berilishi;
iqtisodiy qiyinchilikka uchrayotgan korxonalarga uch yilgacha byudjet ssudalari berilishi;
to‘lovsizlikning makroiqtisodiy multiplikatsion ta’sirini oldini olishi kabi tadbirlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy soliq va shu kabi soliq, boshqa majburiy to‘lovlarning kechiktirilishi yoki ma’lum foizda kamaytirilishini joriy etilishi tadbirkorlarga barqaror “moliyaviy ta’til”ga chiqishini anglatadi. Natijada, makroiqtisodiy talab va taklif muvozanatiga erishishga sharoit yuzaga keladi.
Bir so‘z bilan aytganda, favqulodda yuzaga kelgan virusning ta’sirini kengayib ketmasligi uchun o‘z vaqtida choralarni, jumladan, iqtisodiy vazifalarni ishlab chiqilishi va hayotga tadbiq etilishi iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yumshatishga va bartaraf etishga to‘liq shart-sharoit yaratib beradi, deb hisoblaymiz.
Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri: O‘zbekiston uchun xulosa va tavsiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, AOKA, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil qilingan rasmiy telgeram kanali 2020 yil 2 aprel soat 20:40da e’lon qilingan “Oylik daromadsiz qolsangiz, jamg‘armangiz qancha vaqtga yetadi?” nomli so‘rovnomada 467000 dan ortiq (o‘zbek tilida 312000, rus tilida 155000)dan ortiq insonlar ishtirok etgan. Javob berganlarning 40 foizga yaqini “jamg‘armam yo‘q” deb javob bergan. Xulosa qilib aytganda, uzoq muddatli davrda iste’molni ta’minlash dolzarb vazifa ekanligi ko‘zga tashlanadi.
Umuman olganda, 2019 yildan boshlab aholining sotib olish qobiliyatini oshirishga qaratilgan choralarning qo‘llanganligi, xususan, daromad solig‘i tushirilganligi o‘zining ijobiy tasdig‘ini topdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda epidemik holat natijasida aholining iste’moli ayrim xarajatlari vaqtinchalik qisqarishi natijasida aholi daromadlarining iste’mol muddatini oshirishga yordam berishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotni yanada liberallashtirilishiga qaratilgan islohotlar, 2020 yilgi Parlamentga Murojaatnomada ham ta’kidlab o‘tilganganidek, iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari o‘sishini ta’minlaydigan eng muhim sohalarni rivojlantirilishi alohida ahamiyatga ega.
Foydalangan adabiyotlar
1 I A Karimov “Johon moliyaviy inqirozi uni O’zbekiston sharoitida bartaraf etish yo’llari” asari
2 Prezident Barak Obama Kongress huzurida, 12-fevral, 2013 nutqidan
3 Manba:www.Wikipediya.org
4 Aberqulov A “Iqtisodiy geografiya”
5 Manba:Wikipediya.org
6 www.wikipediya.org
7 Aberkulov.A “Iqtisodiy geografiya”
8 www.tradingeconomics.com
Do'stlaringiz bilan baham: |