Mavzu: jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja



Download 338,51 Kb.
bet54/64
Sana10.02.2022
Hajmi338,51 Kb.
#441768
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
Bog'liq
Ma\'ruza matnlari(1)

VENESUELA
Poytaxti: Karakas. Maydoni: 912 ming km2. Aholisi: 28 mln. kishi (2007), 31 mln kishi (2016). Rasmiy tili: ispan tili. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 96%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: bolivar.
Venesuela Respublikasi - Janubiy Amerikaning shimoliy qismidagi davlat. Davlat boshlig‘i - prezident. Mamlakatda ispan-hundu metislari - 67%, ispanlar, yevropaliklar avlodlari - 22%, qora tanli va mulatlar - 10%, hundular -1% ni tashkil etadi.
Tabiati. Shimolda va shimoli g‘arbda And tog1 tizmasining qismlari joylashgan. Venesuelaning Markaziy qismini Orinokoni Lyanosi egallagan, bu tekislik And yonbag‘ridan Orinoko daryosiga tushgan. Undan janub tomonda Givan tog` tizmasi yotadi, u mamlakatning yarim hududini egallagan. Venesuela iqlimi - issiq, subekvatorial. Gvian tog1 tizmasidan tashqari, bu yerlarga yil davomida ko‘p yog'ingarchilik yog'adi, ayniqsa, And pasidagi Lyanoslar va dengiz oldidagi yerlar uchun ikki mavsum odatiydir, yomg'irli
(aprel-sentabr) va qumq (oktabr-mart). Mamlakat daryo tizimi asosan Orinoko havzasiga tegishli. Venesuela hududida dunyodagi eng baland Anxel sharsharasi joylashgan, tushush balandligi 1054 m. Mamlakat hududini yarmidan ko’pini o‘rmonlar egallagan. And va Givan tog1 tizmalari yon baghrlarini katta qismi bargi to‘kiluvchi (quruq mavsumda) va bargi to'kiluvchi doimiy yashil o'rmonlar, janubi sharqda, janubi g‘arbda va shimolida shamolga ro'para Kordilera-de-Merida yonbag'irlarida-doimo nam har doimiy yashil o'rmonlar o'sadi. Orinoko Lyanoslari savannalar bilan band.
Xo‘jaligi. Mamlakat iqtisodiyotini - tog‘-kon sanoati tashkil etadi, u YIM -24% yaratadi. Birinchi o‘rinda-neft qazilmalari turadi, u davlat nazorati ostida. Bundan tashqari tabiiy gaz, temir mdalari, boksitlar, olmos va oltin qazib olinadi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya, avto yig‘uvchi, neft va gazni qayta ishlash,
to‘qimachilik, tikuvchilik va boshqalar. Eksport uchun qahva, kakao donalari, shakarqamish, sitms mevalar, tropik mevalar yetishtiriladi. Asosiy boshoqli o‘simliklar - makkajo‘xori, gumch, sorgo va bug‘doy. Asosiy eksport mahsulotlari: neft va neft mahsulotlari (qiymatini 3/4) boksitlar va aluminiy, temir mdasi, po‘lat, kimyoviy mahsulotlar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari hisoblanadi.
CHILI
Poytaxti: Santyago. Maydoni: 756,6 ming km2. Aholisi: 17 mln. kishi (2007), 18,2 mln. kishi (2016). Rasmiy tili: ispan tili. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 77%, protestantlar - 13%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: Chili pesosi. Chili Respublikasi - Janubiy Amerikaning janubi g‘arbidagi davlat. Davlat boshlig‘i - prezident. Aholining irqiy-etnik qatlami: metislar -70%, kreollar - 25%, amerikalik hundular - 3%.
Xo‘jaligi. Mamlakat iqtisodiyotining asosini mis (eksportni 40%) va oltin qazilmalari va eksporti, selluloza - tayyorlash va eksporti, mevalar eksporti, sabzavotlar, vino, bahq mahsulotlari eksporti va turizm tashkil etadi. YIMning 56% - xizmat ko‘rsatish sektoriga, 38% - sanoatga va qurilishga, 6% - qishloq, o‘rmon xo‘jaliklari va baliqchilikka to‘g‘ri keladi. Mamlakat mis mdasi va selitra zaxiralari bo‘yicha dunyoda 1-o‘rin, 2-o‘rin - molibden, 3-o‘rin - oltingugurt egallagan. Mamlakatda mis mdasi (dunyodagi ishlab chiqarilishi 42%), oltin, natriy selitrasi, oltingugurt, molibden, litiy, volfram, kobalt, kumush, temir mdasi, tabiiy gaz va ko‘mir olinadi. Mamlakatda ignabargli turli yog‘ochlar tayyorlanadi. Chili neft va tabiiy gazni katta qismini Argentinadan oladi. Elektr quvvatni 47% - IES, 52% - GES beradi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: kimyo, yog‘ochsozlik, selluloza-qog‘oz, to‘qimachilik, rangli va qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, mashinsozlik (avtomobillar yig‘ish, elektr-texnika, kemasozlik, vagonlami yasash) va boshqalar hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun vinochilik sanoati katta ahamiyatga ega. Bu yerda kaberke, sovinoon, merlo, karmener, pino-nuar, likyorlar va desert vinolari ishlab chiqariladi. Aholi uzum, mevalar, piyoz, bug‘doy, makkajo'xori, arpa, sparja, dukaklilar, qand lavlagi, sarimsoq yetishtiradi. Bundan tashqari yirik shoxli mollami, qo‘ylami, cho‘chqalami, lamalarni, parrandalami, losos bahg‘ini ko'paytiradilar. Baliq va dengiz mahsulotlari ovlanadi (dimyoda 3-o‘rin). Mahalliy hunarmandchilikka: jun, ponchalar tayyorlash, alpak va lamalar junidan mahsulotlar, sambrerolar, xashak shlapalar, hayvonlaming keramik shakllarini tayyorlash, yog‘och mahsulotlari, yoping‘ichlar, gilamlar, kumush bezaklar, lazuritdan buyumlar yasash. Asosiy eksport mahsulotlari: mis, mevalar, baliq mahsulotlari, losos, selluloza, kimyoviy mahsulotlar, vino, qo‘yjuni.



Download 338,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish