Jahon adabiyotining eng dolzarb muammolaridan biri uni davrlashtirish muammosidir. Adabiyotshunos olimlar jahon adabiyoti tamaddudinini quyidagicha davrlashtirib o’rganadilar:
Antik dunyo adabiyoti;
Uyg’onish davri adabiyoti;
XII-XIII asr adabiyoti
XIX-XX asr adabiyoti
Hozirgi zamon adabiyoti
Jahon adabiyotini davr nuqtayi nazaridan o’rganish bevosita uning jug’rofiy jihatdan tahlilini ham talab etadi. Ma’lum bir hududda adabiyotning rivojlanishi, taraqqiy etishi yoki tanazzulga yuz tutishi bevosita o’sha hududga mansub boshqa hududlar adabiy jarayoniga ham ta’sir etadi.
Yuqoridagi davrlashtirish birmuncha bahstalabdir. Chunki JAning yana qadimiy (Sharq adabiyoti (m.a. 3 ming y.dan), Antik dunyo adabiyoti (Yunon va Rim adabiyoti. m.a.2.ming y.dan eramizning 5 a.gacha), Afrika, Avstraliya, Amerika-Kanada, Okeaniya mamlakatlari adabiyoti), O‘rta asrlar (ilk 5-10a., va so‘ng 11-14 a.), Uyg‘onish kabi davrlari (14 a.dan), klatsissizm (17 a), ma'rifatchilik (18 a), romantizm (19), naturalizm (19), realizm (19 va 20 a.), modernizm (20), postmodernizm (20 va 21 a.) singari davrlari, yo‘nalishlari mavjud. Jahon adabiyotini o‘rganishda umuminsoniylik, milliylik, individuallik tushunchalarini yodda tutmoq kerak. Jahon adabiyoti manbalariga tipologik, genetik, tarixiy-madaniy yondashuv uning mazmun mohiyatini yanada teranroq ochib beradi.
“Jahon adabiyoti” fani O‘zbekistonda “Xorijiy adabiyot”, “Chet el adabiyoti”, “Tili o‘rganilayotgan adabiyot”, “Jahon adabiyoti” nomlari bilan o‘rganib kelingan. Ingliz tilidagi mamlakatlarda “World literature”, rus tilida “Zarubejnaya literatura”, “Inostrannaya literatura” kabi nomlar bilan o‘qitiladi.
Har bir davr yana o‘z ichida davrlashtiriladi. Antik adabiyot deyilganda faqat yunon va Rim adabiyoti tushiniladi. Demak, bu yerda Sharq adabiyoti degan davr tushib qolayapti. Yana O‘rta asrlar adabiyoti masalasi bor. Xullas, davrlashtirish masalasiga oxirgi nuqta qo‘yilagani yo‘q. Qolaversa, yuqoridagi davrlashtirish adabiyotning g‘arbdagi holiga ko‘ra amalga oshirilgan. Sharq adabiyoti yana boshqa bir manzaralarni beradi. Muqoyasa uchun:
1.Islomgacha bo‘lgan davrdagi adabiyot
2.Islom ta'siridagi adabiyot
3.Jahoniy ta'sirlar davri o‘zbek adabiyoti
Bu davrlashtirish prof. Q. Yo‘ldoshevga tegishli. O‘zbek adabiyotini yana professorlar B. Qosimov, N.Karimov kabi olimlar ham davrlashtirishgan. Xuddi shunday, jahon adabiyotini davrlashtirish masalasida turli xil qarashlar bor va buni tabiiy deb qabul qilish lozim. JA yana o‘z ichida o‘nlab, yuzlab davrlashtirishlarga imkon beradi. Xususan, Antik dunyo adabiyoti shunday davrlashtiriladi:
Birinchi davr (sinfiy davrgacha yoki arxaik davr);
Yunon adabiyotining antik davri. (er. av. V-IV asr)
Ellinistik va Rim davridagi Yunon adabiyoti.
Rim adabiyoti. Respublika davridagi Rim adabiyoti (er. av. III-I asr)
Imperiya davri Rim adabiyoti. (eramizdan av. I asrdan eramizning V asrigacha)
Umuman, jahon adabiyoti bir ummon bo‘lib, unga har tomondan turlicha yondashish mumkin va kerak. Muhimi, bu adabiyotning o‘zak xususiyatlarini to‘g‘ri anglab olishdir.
Savol va topshiriqlar:
1. “Jahon adabiyoti muammolari” fani nimani o’rganadi?
2. “Jahon adabiyoti muammolari” fani qaysi fanlar bilan aloqador?
3. “Jahon adabiyoti muammolari” fanining maqsadi va vazifalari?
4. Mazkur fanning obyekti va predmetini ayting.
5. Jahon adabiyotini qanday davrlashtirish mumkin?
6. Jahon adabiyoti qanday mezonlar asosida tadqiq etiladi?
Glossary
Jahon adabiyoti – world literature
Qadimiy – ancient
Taraqqiyot – progress
Adabiyot tarixi – history of literature
Adabiy meros – literary property
Badiiy tarjima – literary translation
Do'stlaringiz bilan baham: |