Mavzu: Jadvallar bilan ishlash va guruhlarni shakllantirish, nomlash Manzil: Qo’shko’pir tumani "Xosiyon" qishlog’i



Download 79,36 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi79,36 Kb.
#594732
Bog'liq
Mavzu Jadvallar bilan ishlash va guruhlarni shakllantirish, nom

Loyiha pasporti


Mavzu: Jadvallar bilan ishlash va guruhlarni shakllantirish, nomlash

Manzil: Qo’shko’pir tumani “Xosiyon” qishlog’i


Maqsad va vazifalar: O’quvchilarning mustaqil tarzda sxemalar yaratishi orqali ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Sxemalarni tahlil qilish, dars jarayonida guruhlarni shakllantirish va nomlash,
Vositalar: Jadvallar, tarqatmalar, slayd



D arslarni sxemalab tushuntirish o’qituvchiga ham, o’quvchiga ham qulay hisoblanib, o’quvchilarni qiziqishlarini orttiradi, eslab qolishi ham oson bo’ladi. Masalan; “Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi” mavzusi bo’yicha quyidagi sxemalardan foydalanib mavzuni yoritish mumkin:






O’quvchilarning mustaqil tarzda sxemalar yaratishi orqali ularning fikrlash qobiliyati rivojlanib boradi. Sxemalarni tahlil qilib ma’lumotlarni bir biriga tegishli yoki tegishli emasligini farqlash ko’nikmalari hosil boladi. Agar topshiriqlar guruhlarda yoki juftliklarda amalga oshirilsa o’quvchilarda o’zaro bir biri bilan muloqat qilish, birovlarni fikrini tinglay bilish va asosiysi o’z fikrlarini boshqalarga yetkaza olishdek hayotda eng zarur bo’lgan ko’nikmalarni shakllanishiga olib keladi. O’qituvchilarga esa ta’lim berayotgan o’quvchilarining qay darajada o’zlashtirayotganini va bo’shliq tomonlarini tezda aniqlash imkoniyatini beradi. Masalan, “Ichki sekretsiya bezlari” mavzusini quyidagi sxema yordamida izohlash mumkin.



Ichki sekretsiya bezlari




Tashqi

Ichki

Aralash

Ter, yog’, sut, so’lak, me’da va ichak shilliq qavatidagi bezlar

Gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqonoldi, ayrisimon, buyrak usti

Oshqozon osti va jinsiy bezlar

Ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar tashqi muhitga chiqariladi

Ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar qon va limfaga quyiladi

Ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar tashqi muhitga va qon, limfaga quyiladi



Ichki sekretsiya bezlari

Gipofiz

Epifiz

Qalqonsimon

Qalqonoldi

Ayrisi-mon

Buyrak usti

Somato-trop

Melatonin

Tiroksin

Paratgor-mon

Timozin

Katexola-min

Bolalar va o’smirlar-ning o’sishini boshqaradi

Pigment almashinuvini boshqaradi

Moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok metadi

Kalsiy, fosfor almashinu-vini tartibga soladi

Bolalarning o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi

Arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi

Gigantizm, nanizm

Pigment almashinuvi buziladi

Bo’qoq, Bazedov kasalligi kelib chiqadi

Tutqanoq (tetaniya)

Vaqtidan ilgari balog’atga yetish belgilari paydo bo’ladi

Stress holati yuzaga keladi

Darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda guruhlarda ishlashning ahamiyati juda katta. Guruhlarda ishlash uchun har bir darsda guruhlarni qayta shakllantirish bilan bir qatorda nomlash zarur. Biologiya darslarida guruhlarni shakllantirish va nomlashning quyidagi usullariga to’xtalib o’tamiz.


“Bu nima?” mashqi orqali sinflarda guruhlarni shakllantirish va nomlash.
Maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish, ekologik, estetik tarbiya berish.
7-sinfda “Dasht va cho’l qushlari” mavzusida guruhlarni quyidagi usulda shakllantirish va nomlash mumkin:
Sinfda 28 ta o’quvchi bo’lsa mavzuga oid 28 ta ma’lumot o’quvchilarga tarqatiladi. Masalan:

  1. Ularning yirik oyoqlari kuchli rivojlangan bo’lib, yerda yaxshi yuradi va tez chopadi.

  2. Ular o’rtacha kattalikdagi, qanotlari uzun qushlar bo’lib, yaxshi yuradi.

  3. Yer yuzidagi eng yirik qush.

  4. O’lkamizning dasht va cho’llarini ularsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

  5. Ochiq dasht va cho’llarda uchraydi.

  6. Butalarning ostiga, yer ustiga tuxum qo’yishadi.

  7. Ularning bo’yni uzun va patsiz, boshi kichikroq va yassi bo’ladi.

  8. Boshining ustida uzun patlaridan iborat kichkina toji bo’lgani uchun, qanotlarini pirillatib, yoqimli sayrab osmonga tik ko’tariladi.

  9. O’bekistonning past tekisliklarida uchraydi.

  10. Qizilqumda, Amudaryoda, Zarafshon va boshqa daryolarning vohalaridagi cho’llarda gala-gala bo’lib in quradi.

  11. Ularning gavdasi og’ir, qanotlari yaxshi rivojlanmagan.

  12. Qor ko’p yog’ib, oziq taqchil bo’lgan qish kunlari ular yo’l bo’ylari va qishloqlar yaqinida o’ziga oziq qidiradi.

  13. Ularning patlari yer rangida bo’lganidan ochiq dashtlarda uzoqdan sezilmaydi.

  14. Turli o’simliklarning urug’I va yosh novdalari, shuningdek hasharotlar bilan oziqlanadi.

  15. Patlari zich, yelpig’ich hosil qilmaydi.

  16. Ularning sayrashi cho’lga bahor kelganidan darak beradi.

  17. Oq va qora yo’lli qanotlari uchganida ola-bula bo’lib ko’rinadi.

  18. Yoz va kuz oylarida ularning galasi hosil yig’ishtirilib olingan bug’doy va zig’ir ekilgan dalalarga borib donlaydi.

  19. To’sh suyagining qirrasi boshqa qushlarnikiga o’xshash kengaygan toj hosil qilmaydi.

  20. Ular mart oylarida juft hosil qiladi, aprelda yerdagi chuqurchaga tuxum qo’yadi.

  21. Ko’zi juda o’tkir bo’lganidan xavfni uzoqdan payqaydi.

  22. Bu qushlar galasi ertalab 8 dan 12 gacha va tushdan so’ng 15 dan keyin suv ichishga borishadi.

  23. Ular ucholmaydi, ammo muskulli uzun oyoqlari yordamida yaxshi chopadi.

  24. Ular bahor va yoz mavsumida turli hasharotlar, kuz va qishda esa o’simlik donlari bilan oziqlanadi.

  25. Urg’ochilari 5-6 sm uzunlikdagi och kulrang tuxumlarini tuproq ustidagi chuqurchaga qo’yadi.

  26. Asrimizning o’rtalarigacha O’rta Osiyo cho’llarida ularning minglab galasi uchib yurar edi. Hozir bu qushlar juda kamayib ketgan.

  27. Ikki barmoqli oyoqlarining tovoni qalin teri bilan qoplanganidan issiq qumda ham ularning oyoqlari qizib ketmaydi.

  28. Jo’jalarini faqat hasharotlar bilan boqadi.

1, 5, 9, 13, 17, 21, 25-ma’lumotlarni tanlagan o’quvchilar “Tuvaloqlar turkumi”
guruhi, 2, 6,10, 14, 18, 22, 26- ma’lumotlarni tanlagan o’quvchilar “Bulduruqlar turkumi” guruhi, 3, 7, 11, 15, 19, 23, 27-ma’lumotlarni tanlagan o’quvchilar “Tuyaqushlar turkumi” guruhi, 4, 8, 12, 16, 20, 24, 28-ma’lumotlarni tanlagan o’quvchilar “Chumchuqsimonlar turkumi” guruhlari shakllantiriladi.

Biologiya darslarida o’tilgan mavzularni mustahkamlashda “Bu nima?” usulidan foydalanish mumkin.


6 sinflarda “Ikki urug’palli o’simliklar sinfi” mavzusini mustahkamlash uchun guruhlarga o’simliklar ta’riflari beriladi. Agar guruhlar birinchi ta’rifda topishsa “5” ball, ikkinchi ta’rifda topishsa “4” ball, uchinchi ta’rifda topishsa “3” ball bilan rag’batlantiriladi.
1-guruh.
1-ta’rif: Sabzavot o’simliklari qatori ko’p ekiladigan ikki yillik o’simlik.
2-ta’rif: U may oyida gullaydi, gullari mayda, shoxlari uchidagi barglar qo’ltig’ida joylashgan to’pgullarda o’rnashgan.
3-ta’rif: Mevasi sentabrda pishadi, uning mevasi gulq’org’on bargchalari bilan qo’shilib o’sgan yong’oqchadir. (Lavlagi)
2-guruh. 1-ta’rif: Poyasi dag’al tuklar bilan qoplangan, bo’yi 10-30 sm keladigan bir yillik o’t.
2-ta’rif: Ildiz bo’g’izida joylashgan barglari qisqa bandli, patsimon bo’lingan, poyadagilari esa o’troq bandsiz.
3-ta’rif: Uning yer ustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon ketishini to’xtatishda ishlatiladi.
3-guruh. 1-ta’rif: Uni barcha sug’oriladigan yerlarda, ariqlar bo’yida va ekinlar orasida uchratish mumkin.
2-ta’rif: Poyasi sershox, yer bag’irlab yoki yonboshlab o’sadi.
3-ta’rif: Uning quritilgan bargi, guli va urug’I xalq tabobatida ichni yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Download 79,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish