Mavzu: Turkiy tillar va ular orasida o'zbek tilining tutgan o'rni.
R E J A :
1.
Eski o'zbek tili haqida.
2.
Qadimgi turkiy adabiy til
3.
Turk runiy yozuvi va uning yodgorliklari.
O'zbek tili turkiy tillarga mansub bo'lib, oltoy nazariyasiga ko'ra mo'g'ul,
tung'us-manjur, koreys va yapon tillari bilan birgalikda oltoy tillari oilasini tashqil
qiladi.
Shunga ko'ra turkiy tillarning, jumladan, o'zbek tilining tarixi, oltoy tillarining
qadimgi bir til bo'lgan – oltoy davridan bolanadi. Oltoy bobo tili dastlab tunguz-manjur
va turk-mug'ul tillariga; turk-mug'ul tili esa turk va mug'ul tillariga ajralgan. Shundan
so'ng turkiy tillar tarixida xun davri (miloddan avvalgi III asrdan milodiy IY asrgacha)
boshlanib, turkiy tillar ikki tarmoqqa – sharqiy xun va g'arbiy xun tillariga bo'linadi.
Turkiy tillar tarixida xun davrining alohida ko'rsatilishiga o'sha davrda Markaziy
Osiyodan Sharqiy Yevropagacha xududni ishg'ol qilgan xun xonligini vujudga kelib,
keyinchalik ikkiga ajralishi asos qilib olinadi.
So'nga milodning Y asridan X asrigacha bo'lgan uzoq vaqtni o'z ichiga olgan
turk davri keladi. Umumxalq o'zbek tilining tarixi oltoy davridan boshlansa, o'zbek
adabiy tilining tarixi yozma yodgorlklarni mavjud bo'lgan qadimgi turk davridan
boshlanadi. Bu davrning obidalari barcha turkiy xalqlar uchun mushtarakdir.
Hozirgi o'zbek tili qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan. Turkiy tillar o'rasidagi
qarindoshlik, yaqinlik sintaktik qurilmalarining birligida, so'z o'zgartiruvchi, so'z
yasovchi, shakl yasovchi affikslarning o'xshashligida, tovush tuzilishi va lug'at
boyligidagi barqaror, zaruriy tushunchalarni bildiradigan so'zlarning umumiyligida
yaqqol ko'rinadi. Ana shu umumiy belgilarga tug'ri kelmaydigan fonetik, leksik va
qisman grammatik farqlar til taraqqiyotining so'ngra davrlarida paydo bo'lgan
xususiyatlardir. Hozirgi turkiy tillarning o'ziga xos xususiyatlari, ularning mustaqil tillar
sifatida taraqqiy etishidan dalolat beradi.
O'zbek tili turkiy guruxga kiruvchi tillardan biri bo'lib, undagi fonetik,
morfologik, sintaktik, leksik o'xshashliklar Markaziy Osiyoda istiqomad qiluvchi
uyg'ur, qozoq, qoraqalpoq, qirg'iz, turkman xalqlarining tillarida ko'proq uchraydi. Bu
o'zbek xalqining til jihatdan yuqoridagi xalqlar bilan uzoq vaqtlardan bo'yon ijtimoiy
munosabatda bo'lib kelganligining natijasidir. Shuning uchun ham ma'lum o'ziga
xoslikni hisoblamaganda, o'zbek, qozoq, qirg'iz, uyg'ur, qoraqalpoqlar bir-birlarini
qiynalmasdan tushuna oladi. Ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari va diniy
e'tiqodlarida ham mushtaraklik bor. Agar yoqut tuva, hakas tillarini olsak, ularda o'zbek
tili bilan mushtaraklik bo'lsa ham, lekin uzoq vaqtlardan beri ijtimoiy aloqaning
bo'lmaganligi (ruslar bilan bo'lgani), yashash sharoitlarining, tirikchiligining har xilligi
tufayli til xususiyatlarida farqlar ko'p. Birgina leksikasini olsak, masalan, yoqut tilida
chorvachilik bo'yicha kiyik, los tarmoqlari rivojlangan. Ana shu sohaga oid so'zlar
atamalar juda ko'p. Bog'dorchilik, paxtachilik, poliz ekinlariga oid so'z atamalar yo'q.
O'zbek tilida esa bu sohaga xos so'zlar juda ko'p.
Bunday o'xshashlik va farqlarni Volgabo'yi, Kavkaz, Sibir va boshqa
xududlarda yashaydigan turkiy xalqlarning tillarida ham uchratish mumkin. Turkiy tillar
o'rtasida o'xshash va farqli xususiyatlar fonetika, morfoloiyadagina emas, balki
leksikada ham yaqqol ko'rinadi. Masalan: o'zbek tilida boshoq; uyg'ur tilida bashaq-
15
mashaq; qozoq, qoraqalpoq tillarida masaq; turkman tilida summul (ar, sumbula); yoqut
tilida kuolas (rus, kolos) va sh.k.
Turkiy tilli xalqlar miqdor jihatdan dunyoda katta o'rin tutadi.
Ular:
1.
Mustaqil davlatlarga ega bo'lgan turkiy xalqlar:
1) turk, 2) o'zbek, 3) qozoq
4) turkman
5) ozarbayjon
6) qirg'iz
II.
Muxtor jumhuriyatlardagi turkiy xalqlar:
7) qoraqalpoq,
8) tatar,
9) boshqird
10) tuva
11) chuvash
12) yoqut
III.
Muxtor viloyatlardagi turkiy xalqlar:
13) oltoy,
14) xakas
IY. Ko'p millatli jumhuriyatlar va muxtor jumhuriyatlarda yashovchi
turkiy xalqlar:
15) gagauz (Moldava),
16) qorachoybolqor (Kabardin-Bolqor muxtor jumhuriyati va Qorachoy-Cherkas
muxtor viloyati)
17) qirim-tatar (Qirim, O'zbekiston va Qozog'iston),
18) qumiq (Dog'iston muxtor jumhuriyati),
19) nug'oy (Rossiya)
Y. Uyg'ur (Sharqiy Turiston, shuningdek Qozog'iston va O'zbekistonda
ham yashaydi.)
Turkiy tilda so'zlashuvchi yana shunday elatlar mavjudligi, ularning ona tili
asosan maishiy hayotda foydalaniladi, ijtimoiy vazifasi juda chegaralangan. Ular
o'zlarining ramiy yozuvlariga emas, zarurat tug'ilganda, eski alifbodan foydalanadilar.
Bunda karaim, shor, sulim tillari kiradi. ushbu tillar bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib
borilgan.
Turkiy tilda so'zlashuvchi xalqlar Afg'oniston, Eron, Xitoy, Yugoslaviya,
Gresiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham yashaydi.
Ulardan birgina o'zbeklarni olsak, O'zbekiston jumhuriyatidan boshqa,
Tojikiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'iziston va Qoraqalpog'istonda ham bu tilda
so'zlashuvchi millionlab o'zbeklar istiqomat qiladi.
O'zbeklar xorijiy o'lkalardan Afg'onistonda, Xitoyning uyg'urlar yashaydigan
viloyatlarida, Turkiya, Eron qisman Germaniya Amerika va boshqa joylarda turg'un
bo'lib qolganlar.
O'zbek tilining turkshunoslikdagi obro'yi keyingi yillarda ortib bormoqda. Bu til
hozir Amerikaning ko'pgina universitetlarida Germaniya, Turkiya, Hindiston va
Afg'onistonda alohida o'rganilmoqda. O'zbek tili uning tarixi va mumtoz
adabiyotimizga oid kitoblar, ilmiy tadqiqotlarning xorijda nashr qilinishining o'ziyoq
fikrimizni tasdiqlaydi.
XY asr olamida ulug' mutafakkir shoir, madaniyat va davlat arbobi Alisher
Navoiyning mashaqqatli mehnati, izlanishlari hamda Husayn Boyqaroning homiyligi
tufayli turkiy tillar orasida o'zbek tilining mavqei jahon miqyosiga ko'tarilgan edi. Ana
shu vaqtda adabiy til bo'la oladi deb amaliy va nazariy jihatdan isbotlangan eski o'zbek
16
(turkiy) tilimiz bizning davrimizgacha o'zining asosiy fonetik, grammatik va lug'at
xususiyatlarni saqlagan holda yetib keldi. Hozirgi tilimiz eski o'zbek adabiy tilining
davomi-o'zbek xalqining davlat tili sifatida keng xalq ommasiga xizmat qilib kelmoqda.
Turkiy xalqlar bizga ma'lum bo'lgan eng qadimgi yozma yodgorliklari
eramizning Y-X asrlariga mansub bo'lib, turkshunoslikda bu davrni qadimgi turkiy til
deb yuritiladi. Yozma yodgorliklar tili adabiy til me'yorini belgilashda asos bo'la oladi.
Chunki yozma til, ma'lum darajada tartibga solingan, me'yorlashtirilgan bo'ladi.
Shuning uchun ham o'zbek adabiy tilining tarixi yozma yodgorliklari ma'lum bo'lgan
qadimgi turk davridan boshlanadi.
Shuni ta'kidlvash lozimki, eng ko'xna yodgorliklar tili har qanday fikrni
ifodalashga qodir, rivojlangan, fonetik, grammatik, uslubiy jihatdan mukammal til
bo'lgan. Demak, turkiy til bunga qadar ham ulkan taraqqiyot davrini bosib o'tgan degan
xulosaga kelish mumkin. Lekin, u davrlarga oid yozma yodgorliklar saqlanmagan.
qadimgi turk dariga mansub yodgorliklar turk runiy (urxun enasoy), uyg'ur
moniviy, sug'd, braxma, suryoniy yozuvlaridadir.
Hozirgi paytda «Turk runiy», «urxun enasoy» atamasi bilan yuritiluvchi yozuv
turkiy xalqlarning bizga ma'lum bo'lgan eng eski xatidir. Turk runiy yodgorliklari XYII
asrning II yarmidan ma'lum bo'la boshlaganiga qaramay, ularni to'liq o'rganish ishlari
bir muncha kech ushbu yozuvni o'qiy boshlaganlaridan keyin avj oldi.
Turk runiy yodgorliklarini eng yiriklari turk amaldorlari xotirasiga qo'yilgan
qabr toshlaridir. Bu xatning toshlardan tashqari oltin, kumush, yog'och, sopol
buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Shuningdek, Sharqiy Turkistondagi qog'ozga
bitilgan yodgorlik ham topilgan.
Jug'rofiy o'rni til yozuv xususiyatlarga ko'ra runiy yodgorliklarni uch guruhga
ajratish mumkin:
1.
Enasoy yodgorliklari.
2.
Talas yodgorliklari.
3.
Urxun yodgorliklari.
Enasoy atroflari Tuva, Oltoy, Xakasiya, Krasnoyarsk o'lkalaridan topilgan
bitiklar Enasoy yodgorliklari guruhiga kiradi. ular toshlarga, qoyalarga bitilgan bo'lib,
orasida tanga, metall buyumlar, oltin va kumushga yozilganlari ham uchraydi. Enasoy
yodgorliklari u qadar yirik ikki emas: eng yiriklari o'n-o'n besh yo'lli, kichiklari – bir,
ikki, uch yo'lli matnlardir. Enasoy yodgorliklari runiy bitiklarining qadimiylaridan
bo'lib, Y-YII yuz yilliklarga to'g'ri keladi. Hozirgi kunda ushbu yodgorliklar Qizil,
Minsk, Abakan, Krasnoyarsk, Moskva, Xelsinki hamda Sankt-Peterburg muzeylarida
saqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |