Мавзу: Ызбек адабий тили тарихи фани ва унинг вазифалари



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana16.07.2021
Hajmi0,53 Mb.
#120605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ozbek adabiy tili tarixi

 

 

Mavzu: O'zbek tilining tarixiy ildizlari. 

R E J A : 

 

1. 


O'zbek tili va uning tarixiy ildizlari. 

2. 


O'zbek tilining boshqa turkiy tillar o'rtasida tutgan o'rni. 

3. 


O'zbek  adabiy  tilining  shakllanishida  turkiy  bo'lmagan  tillarning 

ishtiroki. 

4. 

Arab kitobiy tillar tradisiyasining O'rta Osiyoda yoyilishi. 



 

O'zbek  tili  turkiy  tillardan  biri  sanaladi.  U  tuzilish  jihatdan  O'rta  Osiy  va 

Qozog'iston  hududidagi  tillar  va  boshqa  tillar  qurilishiga  o'xshaydi.  Bu  narsa  o'zbek 

tilining boshqa turkiy tillar bilan qardoshligidan dalolat beradi. 

O'zbek  adabiy  tilining  tarixiy  taraqqiyot  davriga  nazar  tashlasak  olinma  so'zlar 

va so'z shakllari turli davrlarda turlicha ijtimoiy sabablar bilan kirib kelganligiga guvoh 

bo'lamiz.  O'zbek  adabiy  tilining  lug'at  tarkibidagi  so'zlar  tarixiy  shakllanishi  jihatidan 

faqat  turkiy  tillarga  xos  bo'lgan,  balki  fors-tojik,  arab,  mug'ul,  rus,  uyg'ur  tillari  orqali 

kirib o'zlashtirilgan so'zlardan iborat. 

O'zbek  tilining  lug'at  tarkibida  maishy  hayot,  kasb-hunar,  adabiyot-san'at, 

hayvonot  dunyosi,  jonivorlar,  o'simliklar,  qishloq  xo'jaligi,  tabiat  hodisalari  va  vaqt, 

masofa, o'rin-joy va boshqa sohalar xos bo'lgan tojikcha so'zlar. 

O'zbek  adabiy  tili  lug'at  tarkibida arab tilidan    qarib  o'zlashgan  so'zlar  mavjud. 

Bu so'zlarning kirib kelishi arablarning istilochilik harakatlari bilan aloqadordir. 




 

13 


Arablar  YII  asrning  II  –  yarmi  va  YIII  asrda  O'rta  Osiyoni  bosib  olganlaridan 

keyin  yerli  aholiga  majburiy  ravishda  islom  dinini  qabul  qildirganlar.  Islom  dini  bilan 

birga  arab  yozuvi  ham  keng  tarqala  boshlagan.  Maktab,  madrasa,  maschit  va  idora 

ishlari  asosan  arab  yozuvi  hamda  arab  tilida  olib  borilgan.  Arab  tilining  kitobiy  til  va 

davlat  tili  bo'lib  qolish  an'anasi  ancha  vaqtgacha  davom  etib  kelgan  ana  shu  jihatdan 

yon bossak arabcha so'z shakllari va iboralar o'zbek adabiy tiliga kitobiy til va qisman 

og'zaki so'zlashuv nutq orqali kirib o'zlashgan. 

Arablar  O'rta  Osiyoga  kelganlaridan  keyin  bu  yerdagi  mahaliy,  turkiy,  rum, 

xorazmiy, suxt kabi yozuvlarni siqib chiqarilib, ularning o'rniga arab yozuvi ishlatilgan 

edi.  Bu  arab  tili  va  yozuvining  ta'sir  doirasini  yanada  kengaytirib  yubordi.  Arab  tili 

eroniy  va  turkiy  tillarga  katta  ta'sir  ko'rsatdi.  Madaniy  saviyasi  jihatidan  arablardan 

ancha  yuqori  bo'lgan  o'zbek  va  tojik  xalqining  o'sha  davrdagi  avlodi  o'z  adabiyoti  va 

madaniyatlarini  arab  tili  shaklida  yaratishga  majbur  bo'lganlar.  Arab  tilida  ilmiy 

atamalar  puxta  ishlanganligi  uning  lug'at  boyligi  va  uslubiy  imkoniyatlari  rang-

barangligi,  qulayligi,  xususan  jahon  miqyosidagi  adabiy  tillardan  biri  bo'lgani  uchun 

mahalliy olimlar o'z asarlarini ana shu tilda  yozganlar. 

O'zbek tilida boshqa turkiy tillarga xos xususiyatlar bilan birga turkiy bo'lmagan 

tillarda  so'zlashuvchi  etnik  unsurlarning  ta'siri  ham  bor.Bu    hol  o'zbek  tili  materiallari 

asosida  turkiy  tillarga  oid  bir  qator  muammolarni  hal  qilishda    qiyosiy  –tarixiy  usulni  

joriy qilishga keng imkon  beradi. 

O'zbek  tili  tarixiy  qiyosiy-tarixiy  usul  asosida    o'rganish  natijasida    qo'shni 

qardosh  turkiy  tillarda    xos  bo'lgan  ayrim  leksik  grammatik    va  fonitek    jihatdan 

umumiliklarni  topish  qiyin  emas.  Tarixiy  lingvistik  ma'lumotlarni,yaniy  faqat  tildagi 

ba'zi  umumiyliklarigacha    nazarga  olganimizdagina  o'zbeklarning  bir  qismi  bilan 

uyg'urlar  orasida,    o'zbeklar  bilan  qozoq,  qirg'iz,qoraqalpoqlar  orasida  o'zbeklar  bilan 

turkmanlar  orasida    genetik    yaqinliklar  bo'lgan  degan  xulosaga  kelish  mumkin.  Shu 

xalqlar  tillari  orasida  umumiy  bo'lgan  hodisalarning  paydo  bo'lishiga  olib  kelgan  eng 

muhim  sabablardan  biri  xalqlar tarkibidagi  ayrim  qabila  va  urug'lar  orasida  qardoshlik 

munosabatlarining mavjudligidir. 

Tillarni  chog'ishtirib  o'rganish  tilning  leksik  va  grammatik  xususiyatlarini 

yoritish uchun, uning taraqqiyot manbalarini aniqlash uchun keng imkoniyat tug'diradi. 

Turkiy tillarning qiyosiy  va qiyosiy tarixi usul asosida o'rganishda ham muhim 

an'anaga egamiz. 

Nihoyat  o'zbek  tili  Respublikamizning  Davlat  tili  deb  qonunlashtirildi,  bu  esa 

xalqimiz tarixiy-madaniy hayotida katta voqea bo'ldi. 

Davlat  tili  haqidagi  qonunda:  «O'zbekistonda  o'zbek  xalqining  ilm-fan  tilini 

takomillashtirish  uchun  o'zbek  tilida  ilmiy  texnik  hamda  ijtimoiy-siyosiy  atamalarni 

yaratish va rivojlantirish ta'minlanadi» deyilgan. 

Keyingi  paytlarda  jumhuriyatimizda  chiqadigan  gazeta  va  jurnallarda,  radio  va 

oynai jahonda so'z atama va iboralarning qo'llashda har  – xillik bosh-yushdoqlik paydo 

bo'lmoqda. Shu bilan birga so'z  ishlatilishga bag'ishlangan maqolalarda ham bir-biriga 

zid fikrlar aytilmoqda. 

Quvonarlisi  shuki,  ko'pchilik  mualliflar    tilimizning  tabiatini  hisobga  olgan 

holda ish tutmoqdalar. 

Turkiy  tillar  bilan  mug'ul  tilini  chiqib  kelishi  nuqtai  nazardan  olib  ko'rsak  ular 

bir  katta  tillar  oilasiga  taalluqligi,  qarindosh  tillar  ekani  aniq.  Eng  qadimgi  davrlarda 

hozirgi turkiy, mug'ul, tung'uz-manjur tillari oltoy tili oilasi tarkibiga kirgan. Ular ko'p 

sonli urug' qabilalar ittifoqidan iborat bo'lib, bir-birlariga yaqin laxchalarda so'zlashgan. 

Oltoy oilasiga kirgan tillar guruhlari u vaqtda hali tom ma'noda shakllangan. O'z tabiati 

tuzilishiga ega bo'lib, ajralgan emas. 




 

14 


 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish