Mavzu: IX-XV asrlarda germaniya



Download 167 Kb.
Sana03.07.2021
Hajmi167 Kb.
#108020
Bog'liq
8.IX-XV ASRLARDA GERMANIYA


MAVZU: IX-XV ASRLARDA GERMANIYA

REJA:

  1. Germaniyada feodallashish jarayoning o’ziga xos xususiyati.

  2. Yagona nemis ilk feodal davlatining tashkil topishi.

  3. Germaniyada cherkov siyosati.

  4. German qirollarining italyancha siyosati va Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi.

  5. Saksoniya qo’zg’oloni.

  6. Germaniyada ilk feodal davlatning tashkil topishi.

  7. XI asr ikkinchi yarmida siyosiy inqiroz. Investitura uchun kurash.

  8. XI-XV asrlarda Germaniya shaharlar taraqqiyoti

  9. Agrar munosabatlar evolyusiyasi.

  10. Nemis risarlarining Sharqqa yurishlari

  11. German imperatorlarining Italiya siyosati

  12. Mustaqil hududiy knyazlar hokimyatining mustahkamlanishi.XIV-XV asrlarda Germaniya siyosiy taraqqiyoti

Tayanch so’z va iboralar:karolinglar, Verdin shartnomasi, Sharqiy frank qirolligi, Frankoniya sulolasi, german imperatori Otton I, Otton II, rim papalari. Frankoniya, Saksoniya, investiture, Muqaddas Rim imperiyasi, imperiya, Kanossa, Lambardiya ligasi, Vorms konkardati, oltin bulla, Karl IV, imperatorni saylash tartibi.
Buyuk Karl imperiyasi parchalangandan so’ng Germaniya hududida rasman Karoling qirollar hukmronlik qilardi. Lekin 911 yilda Karolinglar sulolasi hukmronligi tugagach Frankoniya gersogi Konrad I qirol qilib saylanadi. Uning vafot etishidan so’ng germaniyada hokimiyat uchun qabilalar gersoglari o’rtasida kurash boshlanib ketib 919 yilda birdaniga 2 ta qirol Genrix V Saksonskiy va Arnodlf Barvarskiy saylanadi. Ana shu yerdan Genrix I (919-936) uning vorisi Otton I (936-973) tomonidan Germaniyada yagona davlat tashkil etiladi va bunda Saksonlar sulolasi hukmron edi. (919-1024).

Otton I va Otton II lar gersoglarning mustaqil faoliyat yuritishlarini cheklash uchun cherkovdan foydalandi. Cherkovga gunchalik imtiyozlar berdiki, natijada amalda cherkovga davlatning eng muhim ijroiya organiga aylandi. Lekin shu bilan birga qirol Otton I ularni o’ziga quloq soladigan qurol qilishga harakat qildi. Cherkov diniy mansablariga nomzod ko’rsatadi, qirol bo’lsa o’z tasarrufidagi hududlarga ularni taqsimlab, nomzodlarni tasliqlaydigan bo’ldi va bu investitura huquqi degan nom bilan tarixshunoslikda nomlandi. Otton I o’z hokimiyati rasman tan olinishi maqsadi – (2) da papa ustidan ham hukmronligini ta’minlash maqsadida 951 yilda Lombardiyaga hujum qiladi va langobardlar qiroli unvoni oladi. 962 yilda u papa Otton I imperator tojini kiydirishga majbur bo’ladi papaning Italiyadagi diniy hokimiyati saqlanib qolindi papa imperatorga tobe sifatida qasamyod qiladigan bo’ldi. Shu tariqa o’rta asrlarda German qirollari boshchiligidagi «Rim» imperiyasi qaror topdi (XII asr oxiridan bu imperiya Muqaddas Rim imperiyasi deb atala boshladi).

Sakson sulolasi qirollarining birga harakatlari IX-X asrlarga kelib German qabilalarining siyosiy birlashuviga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi. Shu asosda asta-sekinlik bilan nemis xalqi shakllana boshladi va bu nom XI asr oxirlaridan shanbalarda uchray boshladi.

1073 yilda yana dehqonlar qo’zg’oloni boshlanib, unda qirolga dushman kayfiyati bo’lgan feodallar guruhi ham Otton Nortgeymskiy boshchiligida ishtirok etdi. Dehqonlarning bu harakati antifeodal qo’zg’olonga aylanashidan qo’rqib qo’zg’olon yetakchilari dehqonlar hisobiga qirol bilan muzokaraga kelishdilar (1074 y). Natijada hal qiluvchi jangda sakson feodal oltiqlari dehqonlaorni o’z holiga tashlab jang maydonidan chiqib ketdilar. Genrix IV Otton Nortgeymskiyni Saksoniyada o’zining amaldorlari sifatida tan oldi.

Investitura uchun kurashda papalik ilyuniy harakatiga tayandi. Bu harakat (910 yilda Burgundiyadagi Klyuni monastiri ba harakatni boshlab bergan) maqsadi cherkov ta’sirini kuchaytirish va ruxiy (moralniy) qadr – qiymatini oshirishdan iborat edi. Harakat cherkov tashkilotini bir tomondan feodallar ta’sirini yenga oladigan, ikkinchi tomondan qaram dehqonlar qarshiligiga turib Bera oladigan kuchga aylantirishi kerak edi.

1059 yilda Lateran soborida papalik faqat kardinallar saylashi kerakligini ta’kidlandi va shu asosda 1073 yilda Gildebrant (Kiyuniy harakatining tarafdorlaridan bo’lgan Shimoliy Italiyalik Monax) Grigoriy VII nomi bilan papa qilib saylandi. Papa lavozimiga o’tirgach u o’z dasturini hayotga tadbiq eta boshladi, bir qancha nemis yepiskoplarini o’z lavozimidan ozod qildi.

Saksoniya qo’zg’olonini bostirgandan so’ng Genrix papa Grigoriy VII qarshiligini sindirish maqsadida 1076 yilda nemis oliy dindorlarining Varmasdagi kengashida u Grigoriy VII ni haqoratlab, obro’sini yerga to’kdi. Bunga javoban papa Genrix IV cherkovdan va qirollik martabasidan mahrum qilib, qirolga qaram bo’lganlarni o’z hukmdorgi qasamyod qilishdan ozod qildi. Papaning bu harakati Germaniyada darhol aks sado berib, dunyoviy va diniy feodallarning separatistik harakatlari boshlanib ketdi.

Genrix IV Papa Grigoriy VII oldida taslim bo’ldi 1077 yilda papa huzuriga borish uchun Italiyaga yo’l oldi va Kakossa qal’asida papa bilan uchrashdi. Muarrixlarning xabar berishicha qirol qayer oldida 3 kechayu 3 kunduz sarpoygang va och turgan. Shundan so’ng papa uni huzuriga kiritgan. Qirol papaga taslimligi belgisi sifatida tiz cho’kib kechirish so’ragan.

Lekin German imperatoriva papalik o’rtasidagi kelishmovchilik bu bilan tugab qolmadi. Nihoyat 1122 yilda Vorms konkordatining imzolanishi (Genrix V va papa Kalikst II o’rtasida) o’rtadagi munosabatlarni ma’lum darajada tartibga soldi.

XI-XV asrlarda Germaniyada shaharlar taraqqiyoti.

G’arbiy Yevropa mamlakatlarida bo’lgani singari X asr oxirlarida Germaniya hududida ham shaharlarning rivojlanishi kuzatila boshlandi. XII asrda ular soni 50 bo’lsa, XIII asrga kelib shaharlar soni 500 tagacha o’sdi. Bu shaharlar orasida asosiy qismi hunarmandchilik va savdo markazlari edi. XII asrdan boshlab Germaniyada tosh imoratlar qurish boshlandi.

Nemis shaharlarida sexchilik nisbatan oldinroq vujudga keldi va taraqqiy etdi. Mayns to’qimachilik (1099), Vorms baliq savdosi (1106-1107), Vyursburg ediko’zlari (1128) sexlari eng qadimgi sexlardan edi. Undan tashqari ayollar sexlari ham faoliyat yuritgan.

XI-XIII asrlarda Reyn bo’yi xavzasida shaharlarda o’z-o’zini boshqarish huquqi uchun kurashlar avj oldi. Natijada ayrim shaharlar ma’lum avtonomiyaga ega bo’ldilar (Kyoln, Vorms, Shpayer, Regensburg kabi) va ular erkin shahar degan nom oldilar. Bevosita qirol sen’ori hisoblangan «imperiya» shaharlar ham avtonomiyadan, ba’zan to’la mustaqillik huquqidan foydalanganlar.

Shaharlardagi ichki ishlar saylab qo’yilgan shahar ??? tomonidan hal qilingan bo’lsada, hokimiyat patrislatlar qo’lida edi. XIII asrdan sexlar shahar siyosiy boshqaruvida ishtirok etish uchun kurash boshladilar, ayrim shaharlarda (Freyburg, Goslar, Ulm) ular shahar kengashi saylana olganbo’lsalar, lekin ko’p hollarda bu kurash muvaffaqiyatsiz tugadi.

Shaharlarda hunarmandchilik taraqqiyoti, qolaversa ularning muhim Savdo yo’nalishlarida joylashganligi ular sonining tezlik bilan ko’payishiga va ayni paytda taraqqiyotiga xizmat qildi.

XIII-XIV asr oralig’ida Germaniyada shaharlar 3500 ga yaqinlashdi, ularnnig asosiy qismini aholisi kishiga yaqin bo’lgan va ko’proq agrar munosabatlar bilan bog’langan (shaharlar tashkil etardi).

Bu davrda Germaniyada yirik shaharlar (aholisi 3 – 10 ming kishi atrofida) va juda yirik shaharlar (aholisi 20 mingdan ziyod – Kyoln, Strasburg, Lyubek kabi) tarmog’ini uchta asosiy zonaga ajratish mumkin.

Birinchi zona – Shimoliy German shaharlari (Bremen, Gamburg, Lyubek, Vismlar kabi). Bular Shimoliy va Boltiq dengizi bo’ylarida joylashgan bo’lib, London va Novgorod, Bryugge va Bergen orasidagi dengiz savdosida ishtirok etar edilar.

Ikkinchi zona – Janubiy German shaharlari, (Augsburg, Nyurenberg, Bazel, Vena kabi) ular asosan Dunay xavzasi hududlari, shuningdek Italiyada Milan orqali Venesiya va Genuya savdo yarmarkalari bilan savdo munosabatida edilar.

Uchinchi zona – Kyoln va Strasburg oralig’idagi shaharlar bo’lib, ular janub va shimol o’rtasidagi, shu bilan birga Yevropa doirasidagi savdoda ishtirok etar edilar.

Shaharlarda ishlab chiqarilgan maxsulotlar asosan mahalliy bozorlarga chiqarilgan bo’lsa-da, lekin ayrim maxsulotlarning dovrug’i mamlakat tashqarisida ham mashhur edi. Janubiy German shaharlarida ishlab chiqarilgan qimmatbaho paxta va zig’ir tolali matolar, shu jumladan paxmoq gazlamalarga Italiya va Ispaniyada talab katta edi. Nyurenberg temirchilarining ishlab chiqargan maxsulotlari umum Yevropa miqyosida tarqalgan edi. Germaniya o’z ehtiyojlari uchu nasosan dag’al movutlar ishlab chiqarsada, mamlakat tashqarisiga Mayin movut chiqarilgan Kyoln movutchilari xatto Flanmandriya movutchilari bilan ham raqobatlasha olar edi. Asta-sekinlik bilan yuqoridagi kabi hunarmandchilikning ma’lum tarmog’i bilan topilgan shaharlarda bozor munosabatlari asosidagi ishlab chiqarish alomatlari shakllana bordi.

XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib Ganzaga o’xshash Shvab va Reyn shahar ittifoqlari tashkil topib, 1381 yilda ular birlashadilar. Bu koalisiyaga 50 dan shaharlar uyushgan bo’lib, ular risarlik faoliyatiga ham katta e’tibor berdilar va shu maqsadda muqaddas Yorgen qalqoni jamiyati, Muqaddas Vilgelm jamiyatlarini tuzdilar. Bu risarlik ittifoqlari ta’sir doirasini kengaytirish uchun shaharliklar bilan kurashga kirishdilar. Lekin 1388 yilda bu ittifoq mag’lub qilindi.

Shaharlar paydo bo’lishi bilan tovar-savdo munosabatlarining rivojlanishi feodal xo’jaligi bilan birgalikda dehqon xo’jaliklariga ham ta’sir qildi. Ayni paytda bu jarayon agrar tuzum xarakterida, feodal majburiyatlarida ham o’zgarishlar yasadi. Germaniyaning ko’pgina hududlarida XII-XIII asrlarga kelib qaram dehqonlarning barshina mehnatiga asoslangan eski votgina tizimi yemirila boshlandi. Uning o’rniga sof sen’oriya (gistiya) shaklidagi mehnat tizimiga o’tishdi. Uning asosiy xususiyati shunda ediki, unda mustaqil xo’jalik hukmronligi to’liq yoki qisman bartaraf etilgan edi.

Oldingi zodagonlar yerlari ma’lum bir bo’laklarga bo’linib ular meyerlarga (dastlab badavlat dehqonlardan chiqqan votgina boshqaruvchilari, keyingi barcha ijarador-dehqonlar shunday atalgan) ijaraga berilgan. Angliya va Fransiyada farq qilib Germaniyaning aksariyat hududlarida bu ajarachilar o’z yer bo’laklarining merosiy egalariga emas, aksincha qisqa muddatli ijarachilarga aylanganlar. Bunda ijaraga dehqonlar o’z sen’orlariga ko’pincha hosilning ¼ dan to yarmigacha bo’lgan miqdorda natural obron va unga qo’shishga pul to’lovini ham to’laganlar. Lekin bu «sof sen’oriya» Germaniyaning hamma joyida ham tarqalgan emas. Janubiy-G’arbiy va O’rta Germaniyaning ayrim hududlarida eski votgina tizimi saqlanib qolgan edi. Lekin ularda ham asta-sekinlik bilan pul rentasiga o’tish kuzatiladi. Natijada shaxsan ozod dehqonlar soni ko’paydi, ular feodalga pul obrogi-chinm to’lab turganlar. «Sof sen’oriya» tarqalgan hududlardan farqli ravishda bu yerdagi dehqonlar o’z yerlarining merosiy egalari hisoblanib, ba’zan ma’lum darajada egalik huquqini mustahkamlaganlar.

Agrar tizimdagi o’zgarishlar o’z navbatida dehqonlarning toifalanishiga ham ta’sir qildi. Bir necha dehqonlar yer bo’lganlarini (guf) birlashtirgan badavlat dehqonlar yoki kambag’allashib qolgan toifadoshlari ijora asosida ishlatadigan dehqonlar qatlami paydo bo’ldi. Germaniya dehqonlar doimo feodal ekspluatasiyasiga qarshi kurashib kelganlar. Lekin XII-XIII asrlardagi dehqonlar chiqishlar ko’proq lokal xarakterga ega edi. Lekin XIII asrdan boshlab dehqonlar chiqishlari keng qamrovli tus oldi. Bu qo’zg’olonlar ko’proq ozod dehqonlar toifasi saqlanib qolgan Shimoliy Germaniyada kuzatiladi. Masalan 1114 yilda graf Rudolf fon Shtedga qarshi Ditmarshen qo’zg’oloni; 1132 va 1153 yildagi frizlarning graf Gllandskiyga qarshi qo’zg’olonlarini keltirish mumkin. 1285 yildagi Gil Koiup boshchiligidagi qo’zg’olonni (unga berilgan nomga ko’ra «yog’och boshmaklilar») ayrim shaharlar qo’llab – quvvatlaganlar.

XI-XV asrlar Germaniya tarixi uchun xos bo’lgan jihatlardan yana biri shunda ediki, hududda garchi qirollik (imperatorlik) hokimiyati mavjud bo’lsada, lekin XI asr oxiri XII asr boshlaridan bu yerda hududiy knyazlikliklar paydo bo’la boshlaydi va XII-XIII asrlardagi iqtisodiy rivojlanishi natijasida ular xokimiyati yanada mustahkamlanadi. Ko’p hollarda xududiy knyazlar hokimiyatining mustahkamlanishi nemis feodallarining Sharqqa-Polab slavyanlari va Sharqiy Boltiq bo’yi xalqlari hududlariga uyushtirilgan hujumlari ham sabab bo’lgan edi. (Bu yurishlar Drang nach Osten deb atalgan) Italiya va salib yurishlaridagi muvaffaqiyatlikdan so’ng tarqoq slavyanlar yerlariga hujum qilish ancha oson va foydali edi. Bu yurishlarda asosiy rolni imperatorlar emas, balki xududiy knyazlar va ularga xizmat qilgan mayda risarlar o’ynaganlar. Shuningdek unda nemis shaharlari ham ishtirok etganlar.

Bavariya va Saksoniya gersogi Genrix Sher (Velflar sulolasidan) 1170 yilda obodritlar yerlarini egallab, u yerda o’ziga qarash bo’lgan Maklenburg gersogligini tashkil qiladi. Shuningdek u slavyanlarning Oder va Visla oralig’idagi hududlarini ham bosib oladi. Lyutiglar yerlarini bosib olgan Albrext Medved (Ayiq) u yerda Brandenburg markgrafligiga asos soladi, shu hududda Berlin shahri (manbalarda 1237 yildan tilga Olina boshlaydi) paydo bo’ladi.

Nemis risarlarining sharqqa yurishlariga rahnamolik qilgan Katolik cherkovi tomonidan (papa Innokentiy III) 1202 yilda yangi Qilichbardorlar diniy risarlik ordeniga asos solinib, ular XIII asr o’rtalarida hozirgi Latviy va Estoniya hududlarining bir qismini bosib oldilar. Falastindan Boltiq bo’yiga ko’chirilgan Gevton ordeni hali shunday bosqinchilik ishiga jalb qilindi. Har ikkala orden 1237 yilda yagona Gevton ordeniga birlashib Rus yerlariga yurishi Novgorod knyazi Aleksandr Nevskiy tomonidan to’xtatildi (1242 yilda Chud qo’li yaqinida).

Bosib olingan hududlardagi aholi zo’rlik bilan siqib chiqarildi va turli ko’rinishdagi yengilliklar bilan hududni o’zgartirish uchun nemis dehqonlarining jalb qilinishi bu Elbabo’yi hududlarining iqtisodiy rivojiga Omil bo’lib xizmat qildi.

Nemislarning Dunay bo’yi hududlarga yurishlari anchayin tinch xarakterda bo’lib, bu yerda X asr oxirida Sharqiy yoki Avstriya markasi tashkil topdi (XIII asrdan gersoglikka aylandi).

Nemis feodallarining Sharq yurishlaridan farqli ravishda Italiya va papalikni bo’y sundirishga shaxsan German imperatorlarining o’zi boshchilik qildi. Bu siyosatni faol darajada amalga oshirganlardan biri Gogenshtaufenlar sulolasidan bo’lgan (1138-1254) Fridrix I Barbarossa 1152-1190 hisoblanadi. U dastlab imperatorlik tojini kiyish maqsadida 1154 yilda Rimni egallaydi va u yerda tojni kiyadi.

1158 yilda Ronnal vodiysida Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlari vakillarini to’playdi va ular orasidagi bir-biriga dushmanlik kayfiyatidan foydalanib seymda shaharlarni o’z-o’zini boshqarish huquqidan mahrum etadi va uning o’rniga imperator tomonidan tasdiqlanadigan, saylab qo’yiladigan konsul amaldorlari – podesta boshqaruvi joriy qilinadi. Amalda bu Shimoliy Italiya shaharlarining to’liq imperatorga bo’y sunishini anglatar edi.

Fridrix I o’z hukmronligi o’rnatish maqsadida keskin choralar ko’radi. Bunga javoban Shimoliy Italiya shaharlaridan 22 tili birlashib, 1167 yilda Lombardiya ligasiga asos soladi va imperatorga qarshi kurash boshlaydi. Ligaga papa Aleksandr III ham faol yordam beradi. 1176 yildagi Ancha va imperator o’rtasidagi hal qiluvchi jangda nemis risarlari mag’lub etiladi. 1183 yilda Konstinsdagi sulh bilan imzolangan yarashuv amalda Shimoliy Italiya shaharlariga o’z-o’zini boshqarishni qaytarib berdi.

Italiyada o’z hokimiyatini o’rnatish uchun so’nggi urinishni Fridrix I nevarasi Fridrix II (1220-1250) amalga oshirdi. U o’z davrining mashhur imperatori edi. Sisiliyada ulg’aygan Fridrix II (Ayni paytda u Sisiliya qiroli edi, chunki uning otasi Genrix VI Sisiliya taxti vorisi bo’lgan malika uylangan bo’lib, undan meros tariqasida o’g’liga o’tgan edi) vizantiyalik, arab, yahudiy olimlari tarbiyasini oldi, Neopol universitetini tomomladi. U grek, Rim, arab mualliflari asarlarini bemalol mutoala qilar, ilmiy kuzatishlar bilan shug’ullanar va ayni paytda badiiy ijodni ham kanda qilmas edi. Undan tashqari u o’z davrida mohir diplomat va diniy masalalarni tushunib yetgan taniqli davlat arboblaridan edi. U ham bobosi singari Shimoliy va Markaziy Italiya ustidan hukmronlik qilishga urindi. Bunda Sisiliyada tayanch nuqta vazifasida foydalandi. Tanafuzlar bilan (davom etgan) 30 yil davom etgan italyan shaharlari va papa bilan davom etgan urush oxir – oqibat Gogenshtaufen Lar sulolasining inqirozi bilan tugadi.

Imperatorlarning Italiya ishlari bilan chalg’ib qolishi Germaniyaning o’zida markazlashgan hokimiyatning kuchsizlanishiga olib keldi. Masalan Fridrix II butun hukmronligi davomida bor yo’g’i 3 marta Germaniyaga kelgan va bu yerda jami hisoblaganda 9 yildan kamroq yashagan edi. Markazlashgan hokimiyat kuchsizligini hatto eng qudratli imperator ham o’z vorisi meros tariqasida qirollik tojini mustaqil ravishda topshira olmasligi ham ko’rsatib turibdi.

O’rganilayotgan davrga kelib mamlakatda feodalizasiya jarayonining yakunlanishi oldingi eski qabila gersogliklari o’rnida yuzga yaqin knyazliklar, ulardan 80 dan ortig’i diniy edi, paydo bo’lishiga olib keldi.

Undan tashqari XII asr oxiridan Germaniyada markaziy hokimiyat amalda qirollik tayanchi bo’lgan qirollik ministr komitetini ham yo’qota boshlaydi. Bu qirolnnig nufuzli amaldorlari yirik feodallarga aylanib, qirol bilan uzviy aloqadan chiqadilar.

Ba’zan German imperatorlarining o’zlari knyazlarga turli ko’rinishdagi imtiyozlar berib, ularni kuchayib ketishiga sababchi bo’lgan. Masalan Fridrix I Italiya yurishidagi yordami uchun Genrix Sherga Bavariya va bir qancha hududlarni bergan edi. Lekin boshqa knyazlarning bunga norozi bo’lishi imperatorning ularga qo’shilib Genrix Sher ustiga yurish qilishi olib keladi. Natijada Genrix Sher hukmronligiga gen qo’yiladi, undan qaytarib olingan yerlarni Fridrix I boshqa knyazlarga yana bo’lib beradi.

Imperator Fridrix II bo’lsa knyazlarni asosiy tabaqa sifatida ko’rib, ularga muhim vakolatlarni qonunlashtirib beradi. Endi knyazlar o’z hududida olib sud vazifasini bajargan, tangalar zarb qilgan, soliq va boj to’lovlarini undirgan, shaharlarga asos solganlar. Gogenshtaufenlar hukmronligi barham topgach hokimiyat uchun o’zaro urushlar (1254-1273) ham mamlakat siyosiy tarqoqligini yanada kuchaytirib yubordi. Imperatorlar endilikda o’zlari hududiy knyazlarga aylanib, o’z urug’lari hukmronligini kengaytirishga e’tibor qaratdilar. Xuddi shu siyosatni gabsburglar xonadoni vakili Rudolf (1273-1291) boshlab berdi. Elzas va Shveysariyadan hukmronlik qilgan Rudolf chex qiroli Pshemыsya II dan Avstriyani tortib oladi va o’z sulolasi qudratiga asos soladi. Lekin boshqa knyazlar bu sulola hukmronligi kuchayib ketishdan xavfsiragan knyazlar Rudolfdan so’ng taxtga uning o’g’lini o’tkazmaydilar. Shundan boshlab German taxtida Nassau, Lyusemburg, Vittalsbax, Gabsburglar sulolasi va xonadoni vakillari navbatma – navbat bir-birini ag’darib hukmronlik qila boshladilar. Bu knyazlarning imperator hokimiyatini kuchaytirmaslikka qaratilgan siyosati natijasi edi.

Knyazlar XIV – XV asrlar davomida ham imperator hokimiyatining mustahkamlanishiga yo’l qo’ymaslikka urindilar va alohida hududlar doirasida markazlashtirish siyosati davom ettirrib, qirollik taxtiga taniqli bo’lmagan Lyuksemburg grafligi hukmdori Genrix VII (1308-1313)ni o’tkazdilar. U ham o’zidan oldingi qirollar singari sulolasi hukmronligini kuchaytirish yo’lidan borib, o’g’li Chexiya qiroli vorisiga uylantirdi. Ikkinchi tomondan nemis hukmdorlarining eski an’analariga sodiq qolib, deyarli bir asrlik oraliqdan so’ng Italiyaga hujum qilib Rimda imperatorlik tojini kiyishga Musharraf bo’ladi.

Imperator huzuridagi vasallar kengashi XV asr oxiridan reyxstag deb atala boshlandi. Reyxstag ko’proq maslahat kengashi organi hisoblanib, unda biror darajada qudratga ega bo’lganlarning fikri asosan e’tiborga olingan. Reyxstag chiqargan qarorlarni ijro etish uchun Germaniyada hyech qanday muassasa bo’lmagan. Ayrim knyazliklarda Landtaglar faoliyat yuritsada, lekin ular doimiy bo’lmagan.

GERMANIYa XIV –XV ASRLARDA

XIV asr boshlariga kelganda Muqaddas Rim imperiyasi G’arbiy Yevropada yirik siyosiy tuzilma sifatida qolishda advom etgna bo’lsada, ammo ichki birlik yo’q edi. Imperiyasining yadrosini eski nemis yerlari, shuningdek Elbadan to Dunaygacha bo’lgan hududlar, bu yerlar mustamlakachilki yurishlari natijasida germanlashtirilgan edi, tashkil etgan. Undan tashqari, imperiya tarkibiga u iblan rasman bog’langan va amalda muxtor bo’lgan Shimoliy Italiya va Toskana davlatlari, Chexiya ham kirgan. XIV-XV asrlarda imperiya aniq belgilab qo’yilgan chegaralarga ega bo’lmagan, chunki chegaralar doimiy urushlar, sulolaviy nikohlar, vassallik munosabatlaridagi o’zgarishlar natijasida o’zgarib turgan. Hatto imperiya ichidagi knyazliklar o’rtaisda ham aniq chegaralar shakllanmagan edi.

Shveysariya ittifoqining paydo bo’lishi va rivoji. 1291-yilda imperiya hududida yangi siyosiy birlashma – Shvesariya ittifoqi paydo bo’ldi. Uch alp “o’rmon yerlari” – Shvisa, Uri va Untervalden yerlarining erkin jamoachilari Gabsburglarni bo’ysindirish va Sankt-Gotxarddan o’tuvchi Germaniya va Italiyani bog’lovchi muhim savdo yo’li ustidan nazorat o’rnatishiga qarshi birlashadi. Bu ittifoq “abadiy ittifoq” nomini oldi. 1315-yilda Morgarten tog’larida dehqonlardan tuzilgan shveysar piyoda askarlari Gabsburglarning risar suvoriylarini tor-mor etishga muvaffaq bo’ldi. O’zining mustaqilligini saqlab qolishga erishgan bu ittifoqqa XIV asrning o’rtalarida yana 5 ta okrug (kantonlar), shu jumladan shaharlar – Lyusern, Syurix, Bern ham qo’shildi. Uzoq yillik kurashlar vaa shveysarlarning yangi-yangi g’alabalari ushbu konfederasiyani mustahkamlash bilan ibrga uning ishtirokchilarining amalda imperiyadan avtonom bo’lishiga olib keldi. Bu voqyea 1499-yilda, shvabiya urushida “abadiy ittifoq” a’zolari tomonidan dushmanlari tor-mor etilgandan keyin sodir bo’ldi. Xlqaro miqyosda Shveysariya o’z mustaqilligini 1648-yilga kelib olishga erishdi.

XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida Shveysariya ittifoqi yana beshta yangi a’zolar, shu jumladan Bazel shahri ham, bilan boyidi va 13 ta katta bo’lmagan kanton-davlatlarning konfederasiyasiga aylandi. Konfederasiyada doimiy markaziy boshqaruv organi bo’lmagan, oliy hokimiyat vakolatini tagzatsung – kantonlar vakillarining davriy yig’ilishlari bajargan bo’lib, uning yig’ilishida fikrlar almashilgan va imkoniyatga qarab umumiy yondoshuvlar ishlab chiqilgan. Har bir kanton ichki va tashqi siyosatda mustaiql huquqqa ega bo’lsada, ammo bu huquq unga konfederasiyaning umumiy manfaati qarshi siyosat yuritish majburiyatini bermagan.

Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti. Imperatorlik hokimiyatining kuchayishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qilgan va alohida hududlar doiraisda markazlashtirishni davom ettirgan knyazlarning keyingi muvaafaqiyatlari XIV-XV asrlar Germaniya siyosiy tarqqiyoti uchun umumiy hususiyatini namoyon etadi. Knyazlar tomonidan deyarli obro’ va ta’sirga ega bo’lmagan Lyuksemburg grafining egasi Genrix VII (1308-1313)ning qirollik taxtiga olib chiqilishi ularning yuqoridagi siyosati yo’lida qilingan tadbirlardan biri edi. O’zidan oldingi o’tgan hukmdorlarning o’z sulolasi mavqyeini mustahkamlash qirollik hokimiyatining keyingi kuchayishiga xizmat qilishi bo’yicha tutgan yo’lini davom ettirib, o’g’lini Chexiya qirolining merosxo’riga uylantirdi. Bu bilan u o’z avlodlariga Chexiyani ham boshqarish imkoniyatini yaratib berishni ko’zlagan edi. Boshqa tomondan u eski nemis hukmdorlari an’analariga sodiqligini ko’rsatib, Italiyaga yurish qildi va Rimda u bir asrlik tanaffusdan keyin imperatorlik tojini kiyishga erishadi.

Lyuksemburglar sulolasining kuchayishida o’zining manfaatlariga tahdidni ko’rgan knyazlarning bir qismi Genrix VII o’limidan keyin taxtga Avstriya gersogi gabsburglar sulolasidan bo’lgan Fridrix Chiroyligini, boshqa qismi bo’lsa Vittelsbaxlar urug’idan bo’lgan Bavariya gersogi Lyudvigni (1314-1347) o’tqazishdi. Qurolli kurashda o’z raqibini yengishga erishgan Lyudvig imperiya taxtiga o’tirishga erishdi. Uning nomi bilan ko’p asrlar davom etgan imperiya va papalik o’rtasidagi kurshaning oxirgi yirik tadbiri bog’lanadi. Rim papasi Ioann XXII ning Germaniyadagi siyosiy va moliyaviy davolariga qarshi chiqqan Lyudvig bu siyosati uchun aksilpapa muxolifatining keng qo’llab-quvvatlashiga erishdi, ushbu muxolifatning asosiy qismini nemis byurgerlari va ruhonyilarining bir qismi tashkil etgan. Ushbu harakatning asosiy g’oyaviy arboblari Rim papasining dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqqan va Germaniyadan boshpana topgan Marsiliy Paduanskiy va Vilyam Okkamlar edi. Rim papasi Lyudvigni cherkovdan chetlashtiradi va unga interdikt joriy qildi, bunga javoban Lyudvig 1327-1330-yillarda Italiyaga yurishni amalga oshiradi va Rim papasi siaftida o’zining “odamini” tayinlaydi va o’zi imperatorlik tojini kiyadi. Lyudvig Bavarskiyning haddan tashqari kuchayib ketishini istamagan nemis knyazlari u hali tirikligi paytidayoq Germaniya taxtiga joimiy ravishda cherkov bilan hamjihat bo’lgan Moraviya markgrafi (tez orada Chexiya qiroli ham bo’ladi), Lyuksemburglar sulolasining vakili Karlni o’tqazadilar.



Karl IV (1346-1378) Avinon papalari bilan mustahkam ittifoqni saqlagan va birinchi navbatda o’zining asosiy tayanchi bo’lib xizmat qilishi mumkin bo’lgan resurslarning manbasi bo’lmish Chexiyaning iqtisodiy va madaniy tarqqiyoti bo’yicha qayg’urgan holda imperiyani boshqardi. Aynan uning hukmronligi davrida, 1356-yilda Germaniyaning siyosiy tarqoqligini rasmiylashtirib bergan “Oltin bulla” qabul qilindi. Ushbu hujjat to 1806-yilgacha, ya’ni Muqaddas Rim imperiyasi tugatulgunga qadar imperiyaning qonunchiligi asosi bo’lib xizmat qildi.

“Oltin bulla” ga ko’ra “imperator bo’ladigan” nemis qirolini 7 ta knyaz-kurfyuristlar – 3 tasi cherkov (Mayns, Kyoln, Trir arxiyepiskoplari) va 4 tasi dunyoviy (Chexiya qiroli, Reyn pfalsgraqi, Saksoniya gersogi, Brandenburg markgrafi) knyaz-kurfyuritslar saylaydigan bo’ldi. Qirol saylovi Mayns arxiyepiskopining tashabbusi bilan Franfurt-na-Mayneda ko’pchilik ovoz berish yo’li bilan amalga oishrilishi belgilandi. Bunda Germaniya qirolini (uni “Rim qiroli” deb atashgan) saylashda Rim papasining saylovi talab qilinmagan, faqatgina imperatorlik tojini kiydirishda Rim papalarining ishtiroki tan olingan. Ushbu bulla knyazlarning nafaqat eski imtiyozlarini e’tirof etdi, balki ularning yangi imtiyozlarini ham rasmiylashtirib berdi. Unda knyazlarning oliy sud, tog’ qazilma boyliklarini qayta ishlash, tanga zarb qilish, boj to’lovlarini yig’ish huquqini berdi. Bullada feodallarga “qonuniy e’lon qilingan” shaxsiy urushlar olib borishga (vassallarning o’z senorlariga qarshi urushidan tashqari) ruhsat beragni hold ashaharlar o’rtasidagi ittifoqlar “fitna” sifatida qaralib, bundan ittifoqlar mutloqo taqiqlandi. Umuman mazkur bulla orqali Karl IV o’z sulolasining asosiy dushmani bo’lgan kurfyuristlar kollegiyalari – Bavariya va Avstriya gersoglarining hukmdorning saylovida ishtirok etishdan mosuvo etishga va Chexiyaning mavqyeini mustahkamlashga erishdi.

O’zining o’ttiz yildan sal oshiqroq hukmronligi davrida juda kam muddatgagina Karl IV markaziy hokimiyatni mustahkamlashga muvaffaq bo’lsada, ammo Lyuksemburglar sulolasining keyingi an’analari boshlab bera oldi. Buyuk davlat qurishni orzu qilgan imperator Sigizmund (1410-1437) dahriylarni ta’qib etish orqali cherkovning birligini qayta tiklash ishida ishtirok etish va o’sib borayotgan usmoniy turklar xavfiga qarshi Yevropa davlatlarining atta koalisiyasi rejasini tuzish orqali o’zining hokimiyatini mustahkamlashni ko’zladi. Rim papasi bilan ibrgalikda u Chexyaidagi ugschilar harakatiga qarshi salib yurishlarini uyushtirdi, lekin bu harbiy yurishlar muvaffaqitya keltirmadi. Faqatgina cherkovning guschilar mo’tadil qanoti bilan kompromiss kelishuvi Sigizmundga o’z hayotining so’nggida chex qiroli degan nom bilan tan olinishiga erishuviga olib keldi.

Lyuksembubrglar sulolasi vakillari hukmronligi to’xtatilgandan keyin imperatorlik taxtiga 1438-yilda Gabsburglar keladi. Amalda imperatorlarning merosiy tarzda hokimiyatlarini o’z avlodlariga qoldirishi o’z mavqyelarini bu paytga kelib mustahkamlab ulgurgan knyazlar uchun ortiqcha jiddiy xavf tug’dirmay qo’ydi. Imperiyaning inqirozi ayni paytda boshqa bir universal mahkama bo’lgan papalikning inqirozi bilan kuchayib bordi. Germaniyada markaziy hokimiyatning kuchsizligi ayniqsa yarim asrdan ziyodroq hukmronlik qilgan Fridrix III (1440-1493) davrida yaqqol namoyon bo’lib qoldi. Uning hukmronlik davri knyazlar o’rtasidagi ko’p sonli o’zaro urushlar, uning natijasida shaharlarning talon-taroj qilinishi va qishloq joylarda butun bir hududlarning huvillab qolishi iblan xarakterlanadi. Imperatorning tinyalikni va tartibni buzishni taqiqilash chora-tadbirlari samarasiz bo’lib chiqdi, sababi uning ub talabini bajarishga majbur etuvchi real kuchi yo’q edi.

Tashqi siyosatda ham uzoq vaqtlar davomida Fridrix III ni muvaffaqiyatsizliklar tark etmadi.


  • Imperiyaning qalin ittifoqchisi bo’lgan Tevton ordeni Polsha tomonidan tor-mor qilindi va 1466-yilda Polsha qiroliga vassal ekanligini tan olishga majbur bo’ldi.

  • 1460-yilda Daniya qiroli imperiya tarkibiga kiruvchi Shlezvig va Golshteynni o’z mulklari tarkibiga qo’shib oldi.

  • 1481-yilda Fransiya imperiyaning Provans hududining egasiga aylandi.

  • Vengryai qiroli Matyash Korvin bo’lsa imperatordan hatto uning ota yurti bo’lgan Yuqori va Quyi Avstriyani va Shtiriyani tortib oldi.

Faqatgina Fridrix III hukmronligining oxiriga kelganda uning sulolasi mavqyei bir oz kuchaydi. Avstriya yerlari qaytarib olindi. Burgund davlatining qulashi va Fridrix III ning o’g’li bo’lgan Maksimilianning Burgund malikasi Mariya bilan sulolaviy nikohi Gabsburglarni Niderlandiya egasiga aylantirgan bo’lsa, Fridrix IIIning o’limidan keyin amalga oshgan nevarasi va Impaniya qirolining merosxo’ri bo’lgan malika bilan nikohi Gabsburglarni XVI asrga kelganda Yevropaning eng qudratli sulolasiga aylantirdi.

Germaniyadagi imperatorlik va knyazlik hokimiyatining umumiy ahvoli XIV-XV asrlarda nemis tabaqaviy-vakillik organlarining taraqqiyotiga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Imperiya tarkibiga kirgan imperator vassallari bo’lgan “amaldorlar” vakillarining kengashi XV asrning oxiriga kelib reyxstag degan nom bilan atala boshlandi. Bu imperiya kengashlari krfyuristlar vakillarini, boshqa diniy va dunyoviy knyazlarni va hukmdorlarni, yirik imperiya va erkin shaharlar vakillarini tarkibiga olgan edi. O’q otar qurollarning keng joriy qilinishi tufayli risarlik oldingi darajadagi tabaqaviy o’rnini boy berib qo’ydi va odddiy harbiy ahamiyat kasb etuvchi yollanma askarlarga aylandi, alohida mustaqil vakillik birlashmalariga ega emas edi. Ruhonyilar ham alohida kuriya ajratilmadi. O’zi shundoq ham kam bo’lgan shahar vakillari bilan bevosita ularning manfaatlariga doir masalalar muhokama qilinganda “hisoblashishar” edi.

Reyxstag maslahat huquqiga ega organ hisoblangan, u birinchi navbatda ortida u yoki bu kuchlar turgan turli xil ijtimoiy guruhlarning fikrlarini tushuntirish va maksimal darajada kelishtirish vazifasini bajargan. Germaniyada reyxstag qarorlarini hayotag tadbiq etish bo’yicha hyech qanday maxsus mahkam bo’lmagan. Buning uchun zarur bo’lgan umumimperiya sudi va umumimperiya hazinasi ham yo’q edi.

Germaniyada boshqa mamlakatlarning tabaqaviy-vakillik idoralariga o’xshash mahkama ham bo’lib, bu – landtag edi. Landtaglar bir qator knyazliklar hududida chaqirilgan dvoryanlar, ruhoniylar va knyazlik shaharlari vakillarining kengashi edi. Lekin o’sha pyatlarda bu kengashlar muntazam chaqirilmagan. Imperiya tarqoqligi sharoitida bo’lg’usi mintaqaviy markazlashtirishning boshida turuvchi knyazlar ayniqsa XV asrning ikkinchi yarmidan hududiy boshqaruv organlari, moliya ishlarini tashkil etishni, knyazlikni ma’muriy jihatdan okuraglarga bo’lishni, hududiy qonunchilikni yo’lga qo’yishni kengaytirdi va mustahkamladi. Knyazliklarning rezidensiyalari asta-sekinlik bilan poytaxtlarga aylanib bordi (masalan, Bavariyada Myunxen, Vyurtembergda Shtutgart, Pfalsda Geydelberg kabilar).



Lyuksemburglar sulolasi.


Gabsburglarsulolasi



XIV-XV asrlarda dehqonlar harakatlari. O’rta asrlar Yevropasida mavjud feodal tartiblar sharoitida dehqonlarni asoratga solish eng ko’p uchraydigan holatlardan ibri edi. Shu boisdan bo’lsa kerak Yevropaning aksar mamlakatlarini dehqonlarning doimiy norozilik harakatlari qamrab olgan. edi. Gurmanyaida ham dehonlarning tez-tez norzilik harakatlari ro’y brib turar edi. 1336-1339-yillarda Janubi-G’arbiy Germaniyada va bir qator hududlarda dehqonlarga qarz beruvchi shahar sudxo’rlariga qarshi qo’zg’olonlar ko’tarildi. XV asrning boshlariag kelganda Shveysariya ittifoqiga bevosita qo’shni bo’lgan Appensell viloyatida dehqonlar Avstriya va Vyurtemberg feodallari qo’llab-quvvatlashi ostida Shveysariya ittifoqiga qo’shilishga intilib, sankt-Gallen abbatligiga qarshi hatto harbiy harakatlarni olib borishdi. Bunda garchi ular mag’lubiyatga uchragan bo’lsada, ammo o’z maqsadidan voz kechmaganligi oqibatida Appensell 1513-yilda Shveysariyaga ittifoqi tarkibiga kirishga erishdi.

1439-yildan to 1445-yilgacha dehqonlarning otryadlari Yuz yillik urush tufayli Fransiyadan Janubiy –G’arbiy Germaniyaga bostirib kelgan turli qabilalar vakillaridan iborat bo’lgan yollanma otliq otryadlarga – armanyaklarga qarshi partisazlik harakatlarini olib borishdi. Chunki armanyaklar to’dasining bosqinchiligi va talonchiligi umumxalq noroziligini keltirib chiqargan edi. Shu boisdan 30-40 kishidan biorat dehqonlar otryadlari guruhlari pistirmalar uyushtirishdi, kutilmaganda armanyaklarga yo’llarda hujum qilishdi va ularning doimiy ta’minotiga talofatlar yetkazdi, bularning natijasida oxir-oqibat armanyaklar Germaniya yerlarini tark etishga majbur bo’lishdi. Aynan shu kurashlar vaqtida dehqonlar birinchi marta Bibi Maryam va dehonlarning uzun chilvirli boshmog’i tasiri tushirilgan bayroqlarni ko’tarib chiqa boshladi. Natijada “Boshmoq” dehqonlarning mustaqil harakatlari ramziga aylandi. 1460-yilda “Boshmoq” bayrog’i ostida Gegau yerlari dehqonlari Janubiy-G’arbiy Germaniyada qo’zg’olon ko’tardilar. Germaniyada ko’tarilgan bu kabi qo’zg’olorlarning oxiri ko’rinmadi. Asta-sekinlik bilan bu qo’zg’olonlarda mamlakatning birligini targ’ib qiluvchi siyosiy maqsadlar ham ilgari surila boshlandi.




Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish