Avliyo Sofiya ibodatxonasi
Quldorlarning eski tartiblarni tiklashga urinishi, soliqlarni о‘sishi, amaldorlar tazyiqlari
ezilgan xalq qarshiligiga uchraydi. Poytaxt Konstantinopolda 532 yilning yanvarida xalq
qо‘zg‘oloni boshlanib, uning ishtirokchilari hayqirig‘i “Nika” (yunoncha g‘alaba qil)
qо‘zg‘olon nomiga aylanadi. Qо‘zg‘olon kо‘tarilishiga eng asosiy sabab imperator
chinovniklarining, ayniqsa Yustinianning erkatoyi—Konstantinopol hukmdori bо‘lnb turgan
Ioann Kappadokiyskiyning xazinani talashi, poraxо‘rligi va shu xildagi suiiste’mollari sabab
bо‘ldi.
Qо‘zg‘olon 532 yil 11 yanvarda Konstantinopol sirkida imperator huzurida boshlandi.
«Yashil» deb ataladigan sirk oppozitsiyachi partiyalaridan biri aholi nomidan shikoyat yozib,
unda yuqori mansabdor chinovniklarni jazolash talab qilingan edi. Yustinian buni rad etib, jahl
bilan sirkni tashlab chiqib ketdi. Bunga javoban qо‘zg‘olon kо‘tarilib ketdi. Qо‘zg‘olonchilar
«Nika» (grekcha — «g‘alaba qil!» demakdir) degan shior kо‘tardilar. Qо‘zg‘olon butun poytaxt
va uning atrofiga yoyildi.
«Nika» qо‘zg‘oloni qatnashchilarining tarkibi juda ham xilma-xil edi. Bir tomondan, unda
Konstantinopolning va uning yon-atrofining xalq ommasi qatnashdi, bu omma imperiya
chinovniklarining jabr-zulmiga qarshi bosh kо‘targan edi. Ikkinchi tomondan, harakatning
tashkilotchilari aristokrat senatorlar bо‘lib, ular yangi suloladan va Yustinianning о‘zi-ning
mustabid hokimiyatidan norozi edilar. Sirkdagi “venetlar” (yashillar) va “prasinlar”
(kо‘klar)ning quyi tabaqa vakillari birlashadi. Sirkka Yustinian kelganida isyonchilar tosh ota
boshlaydilar. Shahar yong‘in ichida qoladi. Qamalga olingan saroyda oziq-ovqat va suv tugaydi.
Yustinian poytaxtdan qochish taraddudiga tushgan bir paytda rafiqasi Feodora vaziyatni о‘z
qо‘liga oladi. Uning talabi bilan, keskin choralar kо‘rilishidan tashqari, “venetlar”
yо‘lboshchilari poraga sotib olinadi. Qо‘zg‘olonchilar qо‘lidagi sirkka yashirincha yollanma
askarlar olib kiriladi. Ular qurolsiz qо‘zg‘olonchilarga tashlanib, vaziyatni о‘z qо‘llariga oladilar.
Qо‘zg‘olon besh kun davom etib, Yustinianning sarkardasi Velizariy tomonidan dahshatli
shafqatsizlik bilan bostirildi. 30 ming kishi halok bо‘ldi.
Harakatda qatnashgan sirk guruhlarining о‘zi «yashillar» va «kо‘klar» deb atalgan guruhlar
sport tashkilotlari bо‘lib, shu bilan bir vaqtda muhim siyosiy rol о‘ynar edilar. «Kо‘klar»ni
Yustinian saroy ahli qо‘llab-quvvatlardi, «yashillar»ning esa aristokratok oppozitsiyachilar
orasida juda kuchli homiylari bor edi. Shu bilan bir vaqtda «kо‘klar» ham, «yashillar» ham
Konstantinopoldagi ancha keng demokratik tashkilotlar bilan — dimlar bilan bog‘langan edi.
Dimlar eski vaqtdagi shahar о‘z-о‘zini idora qilish boshqarmasi bо‘lmish tuman xalq
uyushmalari bо‘lib, Yustinian vaqtida hali ancha e’tibori bor edi va hukumat ham, aristokratlar
ham ular bilan hisoblashishga majbur edi.
Istilochilik urushlarida о‘zining ichki zahiralarini sarflab bо‘lgan Vizantiya na bosib olingan
va na о‘z hududlarini saqlab qolishga qodir edi. Shimoliy va О‘rta Italiya langobardlar
tomonidan olinganidan sо‘ng, imperiya qо‘lida Ravenna shahri viloyati bilan, Janubiy Italiya,
Sitsiliya qoladi. Vestgotlar Ispaniyadagi Vizantiya yerlarini tortib oladi. Forslar Armanistonni,
Kichik Osiyoning bir qismi va Suriyani egallaydi. Slavyanlar, avarlar Bolqon yarim orolini
talon-taroj qiladilar. Slavyanlar forslar va avarlar bilan ittifoqda 626 yili Konstantinopolni
qamalga oladilar.
Dunay daryosi ortiga slavyanlarga qarshi yuborilgan qо‘shin 602 yili isyon kо‘tarib, poytaxt
dimlari kо‘magida yuzboshi Fokani imperatorlik taxtiga о‘tkazadi. Yangi imperatorning amalda
zodagonlarga nisbatan qatag‘on siyosati ushbu tabaqa qudratini sindiradi. Imperiya 636-642
yillari arab xalifaligi tomonidan Suriya, Falastin, yuqori Mesopatamiya, Misrni egallanishiga
yetarlicha qarshilik kо‘rsata olmaydi. Arablar harbiy floti Egey dengizida hukmronlik qila
boshlaydi. Oradan yarim asr о‘tib, Lazika, Karfagen ekzarxati (ekzarxat.yunon.boshliq, rahbar-
Do'stlaringiz bilan baham: |