Mavzu: IV-XI asrlarda Vizantiyada feodal munosabatlarning vujudga kelishi va shakllanishi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana30.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#193357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-Mavzu маъруза dd5da43ada55e06049444280945ea471

Avliyo Sofiya ibodatxonasi 

Quldorlarning  eski  tartiblarni  tiklashga  urinishi,  soliqlarni  о‘sishi,  amaldorlar  tazyiqlari 

ezilgan  xalq  qarshiligiga  uchraydi.  Poytaxt    Konstantinopolda  532  yilning  yanvarida  xalq 

qо‘zg‘oloni  boshlanib,  uning  ishtirokchilari  hayqirig‘i  “Nika”  (yunoncha  g‘alaba  qil) 

qо‘zg‘olon  nomiga  aylanadi.  Qо‘zg‘olon  kо‘tarilishiga  eng  asosiy  sabab  imperator 

chinovniklarining, ayniqsa   Yustinianning   erkatoyi—Konstantinopol    hukmdori bо‘lnb turgan 

Ioann  Kappadokiyskiyning  xazinani  talashi,  poraxо‘rligi  va  shu  xildagi  suiiste’mollari  sabab 

bо‘ldi. 


Qо‘zg‘olon  532  yil  11  yanvarda  Konstantinopol  sirkida  imperator  huzurida  boshlandi. 

«Yashil»  deb  ataladigan  sirk  oppozitsiyachi  partiyalaridan  biri  aholi  nomidan  shikoyat  yozib, 

unda  yuqori mansabdor chinovniklarni  jazolash talab qilingan edi.  Yustinian buni  rad etib, jahl 

bilan  sirkni  tashlab  chiqib  ketdi.  Bunga  javoban  qо‘zg‘olon  kо‘tarilib  ketdi.  Qо‘zg‘olonchilar 

«Nika» (grekcha — «g‘alaba qil!» demakdir) degan shior kо‘tardilar. Qо‘zg‘olon butun poytaxt 

va uning atrofiga yoyildi.  

«Nika»  qо‘zg‘oloni qatnashchilarining  tarkibi juda ham  xilma-xil edi.  Bir tomondan, unda 

Konstantinopolning  va  uning  yon-atrofining  xalq  ommasi  qatnashdi,  bu  omma  imperiya 

chinovniklarining  jabr-zulmiga  qarshi  bosh  kо‘targan  edi.  Ikkinchi  tomondan,  harakatning 

tashkilotchilari  aristokrat  senatorlar  bо‘lib,  ular  yangi  suloladan  va  Yustinianning  о‘zi-ning 

mustabid  hokimiyatidan  norozi  edilar.  Sirkdagi  “venetlar”  (yashillar)  va  “prasinlar” 

(kо‘klar)ning  quyi  tabaqa  vakillari  birlashadi.  Sirkka  Yustinian  kelganida  isyonchilar  tosh  ota 

boshlaydilar. Shahar yong‘in ichida qoladi. Qamalga olingan saroyda oziq-ovqat va suv tugaydi. 

Yustinian  poytaxtdan  qochish  taraddudiga  tushgan  bir  paytda  rafiqasi  Feodora  vaziyatni  о‘z 

qо‘liga  oladi.  Uning  talabi  bilan,  keskin  choralar  kо‘rilishidan  tashqari,  “venetlar” 

yо‘lboshchilari  poraga  sotib  olinadi.  Qо‘zg‘olonchilar  qо‘lidagi  sirkka  yashirincha  yollanma 

askarlar olib kiriladi. Ular qurolsiz qо‘zg‘olonchilarga tashlanib, vaziyatni о‘z qо‘llariga oladilar.  

Qо‘zg‘olon  besh  kun  davom  etib,  Yustinianning  sarkardasi  Velizariy  tomonidan  dahshatli 

shafqatsizlik bilan bostirildi. 30 ming kishi halok bо‘ldi. 

 Harakatda qatnashgan sirk guruhlarining о‘zi «yashillar» va «kо‘klar» deb atalgan guruhlar 

sport  tashkilotlari  bо‘lib,  shu  bilan  bir  vaqtda  muhim  siyosiy  rol  о‘ynar  edilar.  «Kо‘klar»ni 

Yustinian  saroy  ahli  qо‘llab-quvvatlardi,  «yashillar»ning  esa  aristokratok  oppozitsiyachilar 

orasida  juda  kuchli  homiylari  bor  edi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  «kо‘klar»  ham,  «yashillar»  ham 

Konstantinopoldagi  ancha  keng  demokratik  tashkilotlar  bilan  —  dimlar  bilan  bog‘langan  edi. 

Dimlar  eski  vaqtdagi  shahar  о‘z-о‘zini  idora  qilish  boshqarmasi  bо‘lmish  tuman  xalq 

uyushmalari bо‘lib, Yustinian vaqtida hali ancha e’tibori bor  edi va hukumat ham, aristokratlar 

ham ular bilan hisoblashishga  majbur   edi. 



Istilochilik urushlarida о‘zining ichki zahiralarini sarflab bо‘lgan Vizantiya na bosib olingan 

va  na  о‘z  hududlarini  saqlab  qolishga  qodir  edi.  Shimoliy  va  О‘rta  Italiya  langobardlar 

tomonidan  olinganidan  sо‘ng,  imperiya  qо‘lida  Ravenna  shahri  viloyati  bilan,  Janubiy  Italiya, 

Sitsiliya  qoladi.  Vestgotlar  Ispaniyadagi  Vizantiya  yerlarini  tortib  oladi.  Forslar  Armanistonni, 

Kichik  Osiyoning  bir  qismi  va  Suriyani  egallaydi.  Slavyanlar,  avarlar  Bolqon  yarim  orolini 

talon-taroj  qiladilar.  Slavyanlar  forslar  va  avarlar  bilan  ittifoqda  626  yili  Konstantinopolni 

qamalga oladilar. 

Dunay daryosi ortiga slavyanlarga qarshi yuborilgan qо‘shin 602 yili isyon kо‘tarib, poytaxt 

dimlari kо‘magida yuzboshi Fokani imperatorlik taxtiga о‘tkazadi. Yangi imperatorning amalda 

zodagonlarga  nisbatan  qatag‘on  siyosati  ushbu  tabaqa  qudratini  sindiradi.  Imperiya  636-642 

yillari  arab  xalifaligi  tomonidan  Suriya,  Falastin,  yuqori  Mesopatamiya,  Misrni  egallanishiga 

yetarlicha  qarshilik  kо‘rsata  olmaydi.  Arablar  harbiy  floti  Egey  dengizida  hukmronlik  qila 

boshlaydi. Oradan yarim asr о‘tib, Lazika, Karfagen ekzarxati (ekzarxat.yunon.boshliq, rahbar-


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish