strateglar boshqargan) tizimi yuzaga keldi. Femlar harbiy okruglar sifatida vujudga kelib,
dastlab eski provinsiyalardan ancha katta edi. Femlar tepasida stratiglar turib, butun harbiy va
fuqarolik hokimiyatini о‘z qо‘lida tо‘pladi. Imperiya mahalliy boshqaruvining harbiylashtirilishi
tashqi siyosiy ahvolning va Vizantiya jamiyatidagi ijtimoiy-sinfiy qarama-qarshiliklarning
keskinlashuvi natijasi edi. Eng gullagan vaqtda imperiyaning Yevropadagi yerlarida 12,
Osiyodagi yerlarida esa 14 ta fem tashkil qilingan.
Keyinchalik, jamiyatning feodallashuvi kuchayishi oqibatida mahalliy boshqaruvning
fem tizimi kuchsizlana bordi va XI asrga kelib batamom inqirozga uchradi.
Vizantiyaning VII asr о‘rtalaridan IX asrga qadar tashqi siyosatdagi raqiblari arablar,
bolgarlar va slavyanlar bо‘lgan. Vizantiya uchun Arab xalifaligi bilan kurash ayniqsa og‘ir
kechadi. Arablar VII asrning 70 yillarida poytaxtni ham quruqlik va ham dengizdan qamal
qiladilar. Ushbu vaziyatda vizantiyaliklar ilk bor yangi qurol- “grek olovi” ini qо‘llaydilar.
Neftdan tayyorlangan bu yonuvchi qurol maxsus otuvchi moslama yordamida dushman
kemalariga uloqtirilar, havoda yona boshlagan bu ashyo kemalarni yondirib kul qilar, suvning
yuziga tushsa ham yonishda davom etib, undan suzib qutulmoqchi bо‘lganlarni о‘z domiga tortar
edi. Vizantiyaliklarga g‘alaba keltirgan bu qurol sirlari qattiq saqlangan.
Arablar Konstantinopoldan chekingan bо‘lsalarda, VII asr oxiridan vizantiyaliklarning
Afrikadagi mulklarini, VIII asr boshlarida Armanistonni egallaydilar. Faqat VIII asr о‘rtalariga
kelib, Vizantiya о‘zining Osiyodagi ayrim mulklarini qaytarishga erishadi. Ammo arablar asr
sо‘ngidan tazyiqni kuchaytirib, IX asrning dastlabki 30 yillarida Kritni, qisman Sitsiliyani
qо‘lga kiritadilar. Imperiya faqat IX asrning birinchi yarmida xalifalikning zaiflasha
boshlaganidan foydalanib, ularning hujumlarini tо‘xtatadi.
Turkiy bolgar qabilalari Bolqonda tuzgan Bolgar podsholigini Vizantiya 681 yili tan olib,
unga boj tо‘lashga rozi bо‘ladi. Bolgar xonlari Vizantiyadagi ichki mojarolarga ham aralashib
turganlar. Bolgariya VIII asr oxiri IX asr boshlaridan imperiyaning Bolqondagi xavfli raqibiga
aylanadi.
Yustinian sulolasi 602 yilda saroy tо‘ntarishi natijasida taxtdan tushdi. Bu sulolaning oxirgi
vakili imperator Mavrikiy shu saroy о‘zgarishi vaqtida besh о‘g‘li bilan birlikda о‘ldirildi.
Imperiya imperator Irakliy vaqtida (610—641) bir qadar mustahkamlanib oldi. Irakliy
eronliklarga zarba berib, ulardan Suriya, Falastin va Misrni qaytarib oldi. Biroq oradan kо‘p vaqt
о‘tmay, VII asrning 30-40-yillarida Vizantiya bu viloyatlarni ikkinchi marta bu safar abadiy
qо‘ldan berib qо‘ydi, ularni arablar bosib oldi.
Irakliyning vorislari davrida Vizantiya hududi yana ham qisqarib ketdi. Arablar bosib olgan
butun Shimoliy Afrika ham uzil-kesil qо‘ldan ketdi. Bolqon yarim orolida 679 yilda
slavyanlarning kuchli Bolgariya davlati vujudga keldi. Dalmatsiyani va yarim orolning shimoli-
garbidagi Illiriyani turli slavyan qabilalar-serb va xorvatlar bosib oldi. Imperiyaning о‘zida VIII
asrning boshlarida Yustinian zamonidagi hududning uchdan bir qismi qoldi. «Tiklangan» buyuk
Rim imperiyasidan Bolqon yarim orolining janubiy qismi, janubiy Italiyaning bir qismi,
Qrimning janubiy qirg‘og‘i, Kichik Osiyo va Arxipelag orollari qoldi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |