Mavzu: IV-XI asrlarda Vizantiyada feodal munosabatlarning vujudga kelishi va shakllanishi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana30.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#193357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-Mavzu маъруза dd5da43ada55e06049444280945ea471

strateglar  boshqargan)  tizimi  yuzaga  keldi.  Femlar  harbiy  okruglar  sifatida  vujudga  kelib, 

dastlab  eski  provinsiyalardan  ancha  katta  edi.  Femlar  tepasida  stratiglar  turib,  butun  harbiy  va 

fuqarolik hokimiyatini о‘z qо‘lida tо‘pladi. Imperiya mahalliy boshqaruvining harbiylashtirilishi 

tashqi  siyosiy  ahvolning  va  Vizantiya  jamiyatidagi  ijtimoiy-sinfiy  qarama-qarshiliklarning 

keskinlashuvi  natijasi  edi.  Eng  gullagan  vaqtda  imperiyaning  Yevropadagi  yerlarida  12, 

Osiyodagi yerlarida esa 14 ta fem tashkil qilingan.  

Keyinchalik,  jamiyatning  feodallashuvi  kuchayishi  oqibatida  mahalliy  boshqaruvning 

fem tizimi kuchsizlana bordi va XI asrga kelib batamom inqirozga uchradi.  

Vizantiyaning  VII  asr  о‘rtalaridan  IX  asrga  qadar  tashqi  siyosatdagi  raqiblari  arablar, 

bolgarlar  va  slavyanlar  bо‘lgan.  Vizantiya  uchun  Arab  xalifaligi  bilan  kurash  ayniqsa  og‘ir 

kechadi.  Arablar    VII  asrning  70  yillarida  poytaxtni    ham  quruqlik  va  ham  dengizdan  qamal 

qiladilar.  Ushbu  vaziyatda  vizantiyaliklar  ilk  bor  yangi  qurol-  “grek  olovi”  ini  qо‘llaydilar. 

Neftdan  tayyorlangan  bu  yonuvchi  qurol  maxsus  otuvchi  moslama  yordamida  dushman 

kemalariga  uloqtirilar,  havoda  yona  boshlagan  bu  ashyo  kemalarni  yondirib  kul  qilar,  suvning 

yuziga tushsa ham yonishda davom etib, undan suzib qutulmoqchi bо‘lganlarni о‘z domiga tortar 

edi. Vizantiyaliklarga g‘alaba keltirgan bu qurol sirlari qattiq saqlangan. 

 Arablar  Konstantinopoldan  chekingan  bо‘lsalarda,  VII  asr  oxiridan  vizantiyaliklarning 

Afrikadagi mulklarini, VIII  asr boshlarida  Armanistonni  egallaydilar.  Faqat  VIII  asr о‘rtalariga 

kelib,  Vizantiya  о‘zining  Osiyodagi  ayrim  mulklarini  qaytarishga  erishadi.  Ammo  arablar  asr 

sо‘ngidan  tazyiqni  kuchaytirib,    IX  asrning  dastlabki  30  yillarida  Kritni,  qisman  Sitsiliyani 

qо‘lga  kiritadilar.  Imperiya  faqat  IX  asrning  birinchi  yarmida  xalifalikning  zaiflasha 

boshlaganidan foydalanib, ularning hujumlarini tо‘xtatadi.  

 Turkiy  bolgar  qabilalari  Bolqonda  tuzgan  Bolgar  podsholigini  Vizantiya  681  yili  tan  olib, 

unga  boj  tо‘lashga  rozi  bо‘ladi.  Bolgar  xonlari  Vizantiyadagi  ichki  mojarolarga  ham  aralashib 

turganlar.  Bolgariya  VIII  asr  oxiri  IX  asr  boshlaridan  imperiyaning  Bolqondagi  xavfli  raqibiga 

aylanadi. 

 Yustinian sulolasi 602 yilda saroy tо‘ntarishi natijasida taxtdan tushdi. Bu sulolaning oxirgi 

vakili  imperator  Mavrikiy  shu  saroy  о‘zgarishi  vaqtida  besh  о‘g‘li  bilan  birlikda  о‘ldirildi. 

Imperiya  imperator  Irakliy  vaqtida  (610—641)  bir  qadar  mustahkamlanib  oldi.  Irakliy 

eronliklarga zarba berib, ulardan Suriya, Falastin va Misrni qaytarib oldi. Biroq oradan kо‘p vaqt 

о‘tmay,  VII  asrning  30-40-yillarida  Vizantiya  bu  viloyatlarni  ikkinchi  marta  bu  safar  abadiy 

qо‘ldan berib qо‘ydi, ularni  arablar bosib oldi. 




Irakliyning vorislari davrida Vizantiya hududi yana ham qisqarib ketdi. Arablar bosib olgan 

butun  Shimoliy  Afrika  ham  uzil-kesil  qо‘ldan  ketdi.  Bolqon  yarim  orolida  679  yilda 

slavyanlarning kuchli Bolgariya davlati vujudga keldi. Dalmatsiyani va yarim orolning shimoli-

garbidagi Illiriyani turli slavyan qabilalar-serb va xorvatlar bosib oldi. Imperiyaning о‘zida VIII 

asrning boshlarida Yustinian zamonidagi hududning uchdan bir qismi qoldi. «Tiklangan» buyuk 

Rim  imperiyasidan  Bolqon  yarim  orolining  janubiy  qismi,  janubiy  Italiyaning  bir  qismi, 

Qrimning janubiy qirg‘og‘i, Kichik Osiyo va Arxipelag orollari qoldi, xolos. 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish