Mavzu: Istiqlol davri o`zbek she’riyatida yuz bergan adabiy-ijodiy o`zgarishlar. Yangi ijodiy tamoyillar tavsifi


B. Ro‘zimuhammadning bir she’rida shunday misralar bor



Download 0,74 Mb.
bet4/7
Sana18.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#452398
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Istiqlol davri o`zbek she\'riyatida yuz bergan adabiy ijodiy o`zgarishlar

B. Ro‘zimuhammadning bir she’rida shunday misralar bor:
ko‘zdan ichkarida yo‘l yo‘q
so‘zdan ichkarida yo‘l yo‘q
ammo xo‘roz qichqirig‘i
ortiga shafaqrang qishlog‘im bekinib olgan

Bu satrlarda odatdagi she’rlar kabi qofiya ham, turoq ham, musiqiylik ham yo‘q. Ammo unda ijodkorning chigal kayfiyati bor. Xo‘roz qichqirig‘i tongning belgisi. Demak, tong otsa, xo‘roz qichqiradi va uning qichqirig‘i barobarida shafaqrang qishloq namoyon bo‘ladi. Qishloqning shafaqrangligi ham bejiz emas. Ehtimol, qishloq endigina ko‘tarilayotgan quyosh nuriga ko‘milganligi uchun ham shunday ta’riflanayotgandir. Ehtimol, bu o‘rinda shoir xo‘roz qichqirig‘idan so‘ng tunning ko‘rpasi ko‘tarilib, ostidan qishloq ko‘rinishini nazarda tutgandir. Shoir she’riyatning odatiy tartibini inkor qiladigan uslubga murojaat etgan. Uni oddiy mantiqning qoliplari bilan izohlab bo‘lmaydi. Ushbu she’r faqat shu ijodkorgagina taalluqli bo‘lgan badiiy mantiq qonuniga muvofiq yaratilgan. Odatda, chinakam badiiy hodisa o‘ziga xos olam va u o‘zining qoidalarigagina muvofiq keladi. Shu bois asl badiiy hodisa bir bor yaraladi, unda takror yo‘q. Qonuniyat esa takrorni taqozo qiladi. Yuqoridagi parchada shoirning alohida ruhi, o‘zigagina xos nuqtayi nazari sezilib turadi. Ayni vaqtda she’r o‘quvchini jalb etadi, uning e’tiborini tortadi, o‘yga toldiradi. Uning tafakkuriga-da nimadir yangilik yetkazadi, ko‘ngliga-da qandaydir yengillik bag‘ishlaydi. Dunyoni shu tarzda ko‘rgan, olam ranglarini shu taxlit tuygan shoirga e’tiroz qilib, tayyor qoliplarni tiqishtirib bo‘lmaydi. Poeziyaning o‘z asl manbasiga qaytganligi, ko‘ngil rozlarini, ruhiy tovlanishlarni nozik ishoralar, nazokatli obrazli ifodalar orqali tasvirlashga o‘tilganligi istiqlol davri o‘zbek she’riyatiga xos asosiy xususiyatlardan bo‘ldi, deyish mumkin. Bu davr milliy she’riyatida ommaviylikdan, hammaboplikdan qochishga urinish kuchaydi. She’riyat omma uchun emas, balki, avvalo, muallifning o‘zi uchun, qolaversa, ijodkorga tuyg‘udosh shaxslar uchun yaratiladigan bo‘ldi. Shu bois, she’rxonlar adadi birmuncha kamaygan esa-da, ularning poetik so‘zni, obrazli ifodani anglash darajasi ortdi. Chunki baland she’riyat yuksak didli she’rxonni talab qiladi va uni shakllantiradi. Mustaqillik davrida o‘zbek poeziyasi o‘quvchi darajasiga tushishdan she’rxonni o‘z darajasiga ko‘tarish pallasiga kirdi. Shu tariqa azaldan she’rparast bo‘lgan millatning badiiy zavqi ingichkalashib, so‘z jozibasini anglash qudrati sezilarli darajada oshib bormoqda.


O‘zbek she’rxonlarida birorta tinish belgisi ishlatilmagan tizmadan ham, murakkab mavhum assotsiativ obrazlilikka to‘la she’riyatdan ham, tasavvufiy ilhom samarasi o‘laroq, dunyoga kelgan munojotlardan ham, poetik mim deyish mumkin bo‘lgan ramziy ifodalardan ham, meditativ nazm namunalaridan ham ta’sirlanish, ularni baholay olish ko‘nikmasi shakllanib bormoqda.
Yana bu davr adabiyotida mafkuraviylashgan eski adabiy siyosatdan boshqacha, ya’ni inson erkini qadrlash, Vatanning chin saodati, buyuk kelajagi uchun qayg‘urish, milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi qator mavzular bu davr she’riyatida yetakchilik qildi.
Vatan – ijod ahlining yuragiga eng yaqin, juda muhim va doimiy mavzu. O‘zbek adabiyoti tarixida yurtning go‘zal tabiatini, osmono‘par tog‘larini, dala-dashtlarini, bepoyon qirlarini, bebaho ma’danlarini madh etgan she’rlar ko‘p yozildi. Tabiiyki, bu muazzam va muqaddas Vatan borlig‘i faqat moddiy ne’matlardangina iborat emas. Abdulla Oripov bir she’rida: «Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo!» deb xitob qildi. Zotan, bu ko‘hna zaminda O‘zbekistonning ma’naviy muhitini, ob-havosini, shon-sharafini, shuhratini dunyoga tanitib turgan, eng muhimi, Vatan timsoliga aylangan ulug‘ siymolari bor. Bu ulug‘larning nomi yurtning uzoq-yaqin tarixi sahifalarini bezaydi. Ular orasida jahon ilm-faniga, ma’naviyat va adabiyot xazinasiga ulkan hissa qo‘shganlari, Erkin Vohidov ta’biri bilan aytganda, «sirli olam toqiga ilk narvon» qo‘ygani ham, «she’riyat mulkida shoh-u sulton» bo‘lgani ham, dushmanlarga qarshi «ko‘ksi qalqon» vatanparvarlari ham mavjuddir. O‘z vaqtida Vatan ozodligi, hurligi va erki ramziy ravishda shoirlar ijodining asos-negiziga joylandi. Nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyoti tarixida Vatan haqida she’r yozmagan shoir kamdan-kam topiladi. Albatta, ularning badiiy saviyasi, ta’sir quvvati, yuraklardan joy olishi turlicha. Ayrim holatlarda shoir Vatan so‘zini she’rida qo‘llamasdan ham el-yurtiga mehrini izhor qilishi mumkin. Ba’zan ayni so‘zning beto‘xtov takrori she’riyat muxlislari-
ning ixlosini qaytaradi. Har kim Vatanni o‘zicha tushunadi, o‘zicha suyadi, sog‘inadi, o‘zicha kuylaydi; Vatani bilan faxrlanadi. O‘z tuprog‘idan, gulidan, gulistoni-bo‘stonidan, oshyoni-dilistonidan ajralgan bulbulning mungli fig‘oni falakka chiqadi. Odamning o‘z yurtiga mehr-muhabbati yoki ayriliq sog‘inchi ana shunday an’anaviy obrazlarda ham ifoda qilinadi. She’riyatdagi Vatan haqidagi badiiy so‘z shoir tabiatiga, ruhiyatiga, dunyoni anglashi va anglatishiga daxldor so‘zdir. Ko‘pincha, shoirning o‘zligi, ichki «men»i bilan tashqi ijtimoiy muhit bitta lirik qahramonda jamlanadi. Vatan o‘sha obrazda namoyon bo‘ladi va, aksincha, shoirning o‘z dunyosi yoki yaratgan qahramoni Vatan timsoliga aylanadi... To‘g‘risi, har qanday adabiy hodisalar, she’riy asarlar o‘z-o‘zidan go‘zallik kashf etmaydi. She’riyatning ta’sir quvvati uchun shoirlarning iste’dod darajasi va shu iste’dodni namoyon etish uchun sog‘lom adabiy muhit muhim sanaladi. Mustaqillik davri she’riyati mazmunan yangilanib borayotgan she’riyat sanaladi. Shu bilan bir qatorda, turli she’riy shakllar bo‘yicha tajribalar ham qilindi. She’rda ta’sir quvvati, har bir shoirning o‘z o‘quvchisiga o‘z aytar so‘zi va o‘ziga xos uslubi bo‘lishi lozim.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish