Mavzu: Istiqlol davri o`zbek she’riyatida yuz bergan adabiy-ijodiy o`zgarishlar. Yangi ijodiy tamoyillar tavsifi



Download 0,74 Mb.
bet1/7
Sana18.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#452398
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Istiqlol davri o`zbek she\'riyatida yuz bergan adabiy ijodiy o`zgarishlar


Mavzu: Istiqlol davri o`zbek she’riyatida yuz bergan adabiy-ijodiy o`zgarishlar. Yangi ijodiy tamoyillar tavsifi

Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti tafakkur yo‘nalishlari o‘zgacha bo‘lgan ijodkorlarning estetik qarashlari natijasida dunyoga kelgan hodisa o‘laroq bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsuli bo‘lgan adabiyotdir. Bu davrda olamning mavjudlik yo‘sinini turlicha izohlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu hol adabiyotning ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Ikkinchidan, mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti endilikda davlat adabiyoti bo‘lmay qoldi. Mustaqil o‘zbek davlati badiiy adabiyotni sho‘ro zamonida bo‘lgani kabi o‘z monopoliyasiga aylantirishga urinmay qo‘ydi. Shu bois ijod erkinligiga obyektiv sharoit yaratildi. Badiiy ijod qilish yoki qilmaslikka siyosiy baho berilmaydigan, rag‘batlantirilmaydigan yoki jazolanmaydigan bo‘ldi. Adabiyot ijodkorning ko‘ngil ishiga aylandi. Bugun badiiy ijod bilan o‘zini tanishga uringan barcha odamlar shug‘ullanmoqdalar. Ayonki, ular shaxs sifatida ham, ijodkor sifatida ham tamomila o‘ziga xos, xilma-xil kishilardir. Istiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot o‘z ko‘ngliga qarshi bormaydigan kishilar tomonidan yaratilayotir. Uchinchidan, istiqlol davri adabiyotida odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi, mehnatkash sifatida yondashish barham topdi. Milliy adabiyot millat vakillarining mehnatinigina emas, balki ularning shaxsiyatiga daxldor jihatlar: ruhiyati, hissiyoti, ko‘nglini tasvirlashga e’tibor qaratdi. Bu adabiyot uchun insonning o‘zi asosiy qadriyatga aylana boshladi. To‘rtinchidan, mustaqillik davri adabiyoti biror ijtimoiy tuzumning afzalligini ko‘rsatish, ishlab chiqarish munosabatlarini, siyosiy tizimlarni takomillashtirishga emas, alohida inson shaxsining ma’naviyatini mukammallashtirishga yo‘naltirildi. Bu davr adabiyotida tipik obrazlarni emas, badiiy tiplarni tasvirlashga ko‘proq e’tibor qaratildi. Shu yo‘sin, bu davr adabiyoti ommani ko‘rsatishga emas, shaxsni tadqiq etishga yo‘naltirildi. Beshinchidan, mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti chinakamiga xilma-xil adabiyotga aylandi. Unda tajriba qilish, sinab ko‘rish, ochilmagan yo‘llardan yurish, xato qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu hol birovga o‘xshamaydigan, o‘zgalarni takrorlashga intilmaydigan, o‘ziga xos iste’dodlarning ko‘payishiga imkon yaratadi. Xilma-xil badiiy asarlarning vujudga kelishi tufayli xilma-xil o‘quvchilar paydo bo‘ladi. Istiqlol she’riyati milliy adabiyotimizning yetakchi turidir. A. Oripov, Rauf Parfi, H. Xudoyberdiyeva, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Abduvali Qutbiddin, Aziz Said, Iqbol Mirzo, Bahrom Ro‘zimuhammad, Muhammad Yusuf, Faxriyor, Zebo Mirzo, Xosiyat Rustamova, Halima Ahmad, Rustam Musurmon singari shoirlarning she’rlarida olamni poetik idrok etish yangi bosqichga ko‘tarilgani namoyon bo‘ladi.
Bu davr she’riyatida o‘tkir gap aytish, dono fikr bildirish, nasihat, aql o‘rgatish emas, balki inson ruhining murakkab, ismsiz manzaralarini aks ettirishga e’tibor kuchaydi. Hissiyot qatlamlarini tadqiq etish, odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga urinish kuchaydi. Istiqlol she’riyati shakliy izlanishlarga boyligi, Chiqish nazmidan ham, Botish adabiyotidan ham samarali o‘rganishga intilish kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Endilikda she’rxonlik ko‘ngilochar mashg‘ulot bo‘lmay qoldi. She’r bilan tillashadigan o‘quvchining tafakkuri ham, qulog‘i ham, ko‘zi ham, hatto tuyg‘ulari ham bir qadar zo‘riqishi, she’r o‘qiyotganda faqat zavq va lazzat tuyibgina qolmay, mehnat qilishi ham lozim bo‘lib qoldi. Rauf Parfining:

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish