Mavzu: issiqlik elektr stansiyalari issiklik elektr stansiyalari



Download 22,85 Kb.
bet2/2
Sana16.03.2022
Hajmi22,85 Kb.
#497964
1   2
Bog'liq
Mavzu issiqlik elektr stansiyalari issiklik elektr stansiyalari

Issiqlik energetikasi - issiklik texnikasi tarmogʻi; issiklikni, asosan, mexanik va elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan energetika. Issiqlikni mexanik energiyaga aylantirishda asosiy qismi issiklik dvigatelitsan iborat boʻlgan issiklik qurilmalari qoʻllaniladi. Bu qurilmalarda hosil qilingan mexanik energiya turli xil ish mashinalari (metall kesish stanoklari, konveyerlar va b.) ni yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr mexanik ge-neratorlarni ishga tushiradi. Issiqlikni elektr-mexanik generatorlarsiz ham, yaʼni energiyani toʻgʻridantoʻgʻri aylantirish kurilmalarida, mas, mag-nitoelektrodinamik generatorlar, ter-moelektr generatorlar va b. da ham elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Zamonaviy I. e. ning asosi umumiy elektr energiyasi miqdorining koʻp qismini ishlab chiqaruvchi muqim (statsionar) bugʻ turbinali issiklik elektr stansiyasi hisoblanadi. Magis-tral gaz kuvurlarini energiya bilan taʼminlash va tigʻiz payt (pik) nagruzkalarni qoplash uchun gaz turbinali elektr stansiyalari ishlatiladi. Asosiy elektr bilan taʼminlanish manbalari, yaʼni kondensatsion elektr stansiyalarilan tashkari issiklik elektr markazi, atom elektr stansiyasi ham bor. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiklikning solishtirma sarfini taxminan 5% ga kamaytirishga imkon beradigan bugʻ-gaz turbinali kurilmalar keng ishlatilmoqda. Quvvatli elektr stansiyalar uchun tarkibida magnitogidrodinamik generatorlar boʻlgan va odatdagi bugʻ-gaz turbinali stansiyalar bilan birgalikda ishlatiladigan kuril-malar ishlab chiqilmoqda. Elektr uzatish liniyasidan uzoqda joylashgan xududlarda dizel elektr stansiyalaridan foydalaniladi. Muqim qurilmalardan tashqari transport mashinalari (teplovoz, avtomobil va b.) ga oʻrnatiladigan issiklik kurilmalari — mas, porshenli ichki yonuv dvigateli bor. Uchish apparatlariga porshenli aviatsiya dvigatellari, reaktiv dviga-tellar va b. oʻrnatiladi.
I. e., asosan, 17-asr boshlarida paydo boʻlgan. Bugʻ dvigatellari, issiqlik dvigatellari va dizellarning paydo boʻlishi I. e. ning jadal rivojlanishiga asos boʻldi. Hozirgi vaqtda dunyo energetikasida issiqlik elektr stansiyalari ulushiga barcha elektr ishlab chiqaruvchi quvvatlarning 62 foizi toʻgʻri keladi.
Oʻzbekistonda 20-asr boshlarida Toshkentda ikkita elektr stansiya kurildi: biri (besh dizelli, kuvvati 1450 kVt) tramvayni elektr energiya bilan taʼminlash uchun, ikkinchisi oʻzgarmas tokli Pavlov elektr stansiyasi (quvvati 125 kVt), shaharni yoritish uchun ishlatilgan. 1913 y. Oʻzbekiston xududida umumiy kuvvati 3 MVt chamasida boʻlgan 6 ta kichik elektr stansiya boʻlgan, yillik elektr energiya ishlab chiqarish 3,3 mln. kVt/soatni tashkil qilgan. 1923 y. Toshkent sh. yaqinidagi Boʻzsuv kanalida GES qurilishi boshlandi, uning birinchi navbati (har birining kuvvati 1 MVt dan boʻlgan 2 ta gidroagregat) 1926 y. may oyida ishga tushirildi. Ayni paytda bu GES Toshkent shahridagi tramvay dizel elektr stansiyasi bilan bogʻlangan, 30 transformator punktiga ega boʻlgan, 6 kV kuchlanishli, oʻzgaruvchan tokli kabel tarmogʻi kurildi. Mana bu birlashish Oʻzbekiston energetika tizimi rivojlanishiga asos boʻldi.
Oʻzbekistonda issiqlik energetikasi 20-asr 20-y. larida dizel va mayda bugʻ turbinali elektr stansiyalar kurish yoʻnalishida rivojlandi. Dizel elektr stansiyalari umumiy maqsadlarda ham, paxta zavodlari, nasos stansiyalari, kanallar va issiqlik energiyasiga ehtiyoji boʻlgan boshqa korxonalar qoshida ham qurildi. Toshkent dizel elektr stansiyasi, Samarkand, Andijon, Koʻqon va respublikaning boshqa shaharlaridagi dizel elektr stansiyalari kengaytirildi; Buxoro, Samarkand sh.larida 5000 ot kuchi, Nukus, Urgench, Namanganda 1600 ot kuchi kuvvatiga ega boʻlgan yirik dizel elektr stansiyalari kurildi. Respublikadagi dastlabki bugʻ turbinali elektr stansiyalar Fargʻona va Kattaqoʻrgʻondagi yogʻ zavodlarida ishga tushirildi. Fargʻona yogʻ zavodining "Sharq tongi" issiqlik elektr markazi (IEM) umumiy maqsadlardagi elektr stansiyasi boʻlgan birinchi IEMdir.
30-y.larda Toshkent toʻqimachilik kombinati qoshida quvvati 12 MVt boʻlgan IEM kurildi. 30-y. larning ikkinchi yarmida Qizilqiya koʻmir koni negizida kuvvati 48 MVt boʻlgan Kuvasoy davlat issiklik elektr stsiyasi (DIES) kurilishi boshlandi, uning birinchi agregati 1939 y. oxirida ishga tushirildi. 1936 y. da Toshkent IEM kurilishi boshlanib, birinchi bloki 1939 y. da ishga tushirildi. 50-y. lar boshlarida Angren koʻmir koni negizida Olmaliq sh.dagi Oltintopgan kombinatida quvvati 24 MVt boʻlgan IEMni, Angren sh.da quvvati 200 MVt boʻlgan DIES ni loyihalashtirish va qurish boshlandi.
Angren DIES katta (50 MVt) quvvatli turbinalar oʻrnatilgan yuqori bosimli bugʻ koʻrsatkichlariga moʻljallab qurilgan birinchi elektr stansiya boʻldi. Ayni paytda koʻmirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalar ham (Qu-vasoy DIES, Toshkent va Fargʻona IEM) qurildi.
Hozirgi paytda Oʻzbekiston energetika tizimi, shu jumladan, issikdik energiyasi respublikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, kommunal xoʻjalik korxonalarini va aholisini energiya bilan taʼminlamoqda. Respublika hukumati tomonidan 1996 y. da Yevropa energetika hartiyasining Shartnomasi im-zolanib, mamlakatimizning undagi ishtiroki tasdiqlangan, Oʻzbekiston energetikasi uchun jahon iqtisodiyo-tiga yoʻl ochildi.
Oʻzbekiston I. e.ning keskin rivojlanishiga Buxoro va Shoʻrton tabiiy gaz konlarining topilishi va oʻzlashtirilishi muhim ahamiyatli boʻldi. Ular Toshkent, Navoiy, Taxiatosh va Sirdaryo DIES larining ishga kiritili-shiga imkon yaratib berdi.
Oʻzbekistonning yirik issiqlik stansiyalari ulushi umumiy elektr energiyani ishlab chiqarishda 85 foizni tashkil qiladi. OʻzR Vazirlar maqkamasi 2000 yil 27 dek. da tasdiklagan "2001 -—2010 y.larda Oʻzbekiston Respublikasi energetikasida ishlab chiqaruvchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish darsturi"ga muvofiq Oʻrta Osiyodagi eng yirik Talimarjon DIES ining qurilishi tugatilishi, hamda respublikaning boshqa is-siqlik elektr stansiyalarida qayta texnik tiklash va qoʻshimcha quvvatlarni ishga kiritish koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston koʻp organik yoqilgʻi zaxiralariga ega. Respublikaning yoqilgʻi balansida koʻp issiklik elektr stansiyalari, issiqlik elektr markazlari va tuman qozonxonalari uchun hozirgi zamonda yoqilgʻining asosiy turi — tabiiy gazga alohida eʼtibor beriladi. Koʻmir sanoatini rivojlantirish — Angren konida qoʻngʻir koʻmirni koʻproq ishlab chiqarilishiga yoʻnaltirilgan.
"Oʻzbekiston Respublikasi energetikasining ishlab chiqarish quvvatlarini 2001 — 2010 y. larda rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dastu-ri" da xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va chet el firmalarining ishtiroki koʻzda tutilgan. Hoz. paytda Germaniyaning "Simens" firmasi Yevropa tiklanish va rivojlanish bankining krediti hisobiga Sirdaryo DIESning ikkita turbina blokini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar Toshkent DIES va Navoiy DIES ni rekonstruksiya qilish loyihalarini hamda Toshkent shahrining elektr tarmoqlar xoʻjaligini rekonstruksiya qilish va kabel tar-moklarini zamonaviylashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun ham jalb etiladi.

Energetika tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi hududlar infratuzilmasini tubdan yaxshilash,yangi iqtisodiyot tarmoqlarini tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish vaijtimoiy sohalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Energetika tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi hududlar infratuzilmasini tubdan yaxshilash,yangi iqtisodiyot tarmoqlarini tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish vaijtimoiy sohalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Prezidentimizning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida elektr ta’minoti tarmoqlariga ulanishda yangicha tamoyillar tobora kengayib borayotgani va iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun hali ishga solinmagan ko‘plab imkoniyatlar mavjudligi alohida ta’kidlandi.

Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi, aholi ijtimoiy hayotining yanada yaxshilanib borishi yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ishlab chiqarish kuchlarining imkoniyatlarini yanada oshirishda ko‘p energiya sarflaydigan, jismonan va ma’nan eskirgan asbob-uskunalarni texnologik jihatdan zamonaviy, energotejamkor uskunalarga almashtirish, mavjud texnologiyalarni optimallashtirish va yangilarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz rahnamoligida energetika tizimida modernizatsiya jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish, sanoat ishlab chiqarishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, shuningdek, iste’molchilarning tobora oshib borayotgan ehtiyojlarini to‘la qondirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi" ochiq aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari bunga yorqin misol bo‘la oladi.

– Jismonan va ma’nan eskirgan energoqurilmalar o‘rnini ixcham va tejamkor zamonaviy texnologiyalarga asoslangan bug‘-gaz qurilmalari egallamoqda, – deydi "Navoiy issiqlik elektr stansiyasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati direktori Qahramon G‘aniyev. – Korxonada bug‘-gaz stansiyasi barpo etilishiviloyatdagi iqtisodiyot tarmoqlarining rivojida muhim omil bo‘layotir. Jumladan, 2009-2012-yillardaquvvati 478 megavatt bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi va ayni paytda energetika tizimiga barqaror ravishda elektr energiyasi yetkazib bermoqda.

Darhaqiqat, dastlab Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibida ish boshlagan stansiya Qizilqum yer osti boyliklarini o‘zlashtirish, tog‘-kon sanoati va ishlab chiqarish majmuasini barpo etishda muhim o‘rin tutdi.

Atigi 25 ming kilovatt quvvatli stansiya bilan ish boshlagan korxona bugun batamom yangi tizimga o‘tmoqda. Dastlab 478 megavatt, ikkinchi bosqichda 450 megavatt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi loyihasi amalga oshirilayotir. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatlari kabi yirik korxonalar, iqtisodiyotimizda salmog‘i tobora oshib borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kelajakdagi samarali faoliyati aynan shu stansiyada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga bevosita bog‘liq.


Muddatini o‘tab bo‘lgan yoki samaradorligi ishchi kuchi va xarajatga nisbatan kam foizni tashkil etadigan mavjud quvvatlar o‘z-o‘zidan yangi, tejamkor texnologiyalarga asoslangan loyihalar ustida ishlashga undaydi. 1 ming 725 kishi mehnat qilayotgan korxonada ayni shu jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Eski stansiyada 1 kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun o‘rtacha 360-400 gramm shartli yoqilg‘i sarflangan bo‘lsa, zamonaviy bug‘-gaz qurilmasida bu ko‘rsatkich 220-235 grammni tashkil etmoqda. Yangiqurilmaning ishga tushirilishi natijasida korxonada 2013-2014-yillarda 700 million kubometrdan ortiq tabiiy gaz yoqilg‘isi iqtisod qilindi.

Albatta, yangilanish jarayonlari o‘z samarasini uzoq kuttirmadi. 2014-yilda korxonada 8 milliard 871 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga erishildi.

Ayni paytda yangi texnologiyalarga asoslangan loyihalarni joriy etish bilan birga, mavjud quvvatlarni rekonstruksiya qilishga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Stansiyaning 1980-81-yillarda ishga tushirilgan har biri 210 megavatt quvvatli 11- va 12-energobloklarining aylanma suv sovutish tizimi O‘rta Osiyo iqlim sharoiti va Zarafshon daryosi suvi tarkibining minerallashish darajasi yetarlicha hisobga olinmagani sababli belgilangan miqdorda energiya bermay qolgan edi. Bu nosozliklarni bartaraf etish maqsadidaaylanma suv sovutish tizimini rekonstruksiya qilish investitsiya loyihasi ishlab chiqildi. Qiymati 6,9 million AQSh dollari miqdoridagi ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida korxona bo‘yicha yiliga 200-220 million kilovatt-soat qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Eng zamonaviy energetika texnologiyalariga asoslangan yangi qurilmani o‘zlashtirish va uning barqaror ishlashini ta’minlashda yosh mutaxassis kadrlarga katta ishonch bildirildi. Istam Toshev, Latif Hasanov, Javlon Azimov, Ismoil Islomov, Jamshid Badriddinov, Alisher Musayev, Bunyod Do‘stov kabi yoshlar zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qurilmani o‘zlashtirishda yetarlicha bilim va tajriba orttirib, korxonaning yanada ildam odimlashiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Bugungi kunda issiqlik elektr stansiyasida 450 megavatt quvvatdagi yangi loyihani barpo etish borasida izchil ishlar olib borilayotir. 547 million AQSh dollari miqdoridagi mazkur qurilma loyihasini amalga oshirish orqali stansiyada elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi yanada ortadi.

Korxona nafaqat elektr energiyasi ta’minoti, balki aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga issiqlik energiyasiham yetkazib beruvchi asosiy manbadir. Xususan, 2014-yilda korxonada 8 milliard 660 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 126 ishlab chiqarish korxonasi va tadbirkorlik subyektiga shartnoma asosida qariyb 2 million gigakaloriya issiqlik energiyasi yetkazib berildi.

Ayni paytda barqaror ishlayotgan 478 megavatt quvvatli bug‘-gaz qurilmasida soatiga 40 gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. 450 megavatt quvvatli ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi esa soatiga 200gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Bu stansiyaning o‘z resurslarini o‘tab bo‘lgan issiqlik quvvatlarini tiklash, shuningdek, viloyatda issiqlik energiyasiga tobora oshib borayotgan ehtiyojni to‘la qondiradi.

Innovatsion loyihalarni amalga oshirayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariningissiqlik energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda korxona muhim ahamiyat kasb etayotir. Bugungi kunda korxona issiqlik energiyasidan viloyatdagi 100 dan ziyod kichik biznes subyekti hamda ishlab chiqarish korxonasi samarali foydalanmoqda.

Karmana tumani “Marziyaxonim” mas’uliyati cheklangan jamiyatining to‘rt gektar maydonda tashkil etilgan issiqxonasida yetishtirilayotgan pomidor va bodring qishda ham aholi dasturxoni to‘kinligini ta’minlamoqda.


– Yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlardan foydalanib kam bo‘lmadik, – deydi tadbirkor Shafoat Nurullayeva. – Issiqxona xo‘jaligimizda 10 kishi doimiy ish bilan band. Ayni paytda yangi loyihalarni o‘zlashtirish borasida izlanishlar olib bormoqdamiz. Uzluksiz issiqlik ta’minoti biz, tadbirkorlarning issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish, yangi tashabbus va innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishimizda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Download 22,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish