Mavzu: Islomiy moliyaning rivojlanish tarixi


Uchinchi qoida: Halolni harom, haromni halol, deyish katta gunohlarning kattasidir



Download 0,76 Mb.
bet3/4
Sana01.02.2023
Hajmi0,76 Mb.
#906382
1   2   3   4
Bog'liq
Islom moliyasi va uning rivojlanish evolyutsiyasi

Uchinchi qoida: Halolni harom, haromni halol, deyish katta gunohlarning kattasidir.
Mo‘min biror narsani harom deyishdan avval uni yaxshilab o‘rganib chiqishi lozim. Shuning uchun ham o‘tgan solih zotlar toki uning haromligiga ochiq-ravshan dalolat qiladigan qat’iy va aniq hujjat sobit bo‘lmagunicha, biror ishga haromlik sifatini berishdan yiroq bo‘lishgan. Bundan boshqa holatlarda “yoqtirmayman”, “yomon ko‘raman”, “makruh bo‘lsa kerak” kabi iboralarni ishlatishgan, xolos.
To‘rtinchi qoida: Alloh taolo bandalariga rahmat o‘laroq, halolning ham, haromning ham illatini bayon qilib qo‘ydi.
Albatta, Alloh taolo bandalariga nimani buyurgan va nimani man qilgan bo‘lsa, uning sababini ham bildirib qo‘ydi. Aslida U zot biror sabab-illatsiz bandalariga xohlagan ishini buyurib, xohlagan ishini man qilishi ham mumkin edi. Lekin bandalariga rahm qilib ularni bayon qilib berdi. Ya’ni, nimani halol qilib, nimani harom qilgan bo‘lsa, barchasi biz bandalarning manfaati uchun ekanini ta’kidlab qo‘ydi. Masalan, Alloh taolo «… namozni barkamol ado eting!» deb buyuradi. Nega? Chunki «Albatta, namoz fahsh va yomon ishlardan qaytarur» (“Ankabut” surasi, 45-oyat). Alloh taolo nega «Zinoga yaqinlashmangiz!» deb amr qildi? «Chunki u fahsh va yomon yo‘ldir» (“Isro” surasi, 32-oyat). Nega cho‘chqa go‘shti harom qilindi? Chunki «U, albatta, palid(dir)» (“An’om” surasi, 145-oyat).
Beshinchi qoida: Halolda haromdan behojat qilish bor.
Alloh taolo insonga qanday shahvat bergan bo‘lmasin, albatta, uni qondirish uchun pokiza yo‘lni ham yaratib qo‘ygan. Islomda insonlarni mahrum qilish yo‘q, balki maqsadga o‘zgalarning haqini poymol qilmagan holda, halol va pokiza yo‘l bilan yetishni talab qiladi. Jinsiy maylni uylanish, mol-dunyo shahvatini halol ishlab, kasb qilish orqali qondirish mumkin. Boshqa ehtiyojlar ham xuddi shunday halol yo‘l bilan qondiriladi. Shu jihatdan haromga yurishning hojati yo‘q.
Oltinchi qoida: Haromga olib boradigan narsa ham harom.
Ma’lumki, nomahram bilan pinhona suhbatlashish, u bilan xilvatda yolg‘iz qolish, ushlash harom hisoblanadi. Nega? Chunki bu ishlarning hammasi Alloh harom qilgan zinoga olib boradi. Shu ma’noga ko‘ra, haromga vosita bo‘ladigan ishlarga ham haromlik hukmi beriladi.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish