Mavzu: Islom sarmoyasi instrumentlari xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari Reja: Kirish


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Download 135,73 Kb.
bet2/8
Sana01.07.2022
Hajmi135,73 Kb.
#725277
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moliya bozori durdona.docx1111

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishida quyidagilar maqsad va vazifa sifatida qabul qilib olindi:

  • Moliya bozorida Islom sarmoyasi instrumentlarining mohiyati, ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari

  • Islomiy moliyalashtirish instrumentlarining rivojlanishi va zamonaviy tendensiyalari tahlili

  • O’zbekistonda islom sarmoyasi instrumentlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish istiqbollari

Kurs ishining obyekti va predmeti. Ushbu kurs ishining obyekti sifatida Islom sarmoyasi instrumentlari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar,predmeti esa ular har bir bosqichda qo’llaniladigan hujjatlar tarkibi va uni ishlab chiqish jarayoni hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi tarkiban kirish, uchta reja savollari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1. Moliya bozorida Islom sarmoyasi instrumentlarining mohiyati, ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari
Islomiy bank tizimining biz biladigan shakldagi tarixi oʻtgan asrning ikkinchi yarmida rivojlana boshladi. Islomiy bank tizimining muvaffaqiyatli rivojlanishi Misrdagi Mit Ghamr jamgʻarma banki hamda 1963-yilda Malayziyada tashkil etilgan Tabun Haj Lembagani tashkil qilish bilan boshlandi, deb hisoblash mumkin. Nil deltasida joylashgan Mit Gʻamr jamgʻarma banki jamgʻarma hisob varaqlar, hissadorlik kapitalida ulushli ishtirok, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar va ijtimoiy xizmat lar kabi bank xizmatlarini taklif etdi. Ushbu xizmatlar aso siy bank xizmatlari sifatida koʻrib chiqilsa-da, eng muhimi atrofdagi jamiyatning bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish edi. Bundan tashqari, ushbu bank isteʼmolchilarni sudxoʻrlardan himoya qilishga yordam berdi, Mit Gʻamr, shuning dek, oʻz mijozlarida ularning biznesiga sheriklik hissini uygʻota oldi. Ushbu omil bank muvaffaqiyatiga koʻmak berdi. Lekin notinch siyosiy vaziyat bank faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. 1967-yilning ikkinchi yarmida Misr Milliy banki va Markaziy bank bankning vazifasini oʻz zimmasiga oldilar. Islomiy banking tarixiga qoʻshilgan eng muhim hissalardan biri bu, soʻzsiz, Mit Gʻamrning jamiyatga anʼanaviy bank tizimi muqobili mavjudligini koʻrsatgani boʻldi. Muqobil bankning depozit omonatlarga xizmat koʻrsatish va mijozlarni moliya lashtirish sohasidagi muvaffaqiyati, maʼnaviy-axloqiy qoidalarni zamonaviy banklar amaliyotida ham qoʻllash mum kinligini isbotladi.
Malayziya shariat talablariga mos keladigan zamonaviy mo liyaviy andozani tiklash haqidagi masalani tizimli tadqiqot etish boʻyicha tashabbusni oʻz zimmasiga olgan dastlabki mamla katdir va bugungi kunga qadar u islomiy moliyaviy vositalar bozorida yetakchi mavqeni egallamoqda. Mazkur tadqiqotlar natijasida 1963-yildayoq hamkorlikdagi investitsiyalarni boshqaruvchi kompaniya vazifasini oʻz zimmasiga olgan Malay ziya Hojilar jamgʻarmasi tashkil etildi (Pilgrims Fund Board, Lembaga Tabung Haji).Lembaga Tabun Haj Malayziyaning yetakchi moliyaviy muassa sasi boʻlib, 1963-yilda roʻyxatga olingan. Muassasa depozitlar, haj boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, moliyaviy amaliyotlar va inves titsiyalarni boshqarish bilan ishlash borasida 50 yillik ish tajribasiga ega. Ushbu tashkilotni tashkil etish konsepsiyasi ning muhim jihati, musulmonlarga haj amallarini bajarish maqsadida shariatga muvofiq mablagʻlarni jamgʻarish imkoniya tini berish edi. Umuman olganda, Lembaga Tabun Haj qoʻshaloq strategiyaga ega. Ushbu strategiya musulmonlarning ijtimoiy iqtisodiy muammolarini yechishga yoʻnaltirilgan va shu bilan bir vaqtda ular mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida sama rali ishtirok etish hamda investitsiya qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. 1963-yilda muassasa faqat 5000 ta hajga boruvchining jamgʻarmalarini boshqargan va dastlabki xodimlar shtati 13 mu taxassisdan iborat boʻlgan. Bugungi kunda tashkilot 26 mingdan ortiq ziyoratchilarning mablagʻlarini samarali boshqarmoqda. 2012-yilga kelib, Lembaga Tabun Haj 5,5 mln. kishidan oshiq omonatchilarni roʻyxatga olgan, butun Malayziya boʻylab 354 ta depozit ofislari ishlab turibdi va depozitlarning umumiy miqdori 8 mlrd. dollardan oshib ketdi. Butun Malayziya islomiy bank sanoatining muassasa viy rivojlanishiga uning rahbari, Bosh vazir Mazohir Muhammadning oqilona siyosati katta taʼsir koʻrsatdi. XX asrning 90-yillari boshida islomiy moliyaviy vositalar ni ishga tushirish istagida boʻlgan barcha tijorat banklari ga foizsiz byudjet qarzi berish orqali mablagʻlar berildi. Davlat qarzlarini qaytargan ushbu banklarning aksariyati oʻzlarining xususiy mexanizmlarini ishlab chiqdilar va bank xoldinglarida islomiy shoʻba banklarni ochgan holda, oʻz yoʻnalishlarini belgilab oldilar.
Global islomiy moliya sanoatining chinakam rivoji 1970-yil larning oʻrtalarida boshlandi. Davlatlararo Islom taraqqiyot banki 1975-yilda rasman taʼsis etildi: uning asoschilari 22 ta davlat hukumatlari hisoblanadi. ITB bilan bir vaqtning oʻzida 1975-yilda Dubay Islomiy Banki roʻyxatga olindi. 1977-yilda yana uch islomiy bank oʻz ishini boshladi, ular Misr Faysal Islomiy banki, Sudan Islomiy banki va Quvayt Moliya Uyi edi. 1970-yillar va 1980-yillar boshida hammasi boʻlib 16 ta islomiy moliyaviy muassasa tashkil etildi. Zamonaviy islomiy bank tizimi tarixini 4 ta asosiy bosqichga ajratish mumkin: tashkil etish davri, kengayish davri, xalqaro eʼtirof davri, oʻz qarashlarini qaytadan koʻrib chiqish va yangi istiqbollar (inqirozdan keyingi davr).
Islomiy moliya institutlari o`z mijozlariga odatda ikki guruhga bo`linadigan turli xil moliyalashtirish mexanizmlarini taklif qilishadi:
1) foyda va zararni taqsimlashga asoslangan shartnomalar yoki investitsiyalarni moliyalashtirish usullari (muzoraba, mushoraka);
2) qarz asosida moliyalashtirishga (murobaha, ijara, salom, istisno va sukuk) asoslangan shartnomalar.
Muzoraba - bu foyda keltiradigan sheriklik shartnomasi bo`lib, uning asosida bir omon (rabb al-mol) kapital beradi, boshqa tomon (muzorib) esa kapitalni boshqarish uchun o`z ishbilarmonlik qobiliyati(mehnati), tajribasi bilan ishtirok etadi2. Ishlatilgan mablag`lardan olingan daromad Rabb al-Mol va Muzorib o`rtasida oldindan kelishilgan nisbatda taqsimlanadi. Moddiy zararlar rabb-al-mol tomonidan qoplanadi, faqat muzorib tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar yoki shartnomani buzish hollari bundan mustasno, agar muzorib loyiha foydasiz bo`lgan taqdirda uning harakatlari uchun haq olmasa. Ba`zi mualliflarning fikriga ko`ra, muzoraba depozit mablag`larini muddatidan oldin olib qo`yishga haqli yoki yo`qligiga qarab, ochiq va yopiq bo`linishi mumkin. Ammo Muzorabani ochiq va yopiq deb ajratish e`tirozlidir, chunki odatda asl Muzoraba shartnomasi har qanday tomonga istalgan vaqtda chiqib ketishga imkon berishi qabul qilingan.3 Mualliflarning yana bir qismi sarmoyalar (ya`ni muddatli) depozitlardan mablag`larni ushbu depozitlar qo`yilgan muddat tugashidan oldin olish huquqiga ega emasligini ta`kidlaydilar.4
Investitsiya obyektiga qarab, muzoraba cheklangan yoki cheklanmagan bo`lishi mumkin.
Cheklanmagan muzoraba shartnomasi - bu kapital yetkazib beruvchi tomonidan muzoribga taqdim etilgan mablag`larni cheklovlarsiz tasarruf etishiga ruxsat beruvchi shartnoma. Bunday holda, muzorib ishonch va uning ish tajribasiga asoslangan holda tijorat operatsiyalarini amalga oshirishda va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda katta erkinlikka ega.
Cheklangan muzoraba - bu kapital provayder tomonidan muzoribning harakatlarini ma`lum bir ijro etiladigan joyda yoki kapital egasi maqbul deb hisoblagan investitsiyalarning ma`lum bir turida cheklaydigan, ammo o`z faoliyatida muzoribni asossiz ravishda cheklamagan shartnomadir.
“AAOIFI Shariah №12” Standartiga binoan, Mushoraka - bu foyda olish uchun aktivlar, mehnat yoki majburiyatlarni birlashtirish to`g`risidagi ikki yoki undan ortiq tomonlar o`rtasidagi kelishuv. Loyihaning foydasi va zarari moliya muassasasi va uning mijozi o`rtasida oldindan kelishilgan nisbatlarda, ko`pincha loyihani moliyalashtirishdagi ulushlarga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Hamkorlikning bir nechta turlari mavjud:
mulk huquqi yoki sheriklik asosida hamkorlik:

  • ixtiyoriy sheriklik

  • majburiy hamkorlik

  • shartnoma yoki qo`shma korxona asosida hamkorlik (shirkat ul-akd):

  • kapital sherikligi (shirkat ul-amval)

  • mehnat sherikligi (shirkat ul-amal)

  • obro`-e`tibor (shirkat ul-vujux)

teng sheriklik (mufavada)
tengsiz sheriklik (inan).
Yuqorida bayon etilganlardan koʻrinib turibdiki, axloqiy tizimdagi moliyalashtirishning har bir shakli voqelikdagi qoʻshimcha qiymatni yaratadi. Oddiy banklararo kreditlar voqelikda, kam hajmdagi tovar aylanmasidan tashqarida koʻpayuvchi qoʻshimcha pul massasini yaratadi. Pul massasi va real sektor oʻrtasidagi mana shu uzilish inflyatsiyani kuchayti radi, oʻzaro nomuvofiqlik (disbalans) hisobiga pul birlikla rining qiymati tushadi, bu, oʻz navbatida, yanada arzonlashayotgan “tovar”, yaʼni taʼminlanmagan qogʻoz pullarda ifodalanadigan Xom-ashyo va xizmatlar bahosining oʻsishiga taʼsir koʻrsatadi.


Download 135,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish