YMMdan kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, YMM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi. Ushbu makroiqtisodiyot muammolari bilan shug‘ullangan Ushbu makroiqtisodiyot muammolari bilan shug‘ullangan amerikalik olim Artur Ouken ishsizlik darajasi va YMM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik tadqiq qilishi natijasida o‘zining Ouken qonunideb atalmish qonunini yaratgan. Ushbu qonunga ko‘ra, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 1 % ortiq bo‘lsa, YMM hajmining orqada qolishi 2,5 % ni tashkil qilishini ko‘rsatadi, ya’ni 1:2,5 yoki 2:5 bo‘lgan bu nisbat, ishsizlikning har qanday darajasi bilan bog‘liq ravishda mahsulotning mutlaq yo‘qotilish hajmini hisoblash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |