STATISTIKA
Mavzu: Ish kuchi soni tarkibi va harakatini statistik o'rganish
Reja
1 Ishchi kuchi
2 Harakatlar strategiyasi
3 Statistik o’zgarish
Ishchi kuchi (inglizcha: Labor force, nemischa: Erwerbspersonenpotenzial) — bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi[1] boʻlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan kishilar uchun xosdir. Bugungi kunda XMT barcha insonlar uchun munosib mehnat sharoitlarining ta’minlanishi, ishchi va tadbirkorlar faoliyatining unumdorligini oshirish yo‘lida sa’yharakat qilib, butun jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Insonlarning ish joyidagi huquqlarini himoyalash, munosib ish topish, bandlik bilan ta’minlanish imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va mehnat masalalari borasidagi muloqotni yanada jadallashtirish tashkilotning asosiy maqsadlaridir. Bundan tashqari xalqaro statistikada ”umumiy mehnat resurslari” atamasidan ham foydalaniladi. Quyida yuqoridagi kategoriyalarning har birini ko‘rib chiqamiz. Odatda, 15 yoshdan 64 yoshga bo‘lgan aholi mehnatga layoqatli bo‘lib hisoblanadi. Lekin ba’zi mamlakatlar qonunchiligida ushbu yosh chegaralari boshqacha ham bo‘lishi mumkin. Mehnatga layoqatli yosh chegaralari turli mamlakatlar qonunchiligida mahalliy an’analar, urf-odatlar va xususiyatlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Masalan, O‘zbekiston, AQSH, Rossiya kabi mamlakatlarda quyi chegara 16 yosh, Fransiya, Angliya, Yaponiya, Ozarbayjonda - 15 yosh, Qozog‘istonda – 14 yosh, Pokistonda – 12 yosh, Beninda – 10 yosh, Misrda – 6 yosh qilib belgilangan. Yuqori chegara (pensiya yoshi) O‘zbekiston va Rossiyada ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun – 60 yosh, Angliyada – ayollar – 60 yosh, erkaklar – 65 yosh, AQSH, Germaniya, Kanada va Ispaniyada – erkak va ayollar bir xil – 65 yosh qilib belgilangan.
O‘tgan asrning 50-yillari oxirida iqtisodiyot bo‘yicha yillik mehnat resurslari yoki ish kuchi balansi tuzila boshladi. SHu davrda statistik tahlilning asosiy usullaridan biri iqtisodiyot rivojlanishini rejalashtirish hudud va tarmoqlar bo‘yicha ish kuchini taqsimlash muammosini hal etishda muhim ahamiyat kasb etar edi. Mehnat resurslari balansini Xalqaro Mehnat Tashkiloti ham tan olgan.
Respublikamizda 2018-yil oxiridagi mehnat resurslari 18 829,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lib (1-jadval), doimiy aholining 57,1 foiziga tengdir. Mazkur mehnat resurslarining tarkibini ko‘radigan bo‘lsak, mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni 18 712,1 ming kishini yoki doimiy aholining 56,8 foizini, mehnat resurslariga nisbatan esa 99,4%ni tashkil etadi. Iqtisodiyotda band bo‘lgan o‘smirlar va katta yoshdagi aholi soni 117, 5 ming kishini yoki doimiy aholiga nisbatan 0,4 foizni, mehnat resurslariga nisbatan 0,6 foizni tashkil etadi. Aholi daromadi joriy xarajatlarni qoplash yoki jamg‘arishga yo‘naltirilishi mumkin. Aholining joriy xarajatlariga quyidagilar kiradi: oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik va tamaki; kiyim-bosh va poyafzal; uy-joy, istish va yoritish; mebel, uy jihozlari va uyga qarash; sog‘liqni saqlash; transport va aloqa; maorif, madaniyat, fizkultura va sport; dam olish va turizm; boshqa tovar va xizmatlar. Aholining turli uzoq muddat xizmat qiladigan predmetlar bilan ta’minlanganlik darajasi xalqaro statistikada har 100 ta oilaga yoki har 1000 ta kishiga nisbatan hisoblanadi. Masalan, bunda aholining avtomobillar, sovuqxonalar, televizorlar, telefonlar, kir yuvish mashinalari, chang yutgichlar, pol artgichlar va h.k.lar bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlanishi mumkin. ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |