Mavzu: irodaviy jarayonlar haqidagi umumiy tasavvurlar



Download 49,1 Kb.
bet2/6
Sana30.06.2022
Hajmi49,1 Kb.
#720565
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tolipova Munisxon kurs ishi

Kurs ishining Vazifasi Iroda tushunchasini umumiy jixatlarini taxlil qilish.
Kurs ishining Predmeti Irodaviy jarayonlar haqidagi umumiy tasavvurlar.
Kurs ishining tuzilishi .Mundarija, kirish, 2 bob , 4 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
Ishning umumiy hajmi __30_ betdan iborat

I.BOB.IRODAVIY JARAYONLAR HAQIDA UMUMIY TASAVVURLAR
1.1 Iroda to’g’risida umumiy tushuncha
Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun faollik ko`rsatar ekan, ba`zan ichki (sub`ektiv) va tashqi(ob`ktiv) to`siqlarga duch keladi. Bu to`siqlarni engib o`tish va maqsadga erishish uchun undan yanadafaolroq bo`lish talab qilinadi. Maqsadga erishish yo`lida turgan qarama -qarshiliklarni bartaraf qilishuchun zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan va ma`lum maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar irodaviyharakatlar deb ataladi. Iroda inson faolligining alohida shaklidan iboratdir. Odam oldida turgan va uning uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga o`zi uchun ozroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa xatti - harakatlar motivlarini bo`ysundiradi. Iroda odamdan o`z xatti - harakatlarini o`zi boshqarishini, bir qator boshqa intilish va istaklarining tormozlanishini taqozo qiladi. Irodaviy qobiliyat shundan iboratki, bunda odam o`z - o`zini idora qiladi, o`zini qo`lga oladi. Bir qator hollarda irodaviy faoliyat odamning hayot yo`lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini namoyon qiladigan va uning axloqiy qiyofasini ochib beradigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi. Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o’z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko’zlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera oladigan vositali yo’l va usullarni oldindan qidirib topadi, to’sqinlik va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-g’ayratini ishlata oladi.
Odam faqat o’ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagina emas, balki, tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona ravishda ish tutadi.
Odam tevarak - atrofdagi narsalarni o’zgartirib o’ziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo’shadi, voqelikni o’zgartiradi va to’ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo’lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir.
Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat'iy bir maqsadsiz, ko’pincha impul'siv tarzda, ya'ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish, aks urish, ko’z qovoqini ochib yumilishi va shu kabilar. Bu harakatlarni odam oldindan o’ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba'zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq bo’ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo’ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi.
Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldindan belgilangan maqsad asosida to’la ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda, faqat jismoniy harakatlar emas, balki, aqliy harakatlar ham tushuniladi. Shunday qilib, iroda tushunchasiga nisbatan adabiyotlarda turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy darsligida iroda - bu kishining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi demakdir, deb ta'riflanadi. Q.Turg’unov muallifligidagi lug’atda ta'riflanishicha, iroda - shaxsning ongli harakatlarida, o’z-o’zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faolligidir. M.Vohidov fikricha, iroda deganda biz oldindan belgilagan, qat'iy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to’siqlarni yengish bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni tushunamiz. Professor E.G’.G’ozievning "Umumiy psixologiya " darsligida iroda-bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarilishidir, deb keltiriladi. Umuman olganda iroda shaxs faolligining ko’rinishi hisoblanadi. Shu bois uning yuzaga kelishi bir qator harakatlarni amalga oshirilishi bilan izohlanadi.
Iroda -sub’ektning ichki sharoitlari (ehtiyojlari, qiziqishlari, xohishlari, istaklari, mayllari, bilimlari va boshqalar) orqali aks ettirilgan ob’ektiv olam uning turli maqsadlarni o’z oldiga qo’yish, qaror qabul qilish, erkin harakatni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Bu borada fikr yuritilganda, odamning istaklariga binoan tanlab olinadigan iroda emas, balki ob’ektiv zaruriyatga muvofiq adekvat tarzda saralangan irodagina erkindir.
Har qanday harakat yoki faoliyatning irodaviy xususiyati shundan iboratki, muayyan shaxs aynan iroda orqali mavqega erishish uchun tashqi yoki ichki to’siqlarni, qiyinchiliklarni yengib o’tish lozim. Kuchli irodali insonning dastlabki omili ma’lum maqsadni oldiga qo’yib, avvalo uni anglab yetishdan, faoliyatni (ish-amallarni) amalga oshirish maqsadga muvofiq omilkor usullarni tanlab olishdan iborat. Muayyan bir ishning iroda erkinligi asosida gavdalanishi uchun hal qiluvchi narsa ushbu ish yuzasidan qabul qilingan qarorning bajarilishidir. Iroda erkinligini insonga tabiat baxsh etgan emas, balki u ijtimoiy tajribalarda, ijtimoiylashuv jarayonida sub’ekt tomonidan o’zlashtiriladi.
Psixologiya fanida yaratilgan qonuniyatlarga asoslangan holda, nazariyalar, kontseptsiyalar mohiyatiga suyanib iroda kategoriyasiga taalluqli motivatsion, regulyativ, vaqt erkinligi kabi yondashuvlar, mexanizmlar, ixtiyorsiz (shuursiz) va ixtiyoriy (shuurli) xatti-harakatlar, qaror qilish shakllari, xususiyatlari; shaxsning shakllanishida irodaviy sifatlarning roli; faoliyat, xulq-atvor, muomala muvaffaqiyatini ta’minlashda iroda funktsiyasining o’ziga xosligi; iroda to’g’risidagi buyuk ajdodlarimizning ta’limotlari, masalan, tasavvuf ta’limotining iroda tarkib topishidagi ahamiyati mushohadasi; komil inson nazariyasi;1-Prezident Islom Karimov asarlaridagi barkamol shaxs to’g’risidagi g’oyalar; davlatimizning “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ta’lim to’g’risida “Qonun” hujjatlari; ““Men” kontseptsiyasi – o’zini o’zi namoyon etish hamda boshqarish (regulyatsiya) imkoniyati ekanligi”2, ushbu monografiyamiz metodologiyasi va yoki izlanish negizi funktsiyasini bajaradi.Ijtimoiy turmushda shaxsning irodaviy faoliyati (o’ziga xos tuzilishga ega bo’lganligi tufayli) o’z oldiga qo’ygan anglangan, ya’ni inson o’zi tushungan maqsadlarni bajarishdan, amalga oshirishdan, ro’yobga chiqarishdan iborat sodda shakldagi (oddiy) harakatlarning shunchaki majmuasidan tuzilgan emas, albatta. Xuddi shu boisdan zo’r berishni (ruhiy jihatdan) taqozo, talab etmaydigan ish-harakatlari (masalan, shkafdan choynakni olish, sochiqni qoziqqa ilish, kosani tokchaga qo’yish va boshqalar) bilan irodaviy faoliyat tarkiblari o’rtasida ham miqdor, ham sifat jihatdan keskin farq mavjud. Odamning irodaviy faoliyati o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs o’z oldiga qo’ygan va uning uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o’zi uchun kamroq qiymatga ega bo’lgan xatti-harakat motivlarini bo’ysundiradi.
Qolaversa, ustuvor (etakchi, dominant) motivlar (ichki turtkilar) qo’shimcha ko’makchi motivlarni muayyan yo’nalishga yo’naltirib, ularni umumiy (yaxlit) maqsadga xizmat qildiradi.
Iroda paydo bo’lishining bosh omili – inson tomonidan faoliyat tarkiblarining, irodaviy harakatlarning tizimli tarzda tatbiq etilishi bunday ish-harakatlarda ong bilan mujassamlashuvchi, uyg’unlashuvchi shaxsning faolligidir. Irodaviy faoliyat odam tomonidan keng ko’lamda chuqur anglanilgan, o’zlashtirilgan, egallangan ruhiy jarayonlarni amalga oshirish tatbiqiy, xususiyati bo’yicha irodaviy zo’r berishni talab qiladigan aqliy-intellektual amallarni taqozo etadi. Bunday aqliy-intellektual, ijodiy (kreativ) amallar favquloddagi vaziyatni baholash, kelgusida amaliyotga tatbiq qilishga mo’ljallangan harakatlar uchun vositalar, usullar, operatsiyalar tanlash, maqsad ko’zlash va unga erishishning pedagogik-psixologik yo’l-yo’riqlarini saralash, ulardan foydalanish uchun muayyan qaror qabul qilish, ijro etish kabilar hisoblanadi. Bizningcha, aqliy, ijodiy, omilkor amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operatsional, texnologik tomoni, deb baholanish maqsadga muvofiqdir


Download 49,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish