Kurs ishining obyekti va predmeti.
Mahsulot ishlab chikaruvchi korxonalar xamda ularning moliyaviy xisobotlari mazkur ishimizning obyekti xisoblanadi. Ushbu sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, uni bugungi kundagi holati va uni yanada kamaytirish yo’llarini aniqlash mazkur ishimizning predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish qismi, ikkita bob, xulosa va takliflar va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat.
I bob. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi moxiyati va uni ifodalovchi ko’rsatkichlar
1.1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi moxiyati va uning xuquqiy asoslari
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tayotgan xamda
bugungi kundagi jaxon moliyaviy-iktisodiy inqirozi kechayotgan bir sharoitda
mamlakatda raqobatbardosh mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish katta
ahamiyatga ega. Buning uchun mamlakatda iste’molchilar extiyojini qondira oladigan arzon xamda sifatli mahsulot ishlab chiqarish lozimdir. Bunda asosiy ko’riladigan masalardan biri mahsulot tannarxini urganib uni imkon kadar pasaytirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |