Bozor iqtisodiyoti
- bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi
qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar
va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi.
Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo‘jaligi
sub'yektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va
ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi deb baho
beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma
bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayonlarini
hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub'yektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti sub'yektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma ishchilar
ham, pirovard iste'molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog‘ozlar egalari
15
ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy sub'yektlarini uchta guruhga
bo‘lib o’rganamiz: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.
Uy xo‘jaliklari - iqtisodiyotning iste'mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy
tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste'mol qilinadi. Bozor
iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori - bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi
iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz
olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab
chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida
tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga
solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari
sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, ba'zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda shuni ko’rishimiz mumkinki
bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub'yekti sifatida banklar ham
ajratib ko‘rsatiladi
10
.
Bank - iqtisodiyotning me'yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi
harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasidir.
Shunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan bozor iqtisodiyoti sub'yektlarining
o‘zaro ta'siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalashimiz mumkin (1.2-
chizma).
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta
tarkibiy qismga bo’lib o’rganamiz: narx, talab va taklif hamda raqobat.
16
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilariga quyidagilarni kiritib
o’tishimiz mumkin:
-
turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda xususiy mulkchilikning
ustun turishi;
-
tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
-
raqobat kurashning mavjudligi;
-
davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
-
korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga
moslashuvchanligi.
1.2-rasm. Bozor xo‘jaligi sub'yektlari o‘zaro aloqasining umumiy modeli.
Bozor iqtisodiyotining tarixan tarkib topgan ikki turini ajratib o’rganishimiz
zarur. Birinchisi klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb atalib, uzoq vaqt davomida
shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom
etib keldi. Uning asosiy belgilari quyidagilar bo’lib hisoblanadi: a) xususiy
mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; b) kapital va ishlab
chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab
chiqaruvchi va iste'molchilarning shaxsiy erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda
olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat
kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi,
ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.
Bank
Davlat
Uy xo’jaligi
Korxona (firma)
17
Zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari quyidagi chizmada farqlab o’tamiz.
Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari
Mezonlar
Davlat
dasturlarining
maqsadga
yo’naltirilganlig
i
Iqtisodiyotni
tartibga solish
tamoyillari
Davlat sektorining
iqtisodiyotdagi
ulushi
Ijtimoiy
yo’naltirilgan
bozor
iqtisodiyoti
Fuqorolar
manfaatlari
ni himoya
qilish
Uzoq
muddatli
dasturlarning
ishlab
chiqilishi
30
%
Aralash
iqtisodiy
ot
Tabirkorlikni
rivojlantirish
bo’yicha shart-
sharoitlar
yaratish
Taktik
usullardan
ustun ravishda
foydalanish
10% atrofidɚ
Koorporati
v
iqtisodiyot
Yirik ishlab
chiqarish
manfaatlari
ni himoya
qilish.
Asosiy
ustuvorliklar
ni belgilab
olish
Ⱥhamiyats
iz darajada
Ko’rsatilgan
me’zonlarga muvofiq
keluvchi davlatlar
Germaniya
ȺQSH
Yaponiya,
Shvetsiya
18
Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari.
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga,
barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar
bo‘lishi taqozo qilinadi. Bularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ilg‘or
texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab
chiqarishning ixtisoslashishi.
Har qanday iqtisodiy tizim singari bozor iqtisodiyoti ham iqtisodiyotning
umumiy muammolarini ifoda etuvchi quyidagi savollarga javob topishi zarur:
•
nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?
•
qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur?
•
kim uchun ishlab chiqarish zarur
Agar bu savollarni umumiy ravishda qo‘yib, unga taraqqiyotning barcha bosqichlariga xos
bo‘lgan umumiy javobni beradigan bo‘lsak, ularni lo‘nda qilib: aholi ehtiyoji uchun zarur
miqdor va turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish; mavjud resurslardan samarali
foydalanib, yangi texnika va texnologiyalar asosida ishlab chiqarish; aholi iste'moli uchun
zarur ne'matlarni ishlab chiqarish, deb javob berishimiz mumkin.
Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga mazkur tizimning o‘ziga xos tarixiy
xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqib javob beriladi. Qisqacha
qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida:
a)
ko‘proq foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi;
b)
puli bor, tovarlarni yuqori foyda olish imkonini beradigan narxlarda sotib olish
layoqatiga ega xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta'minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va
texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |